Sankt-Peterburgda 36 yashar haydovchining joniga qasd qilishda gumon qilingan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda “Fontanka.ru” xabar bermoqda.
17-noyabr kuni pichoq bilan yaralangan haydovchi o‘zi tez yordamga yetib borgan va bu yerda darrov jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan. Bundan oldin u BMW mashinasi salonida noma’lum shaxs unga hujum qilganini aytishga ulgurgan.
Tezkor xodimlar 21 yashar O‘zbekiston fuqarosining iziga tushishga muvaffaq bo‘ldi. Aynan u yo‘l haqini to‘lamaslik uchun haydovchining ko‘kragi va bo‘yniga pichoq bilan urgan deb hisoblanmoqda. Yaqin orada unga nisbatan ehtiyot chorasi belgilanadi.
Izoh (0)