Buxoroda AQShga yuborish uchun viza olib berishni va’da qilib, 3 kishining pullarini o‘zlashtirgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, deb xabar bermoqda Bosh prokuratura matbuot xizmati.
Departamentning Buxoro viloyat boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro O.A. uch nafar fuqarolarni AQShga yuborish uchun viza olib berish evaziga ularning har biridan 500 dollardan, jami 1 500 dollarni firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritib, o‘z ehtiyojlariga ishlatib yuborganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan O.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh (0)