• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12581.97
    • RUB157.75
    • EUR14698.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Ilm-fan

    Endi savodsiz bo‘lishga haqqimiz yo‘q. To‘rtinchi sanoat inqilobi: Oyning qorong‘u tomoni

    To‘rtinchi sanoat inqilobi, ya’ni ishlab chiqarishning raqamlashuvi shiddat bilan butun dunyoni qamrab bormoqda. Yosh o‘zbek olimi Rustam Ashurov ushbu jarayonning ijobiy va salbiy jihatlari haqida fikr yuritadi, shuningdek, O‘zbekiston bu inqilobga tayyor turishi uchun nima qilishi lozimligini sanab o‘tadi.

    Texnologiyalar rivoji doim inson hayotini yaxshilashga xizmat qilishiga ishonaman. Lekin bizni oldinda kutib turgan va Industry 4.0 deb atalayotgan texnologik inqilobning qorong‘u tomoni bilan ham tanishib chiqish adolatdan bo‘lar edi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Industry 4.0, oddiy so‘z bilan aytganda, raqamli dunyoning sanoatga chuqur kirib borishidir.

    Germaniyaning Sakson tekstil institutiga tashrif buyurganimda futureTEX loyihasi bilan tanishib chiqdim. Bu loyiha orqali Germaniya misolida rivojlangan davlatlar kelajakda tekstil sohasi qanaqa ko‘rinishda bo‘lishini xohlayotganini ko‘rish mumkin. Katta sex o‘rtasida Yaponiyadan keltirilgan robot nemis lazerida materiallarni kesib, doimiy ishlab turadigan tikuv mashinasidan o‘tkazib olyapti. Bir necha sekundli operatsiya bilan mahsulot tayyor.

    Robot uxlamaydi, uyiga mehmon kelmaydi, eri bilan urishib, kayfiyatsiz ishga kelmaydi, kasal bo‘lmaydi, ish vaqti chegaralanmagan. Bu robot shesteryonkalaridan chiqayotgan ovozlarni arzon ishchi kuchiga o‘qilayotgan hukmga o‘xshatdim. O‘zi shundoq ham bu sohada investitsiya chaqiradigan narsamiz arzon ishchi kuchi va ekiladigan paxtamiz edi. Tekstildagi texnologiya, stanoklar va boshqa texnik tashkil etuvchilarni shundoq ham o‘sha Germaniya kabi rivojlangan davlatlar yaratadi. Endi ular biz taklif qila oladigan arzon ishchi kuchini ham bizdan tortib olishmoqchi. Robotga va boshqa avtomatlashtirilgan texnologik liniyalarga qayerda joylashishning farqi yo‘q. Ular ishlayveradi, kompaniya esa boyiyveradi.

    Tadqiqot sexida asosan muhandislar va dasturchilar ish olib boryapti. Rivojlangan davlatlar faqat robotlar bilan cheklanmayapti. Ular paxta o‘rniga o‘ta hosildor boshqa tolali o‘simliklarni ham sinovdan o‘tqazmoqda. Bu degani paxta talab qiladigan minglab gektar yer ancha qisqaradi. Yer kam talab qilsa va iqlim sharoitlariga moslash imkoni bo‘lsa, yer arzon joyni investitsiya kiritish uchun qidirib borish ham shart emas.

    Men Germaniya kabi rivojlangan davlatning faqatgina tekstil sohasidagi kelajakka nazarini keltirib o‘tdim. Aslida ularda bunaqa yondashuv arzon ishchi kuchi talab qiladigan barcha sohalarda bor. Endi ayting-chi, nega Xitoy tekstil kabi sohalardan sekinlik bilan chiqib ketishni boshladi?

    Ishchi kuchi va energiya resurslari qimmatligi sabab ishlab chiqarish sektorini rivojlanayotgan davlatlarga ko‘chirgan rivojlangan davlatlar bu sektorni ortga qaytarib olib kelishi mumkin. Chunki yangi texnologiyalar ishchi o‘rnini bosadi va kam energiya talab qiladi.

    1-xulosa: kambag‘al davlatlarning boy davlatlardan investitsiya kuta oladigan sohalari ancha qisqarib ketadi. Bu esa, o‘z navbatida, boy davlatlar yanada boyishiga, kambag‘al davlatlar yanada qashshoqlashishiga olib keladi. Endi Uchinchi dunyo ularga hatto qul sifatida ham kerak emas.

    1-taklif: Industry 4.0 inson qo‘li bilan qilinadigan ko‘p zerikarli va muntazam ishlarni yo‘q qilib yuboradi. Ammo inson doimiy vaqtni oladigan qo‘l mehnatidan qutilsa, aqliy mehnatga vaqt ajrata oladi. Shu o‘rinda savol tug‘iladi. Inson aqlni qo‘l va oyoqdan ko‘ra ko‘proq ishlatishga tayyormi? Tayyor bo‘lishi uchun qanday sharoit yaratish kerak? Shu savollarni atroflicha tahlil qilib ko‘rish kerak. Endi raqobat aqliy mehnat bilan bo‘ladi. Bundan tashqari, xalqaro tashkilotlar boy davlatlar kambag‘al davlatlarni iqtisodiy tomondan yanada ko‘proq jazolamasligi uchun Industry 4.0 inqilobini global rivojlanish kontekstida ko‘rib chiqishi lozim. Iqtisodiyotda va jamiyatda bu texnologiya va sanoat transformatsiyasi yengilroq o‘tishi uchun kasaba ushyumalari ishchilar tomonida turib, siyosatchilar bilan o‘zaro foydali kelishuvlarni amalga oshirishi talab qilinadi.

    Umuman olganda, mahsulot iste’molchiga chiqqunicha uch bosqichdan o‘tadi: g‘oya va texnologiya yaratilishi, ishlab chiqarish va sotish. Bu bosqichlarda ishlab chiqarishga doim past baho berilgan. Qo‘shimcha qiymat miqdorini jarayonlar bo‘yicha qarasak, tabassumga o‘xshagan shaklni olamiz. Qolgan ikkita etapda esa inson aqli ko‘proq rol uynagani uchun qo‘shimcha qiymati baland bo‘ladi. Kelajakda bu tabassum yana ham quvnoqlashishi kutilyapti. Shu sababli ishchi sinfi Industry 4.0 boshlanishidan eng ko‘p zarar ko‘radi.

    Illyustratsiya: Rustam Ashurov

    Illyustratsiya: Rustam Ashurov

    Buning oldini olish uchun Industry 4.0 aynan qayerda va qaysi sohadan boshlanadi, qanday zanjir bo‘yicha ketadi – aniq bashorat qilish kerak. Chunki kritik nuqtada bu zanjir boshqarilib bo‘lmaydigan holga keladi. Xuddi bugun internetni cheklab bo‘lmagani singari. Ungacha siyosatchilar, biznes vakillari, kasaba uyumalari va jamiyatning deyarli barcha qatlami bu transformatsiyani qanday qilib og‘riqsiz amalga oshirish haqida bosh qotirishi kerak.

    2-xulosa: dunyoning barcha davlatlarida ishchi qatlam – birinchi nishon. Aynan ular birinchi qurbon bo‘ladi.

    2-taklif: davlatlar o‘z dasturlariga ishchilarni qayta malakalash siyosatini hozirdan kiritishi kerak. Mehnat bozoridagi trendlar katta aniqlikda bashorat qilib borilishi kerak. Bunga misol sifatida Made in China 2025 va Europe 2020 Strategy dasturlarini keltirishimiz mumkin. Yevropada ishchilar uchun STEM (fan, texnologiya, injeneriya va matematika) dasturi bo‘yicha malaka oshirish siyosati olib borilyapti.

    Istalgan texnologik inqilob mehnat bozorida disbalansni yuzaga keltiradi. Bu disbalans talofatini kamaytirish uchun hukumat tomonidan kuchli ijtimoiy siyosat olib borilishi kerak. Bu esa, o‘z o‘rnida, davlat budjetiga katta yuk bo‘ladi. Shu sababli kutilayotgan sanoat inqilobidan rivojlanayotgan davlatlar ko‘proq zarar ko‘radi. Sababi, ularning rivojlanish yo‘lida xalqaro kompaniyalarning roli katta. Xalqaro kompaniyalar kiritgan investitsiyalar tufayli mehnat bozori shakllanib, texnologiyalar kirib keladi. Buning ketidan o‘rta sinf shakllanadi va yashash sharoitlari ma’lum darajagacha ko‘tariladi. Sanoat transformatsiyasi esa bu kichik barqarorlikni shubha ostiga qo‘yadi. Bu iqtisodiy va siyosiy inqirozni keltirib chiqarishi mumkin.

    Rivojlanayotgan davlatlarning eng katta kamchiligi kutilayotgan risklar haqida to‘liq tasavvurga emasligidir. Ular rivojlangan davlatlar joriy qilmoqchi bo‘lgan yangilik keltirib chiqaradigan muammolar turi va tabiatini tushunmaydi. Shu sababli bu muammolarni vaqti kelganda o‘z terilarida sinab ko‘rishga majbur.

    3-xulosa: rivojlanayotgan davlatlar eng ko‘p talofat ko‘radi va ular yana qaytib qashshoq davlatlar safiga qaytishi mumkin.

    3-taklif: dunyoga maksimal ochilish. Ochiq siyosat olib borish. Qaror qabul qilayotganda aholining turli qatlamlari xohishini inobatga olish. Dunyo tajribalarini to‘g‘ri adaptatsiya qilish. O‘zi qurmoqchi bo‘lgan jamiyatini chuqur o‘rganish va u haqda to‘liq ma’lumotga ega bo‘lish. Globalizatsiyaga qarshilik qilmaslik. Investitsiyalarni katta qismini texnologiya ko‘rinishida kiritish. Kirib kelayotgan texnologiyalarni maksimal o‘zlashtirish. Hukumat va xalq orasidagi doimiy muloqot. Aksincha bo‘lsa, Industry 4.0 bizni o‘n pog‘ona pastga tepib yuboradi.

    Industry 4.0 eng avvalo har jabhaga internet va raqamli texnologiyalarni kirib borishidir. Demak, istalgan xaker yoki dasturchi masofadan turib shaxsiy hududingizga kirishi mumkin. Bu esa biznes va xavfsizlik borasida yangi o‘yinlarga moslashishni talab etadi. Xavfsizlikda nisbatan yangicha qarashlarni shakllantirish talab qilinadi. Endi ko‘chadagi bezoridan ko‘ra ko‘proq raqamli bosqinchilar xavf uyg‘otadi. Endi nafaqat katta kompaniyalar, balki kompaniyaning ishchilaridan ham xavfsizlik talabiga javob berish so‘raladi: birgina yo‘qotilgan smartfon orqali u boshqaradigan uskunalar va kompaniyalarning boshqa hududlariga kirish imkonini begonaga yaratib berish mumkin. Xavfsizlik uchun faqatgina dasturlar yoki uskunalar bilan himoyalanish yaramaydi. Endi xavfsizlik borasida kompaniyalarga real vaqtda monitoring qiladigan bo‘limlar va xavfsizligini doimiy takomillashtiradigan laboratoriyalar kerak bo‘ladi.

    Industry 4.0 inson hayotini yaxshilash bilan birga hali yechim talab qiladigan bir talay muammolarni o‘rtaga tashlaydi. Bu muammolarning bir qismi bilan qisqacha tanishgan holda, o‘zimizga umumiy xulosani chiqaramiz:

    1. endi savodsiz bo‘lishga haqqimiz yo‘q;
    2. gastarbayterlarimiz uchun arzon ishchi kuchiga talab bo‘lgan yangi bozorlarni qidirguncha ularning malakasini yoppasiga oshirishni o‘ylashimiz kerak;
    3. eshik va derazalar ochilsin. Kirsin yangi shamol va yangi g‘oyalar. Milliy ma’naviyatni muzeyga jo‘natish vaqti keldi;
    4. faqat g‘oyalar yangi ish o‘rinlarini yaratadi;
    5. ta’limga investitsiyani bir necha barobarga orttirishimiz kerak. Ta’lim har sohaga kirib borishi lozim;
    6. ishlab chiqarishda har bir ishchi amaliy bilimlaridan tashqari muhandislik va dasturlashdan xabari bo‘lishi kerak;
    7. har bir ma’lumoti bor ishchi umumiy dasturlash tillarini bilishi kerak. Shu sababli bog‘cha va maktabdan informatsion texnologiyalar o‘ta chuqurlashtirilgan holda o‘rgatilishi talab qilinadi;
    8. maksimal ochiq va shaffof siyosat olib borish va xalq bilan doimiy muloqotda bo‘lish lozim.
    Hech qanday o‘zgarishdan qo‘rqmang. Shunchaki unga tayyor bo‘ling.

    Muallif fikri tahririyat nuqtai nazaridan farq qilishi mumkin.

    17.11.2019, 16:34   Izoh (0)   28167
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02

    “Stalinning barmog‘i” — Zangezur yo‘lagi Ozarbayjon uchun qanchalik muhim?

    14 avgust, 14:19

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda dollar kursi bir kunlik ko‘tarilishdan so‘ng yana tushdi

    O‘zbekiston | 15 avgust, 16:13

    UFC prezidenti Oq uyda o‘tadigan musobaqada qaysi sportchilar jang qilishi mumkinligini ochiqladi

    Sport | 15 avgust, 16:08

    “Bu O‘zbekistonsiz amalga oshmagan bo‘lardi”. Germaniya fuqarolarni Afg‘onistondan evakuatsiya qilishdagi yordam uchun minnatdorlik bildirdi

    O‘zbekiston | 15 avgust, 16:06

    Taksi haydovchisi yo‘lovchiga, mast erkak esa tanishiga shilqimlik qilgani uchun qamaldi

    O‘zbekiston | 15 avgust, 15:56

    Britaniyadagi aeroportda samolyotlar to‘qnashishi sabab parvozlar vaqtincha bekor qilindi (video)

    Dunyo | 15 avgust, 15:35

    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi

    Reklama | 15 avgust, 13:30

    Bolaning begonasi bo‘lmaydi: farzand asrab olgan jahonga mashhur ayollar (foto)

    Shou-biznes | 15 avgust, 15:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.