Belarusning amaldagi yetakchisi Aleksandr Lukashenko 2020-yilda bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlarida yana ishtirok etishini ma’lum qildi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.
Shu bilan birga, agar xalq saylovlarda qo‘llab-quvvatlamasa, bundan alamzada bo‘lmasligini bildirdi.
“Prezidentlik kreslosiga qo‘llarim ko‘karib ketgudek mahkam yopishib olish niyatim yo‘q”, — ta’kidlagan Lukashenko.
Aleksandr Lukashenko Belarusni 1994-yildan beri boshqarib kelmoqda. 5 marotaba qayta saylangan. 2004-yili bo‘lib o‘tgan referendumda mamlakatda bir kishining prezidentlik lavozimida bo‘lishi muddatiga cheklov bekor qilingan.
Izoh (0)