• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12593.77
    • RUB158.49
    • EUR14698.19
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Haydovchi va YPX xodimi janjanlashdi. Inspektor noqonuniy ish tutganini aytgan haydovchi jarimaga tortildi

    Youtube’da haydovchi va YPX xodimi o‘rtasidagi kelishmovchilik aks etgan video e’lon qilindi.

    Foto: Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati

    Foto: Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati

    Videoda haydovchi inspektorga hujjatlarni taqdim etishdan bosh tortib, buni qonun bo‘yicha “majbur emasligi” bilan oqlab, “qoidabuzarlikni ko‘z bilan ko‘rgan holda qayd etishga haqqingiz yo‘q, videoyozuvni talab qilaman” deya ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnomaga qo‘l qo‘ymasligini bildirgan va shuningdek YPX inspektori xizmatni bodikamera bilan olib borishi lozim deb ta’kidlagan.

    Videoda haydovchining har bir e’tiroziga inspektor qonunan to‘g‘ri javob berdi, ammo haydovchi javoblardan qoniqmagan. Haydovchi kalitni o‘t oldirgich qulfiga tiqayotib, bo‘lg‘usi tomoshabinlariga inspektor unga nisbatan hech narsa rasmiylashtirmaganini ma’lum qilgan joyda videoyozuv yakunlandi.

    Toshkent shahar IIBB matbuot xizmatining xabar berishicha, ushbu holat 12-noyabr kuni soat taxminan 16:30 da Yangi Yunusobod chorrahasida ro‘y bergan. YHXB YPX inspektori harakatlanib kelayotgan Epica rusumli avtomobil (davlat raqami 01 R 177 SA) haydovchisi boshqaruv davomida telefondan gaplashayotganini ko‘radi.

    Shu munosabat bilan inspektor haydovchiga to‘xtash haqida ishora berib, qoidabuzarlik haqida ma’lum qilib, ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida bayonnoma tuzish uchun hujjat talab qilgan. Avtomobil haydovchisi – 26 yoshli Sardorbek M. hujjatlarni chiqargan, ammo inspektorga berishdan bosh tortib, yuqoridagi e’tirozlarini bildirgan. Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, haydovchi har bir qayd etgan bandi bo‘yicha nohaq edi. Xususan, qonunning quyidagi bandlarini ko‘rib chiqamiz.

    1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 24-dekabrdagi 370-son Qarorida belgilangan Yo‘l harakati qoidalarining 7-bandiga muvofiq, mexanik transport vositasining haydovchisi ro‘yxatda ko‘rsatilgan hujjatlarni (haydovchilik guvohnomasi va uning talonini, transport vositasi qayd qilish guvohnomasini, sug‘urta polisini va hokazo) yonida olib yurishi va IIO xodimlari talab qilganda tekshirish uchun taqdim etishi shart.
    2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 1-dekabrdagi 975-son Qarorining 3-bob 12-bandiga muvofiq, YPX xodimi o‘z xizmat vazifalarini bajarish vaqtida yuqoridagi hujjatlarni tekshirish huquqiga ega.
    3. Xuddi shu 975-son Qarorda xizmatni bodikamera bilan olib borishi kerakligi haqida aytilgan, ammo qarorning boshida mazkur 18-bandning to‘rtinchi abzatsi 2020-yilning 1-yanvar kunidan kuchga kirishi ma’lum qilingan. Bugungi kunda ham bodikamera bilan xizmat olib borayotgan xodimni ko‘rish mumkin, ammo ushbu tartib 2020-yilning 1-yanvar kunidan majburiy bo‘ladi.
    4. Shuningdek 975-son Qarorda (2-bob 6-band) haydovchi yo‘l harakati qoidalarini buzgani YPX xodimi tomonidan vizual kuzatuvda aniqlanganda ham xodim transport vositasini to‘xtatish huquqiga ega.
    5. Avtomobil haydovchisi qonun bo‘yicha hujjatlarni qo‘lda ushlab turgan holda ko‘rsatib, IIO xodimining qo‘liga bermaslikka haqqi borligini ta’kidlagan. Ammo bu holatda u qoidalarda chalkashib ketdi – aynan IIO xodimi o‘z hujjatlarini fuqaroga bermasdan ko‘rsatish huquqiga egadir. Bu haqda 3-bob 14-bandda: “YPX xodimi tomonidan xizmat guvohnomasini yo‘l qatnashchisi ixtiyoriga berish taqiqlanadi”, deyilgan.
    Yangi Yunusobod chorrahasida yuzaga kelgan holatga qaytib, shuni ma’lum qilamizki, inspektorning hujjatlarni taqdim etish haqidagi talabini rad qilish, ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik deb baholanadi. Ko‘rsatmaga binoan, ikki nafar xolislar ishtirokida ushbu fakt bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 194-moddasiga muvofiq bayonnoma rasmiylashtirildi. Bu holatda haydovchiga nisbatan qanday chora ko‘rilishini sud hal qiladi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 291-moddasiga (“a” bandi) ko‘ra, bu kabi holatlarda haydovchining avtomobili jarima maydonchasiga joylashtiriladi, shuning uchun avtomobil joylashgan manzilga evakuator chaqirildi.

    Shunday qilib, qoidabuzarning videoyozuvdagi choradan qutilib qolgani haqidagi xabari haqiqatdan yiroqdir. Bugungi kunda video muallif tomonidan namoyish uchun cheklangan, yoki o‘chirilgan – ilgarigi havolalar orqali uni ko‘rish imkoni yo‘q.

    “Hurmatli internet tarmog‘i foydalanuvchilari! Ko‘rib chiqadigan kontentga tanqidiy yondashishingizni so‘raymiz. Xabar muallifi har doim ham rostgo‘y bo‘lmasligi va sizni aldashi mumkinligi yodingizda bo‘lsin. Shuningdek haydovchilarga murojaat qilmoqchimiz: qonunchilik bilan qisman tanishlingingiz sizni dono qilib qo‘yadi deb o‘ylab yo‘llarda tortishuv chiqarmang. Hamma narsani bilmasligingiz mumkinligini unutmang.

    Har holda tortishuvlar muammoni hal qilmaydi va sizni yetuk, tarbiyali inson sifatida ko‘rsatmaydi. Agar inspektorning biror gapiga qo‘shilmasangiz, unga ortiqcha hissiyotlarsiz savol bering – u albatta sizga javob beradi. Agar shunda ham holatdan norozi bo‘lsangiz, tegishli tarzda to‘g‘ridan-to‘g‘ri inspektorning rahbariyatiga yoki IIBBga yozma ariza bilan murojaat qiling – masala ko‘rib chiqiladi”, — deyiladi xabarda.

    19.11.2019, 18:26   Izoh (0)   40858
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Qashqadaryo IIB yangi rahbariyatga qarshi ayblovlarga munosabat bildirdi

    19.11.2019, 18:10

    Oliy ma’lumotga ega bo‘lgan shaxslarni yuridik mutaxassislikka qayta tayyorlash kursiga kirish imtihonlari boshlandi

    19.11.2019, 17:55

    Samarqandda yetishtirgan paxtasini zavodga topshirayotgan fermer pichoqlandi

    19.11.2019, 17:28

    Toshkentdan 100 km narida Turk xoqonligi davriga oid qabriston topildi

    19.11.2019, 16:59

    6 ta hududiy davlat soliq inspeksiyasiga yangi rahbarlar tayinlandi

    19.11.2019, 16:25

    O‘zbekistonda yaqin qarindoshlarga tegishli transport vositasini ishonchnomasiz boshqarishga ruxsat berildi

    19.11.2019, 16:10
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit

     

    Tavsiya etamiz

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57

    O‘zbekistonda “tonirovka” uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin

    7 avgust, 15:45

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda jismoniy shaxslarga tegishli mashinalar soni 4,6 mln dan oshdi

    O‘zbekiston | 9 avgust, 12:20

    Norvegiyada besh kun oziq-ovqatsiz muzlikda qolib ketgan amerikalik eko-jurnalist qutqarildi

    Dunyo | 9 avgust, 11:55

    O‘zbekistonlik UFC jangchisi Bogdan Guskov ehtimoliy raqibi kim bo‘lishini aytdi

    Sport | 9 avgust, 11:25

    Grenada Buyuk Britaniya qiroliga sodiqlik qasamyodidan voz kechdi

    Dunyo | 9 avgust, 11:20

    “Qizil iplar”: ijtimoiy tarmoqlarni “portlatgan” yana bir koreys doramasi haqida

    Kino | 9 avgust, 11:00

    Keniyada avtohalokatda 25 kishi halok bo‘ldi

    Dunyo | 9 avgust, 10:40

    O‘zbekistonda va Rossiyada xalqaro terrorchilik tashkilotining “g‘oyabozlari” qo‘lga olindi

    O‘zbekiston | 9 avgust, 10:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.