Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 24-turi doirasida 23-noyabr, shanba kuni Navoiyning “Qizilqum” klubi o‘z maydonida “Buxoro” bilan bellashdi.
Uchrashuvning 32-daqiqasida mezbon jamoa hujumchisi Vohid Shodiyev hisobni ochgan bo‘lsa, 44-daqiqaga kelib Buxoro klubi a’zosi Murod Bobojonov hisobni tenglashtirdi.
Shu tariqa o‘yin 1:1 hisobida yakunlandi va tomonlar bir ochkodan bo‘lishib oldi.
Ma’lumot uchun, navoiyliklar 24 ochko to‘plagan holda musobaqa jadvalida 12-o‘rinda bormoqda. “Buxoro” esa 20 ochko bilan undan keyingi o‘rinni band qilib turibdi.
Superliga
24-tur bahsi
23-noyabr, shanba
“Qizilqum”—“Buxoro” 1:1
Gollar: 1:0 — 32 Shodiyev, 1:1 — 44 Bobojonov“Qizilqum”: Yevgeniy Cheremisin, Alisher Sanoyev, Lasha Totadze, Stiven Lustitsa (Sunnatilla Abdullajonov, 65), Muhsin Ubaydullayev, Sherali Jo‘rayev, Azizbek Usmonov, Ruslan Margiyev, Vohid Shodiyev, Mate Vatsadze, Doston Ibragimov
“Buxoro”: Rahimjon Davronov, Mirjalol Jumayev, Bobur Omonov (Asiljon Begimqulov, 75), Asadbek Sobirjonov, Ergash Ismoilov, Jaba Lipartiya, Murodbek Bobojonov (Behruz Sadilloyev, 90+2), Milovan Kapor, Fatxullo Fatxulloyev, Anvarjon Jo‘rayev, Shahzod Beshimov (Jamoliddin Ubaydullayev, 59)
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)