O‘zbekistonda 23-noyabr kuni soat 11:57 da yer silkinishi qayd etildi, deb xabar bermoqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati.
Qayd etilishicha, chuqurligi 30 kilometrni tashkil etgan 4,2 magnitudali zilzila Toshkentdan 254 kilometr janubi-sharqiy yo‘nalishda yuz bergan.
Zilzila kuchi Namangan va Andijonda 3 ball, Farg‘onada 4 ballni tashkil etgan. Hodisa oqibatida vayronalar va jabrlanganlar haqida ma‘lumot kelib tushmagan.
Izoh (0)