Samarqand viloyati Oqdaryo tumanida yetishtirgan paxtasini zavodga topshirayotgan “Yangi davr barakali hosili” fermer xo‘jaligi raisi pichoqlandi. “Daryo” muxbirining xabar berishicha, voqea tumandagi “Koreya Samarqand” paxta tozalash zavodida 8-noyabr kuni soat 17:30 atrofida sodir bo‘lgan.
Jabrlanuvchi nima sababda pichoqlanganligi noma’lum. Ma’lumotlarga ko‘ra, zavodda bo‘lgan xodimlar, ichki ishlar organlari birortasi fermer xo‘jaligi raisiga amaliy yordam ko‘rsatmagan. Hatto pichoqlangan fermerga birinchi tez tibbiy yordam ham qilinmagan. Ahvoli og‘irlashgan fermer tog‘asini voqea joyiga chaqirgan va uning yordamida shifoxonaga yetkazilgan.
Mazkur holat yuzasidan surishtiruv olib borilmoqda.
Izoh (0)