O‘zgidrometning ogohlantirishicha, 21—25-noyabrda “Toshkent—O‘sh” A-373 avtomobil yo‘lining Qamchiq dovoni hududiga qor yog‘ishi kutilmoqda.
Ta’kidlanishicha, ushbu hududga vaqti-vaqti bilan kuchli qor yog‘ishi ham mumkin.
“Tuman tushib, ko‘rinuvchanlik 50 metrgacha pasayadi, shamol sekundiga 17—22 m/s tezlikda esadi. 21—23-noyabrda harorat 3—5 daraja sovuqqacha, 24—25-noyabrda 8—13 daraja sovuqqacha pasayadi. Yo‘lda qor uyumlari, muzlamalar hosil bo‘ladi”, — deyiladi xabarda.
Avvalroq O‘zbekiston hududiga 21—24-noyabrda Volgabo‘yi orqali Rossiyaning Yevropa hududi markaziy tumanlari (Moskva viloyati) ustida shakllangan sovuq va nam havo oqimi kirib kelishi haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)