Rossiya Normand formatidagi uchrashuvga qadar Ukrainaga 2018-yil noyabrida Kerch bo‘g‘ozida qo‘lga olingan kemalarni qaytarishga tayyor. Bu haqda “Kommersant” xabar bermoqda.
Nashrga ko‘ra, tomonlar muzokaralarning yakuniy bosqichida bo‘lib, hozirda uchta kema topshiriladigan manzil va vaqt kelishilmoqda.
Moskva Kiyevga kemalarni qurol-aslaha bilan, biroq o‘q-dorilarsiz qaytaradi. Shuningdek, mazkur hodisa yuzasidan ochilgan jinoiy ishda daliliy ashyo bo‘lgani uchun ukrainalik dengizchilarning shaxsiy qurollari, ratsiyalar va kema hujjatlari ham Rossiyada qoladi.
Izoh (0)