Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 24-turi doirasida 23-noyabr, shanba kuni navbatdagi 2 ta o‘yin yakunlandi.
Mirjalol Qosimov boshliq Olmaliqning OKMK jamoasi mehmonda “Qo‘qon-1912”ga qarshi maydonga tushdi.
Bellashuvda mehmon jamoa vakillari Zafar Polvonov (26), Mirjamol Qosimov (29) va Elguja Grigalashvili (68) urgan gollarga qo‘qonliklar Quvondiq Ro‘ziyev (90+3)ning goli bilan javob qaytardi.
Natijada OKMK safarda “Qo‘qon-1912” ustidan 3:1 hisobida g‘alaba qozondi va 3 ochkoga ega bo‘ldi.
Qayd etish joiz, ushbu g‘alabadan so‘ng OKMK ochkolari sonini 29 taga yetkazdi va jamoa musobaqa jadvalida 9-o‘rinda bormoqda. “Qo‘qon-1912” esa 24 ochko bilan 11-o‘rinni band qilib turibdi.
Shu kuni Bekobodning “Metallurg”I esa o‘z uyida Samarqandning “Dinamo” klubini qabul qildi.
O‘yin davomida Kamoliddin Tojiyev (63), Zohid Abdullayev (70), Islombek Isoqjonov (76), Muzaffar Muzaffarov (88) hamda Abror Toshqo‘ziyev (90+3) o‘z nomiga bittadan golni rasmiylashitirb qo‘ydi.
Shu tariqa “Metallurg” “Dinamo” darvozasiga javobsiz 5 ta gol urib, yirik g‘alabaga erishdi (5:0).
Ta’kidlash joiz, “Metallurg” 31 ochko to‘plagan holda musobaqa jadvalida 7-o‘ringa ko‘tarilib oldi. So‘nggi o‘rindagi “Dinmo” hisobida esa 18 ochko mavjud.
Superliga
24-tur bahsi
23-noyabr, shanba
“Qo‘qon-1912”—OKMK 1:3
Gollar: 0:1 — 26 Polvonov, 0:2 — 29 Qosimov, 0:3 — 68 Grigalashvili, 1:3 — 90+3 Ro‘ziyev“Metallurg”—“Dinamo” 5:0
Gollar: 1:0 — 63 Tojiyev, 2:0 — 70 Abdullayev, 3:0 — 76 Isoqjonov, 4:0 — 88 Muzaffarov, 5:0 — 90+3 Toshqo‘ziyevYanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)