• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12831.81
    • RUB163.75
    • EUR14606.45
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    “Nega oilangizda hammaning familiyasi har xil?” Islandlardan ona tilini rivojlantirish borasida nimalarni o‘rgansa bo‘ladi?

    Har yilning 16-noyabr kuni Islandiyada ona tili kuni nishonlanadi. Island tili Yevropaning kichik tillaridan biri hisoblanadi, lekin, shu bilan birgalikda, islandlar o‘z tilini juda sevadi va uni butun dunyoga muvaffaqiyat bilan reklama qilib boradi. Har yili shu kuni island tili turli davlatlar universitetlarida, YouTube’dagi mashhur kanallarda esga olinadi. “Daryo” ham, sanadan foydalanib, bu ajoyib til haqida diqqatga sazovor faktlarni taqdim etadi. Quyida keltiriladigan ma’lumotdan bilib olasizki, islandlardan tilni asrash va rivojlantirish borasida ko‘p narsa o‘rgansa bo‘ladi.

    Foto: Google Photos

    1) Island tili hind-yevropa oilasi, german guruhining shimoliy german yoki skandinav shoxobchasiga kiradi. Skandinav tillari, o‘z navbatida, g‘arbiy va sharqiy guruhlarga bo‘linadi. Sharqiy skandinav guruhiga (ba’zan kontinental skandinav tillari deyiladi) shved, dat, sharqiy norsk (norveg), g‘arbiy skandinav guruhiga island, farer, g‘arbiy norsk tillari kiradi. Unda bugungi kunda 350 mingcha odam gapiradi (asosan Islandiyada). Daniyada ham 8 ming kishi island tilida gapiradi (shulardan 3 mingi islandiyalik talabalardir);

    Foto: TripAdvisor

    2) Island tili Kanadaning Manitoba viloyatida ham tarqalgan. 1875-yilda Sigtriggur Jonason boshchiligidagi bir guruh islandlar Manitobadagi Vinnipeg ko‘li bo‘yiga o‘rnashib, Kanada hukumati ajratgan yerda yangi qishloqqa asos solgan. Ming kishi yashagan bu qishloq hatto o‘zini Kanadadan mustaqil deb e’lon qilgan va konstitutsiyasini ishlab chiqqan. Ammo 1880-yilda qish sovuq kelib, ko‘plab islandlar halok bo‘lgan, shundan so‘ng Kanada bu yerlarni o‘ziga qaytarib olgan. Shunga qaramay, Yangi Islandiya qishlog‘i bugun ham bor, u yerda yashovchi 1 400 kishi bugun ham island tilida gapiradi;

    Yangi Islandiya.

    Yangi Islandiya.
    Foto: TripAdvisor

    3) Islandiyadan olisda, Kanadada yashaydigan islandlar orolning o‘zida qolgan millatdoshlaridan bir jihati bilan farq qiladi: ular familiyalarga ega. Islandiyada familiya degan tushuncha yo‘q, barcha islandlarning pasportida ularning ismi va otasining ismi yozilgan bo‘ladi. Deylik, Youn Eynarsson ismli islandning o‘g‘li pasport bo‘yicha Olafur Younsson (son – o‘g‘il), qizi esa Sigridur Younsdohtir (dottir – qiz) bo‘ladi. Bu borada Islandiyada ko‘p hazillar yuradi. Ayniqsa boshqa davlatga kirayotganda chegarachilar “Nega oilangizda hammaning familiyasi har xil?” deb hayron qolishi islandlarning zavqini keltiradi;

    4) Oxirgi yillarda island futbolchilari ma’lum muvaffaqiyatlarga erishdi. Lekin islandlar faqatgina o‘yindagi muvaffaqiyatlari bilan maqtanmaydi. Ular g‘urur bilan tilga oladigan fakt: “Butun dunyoda futbolchilarning libosida yo familiyasi, yo laqabi yoziladi. Faqat bizning futbolchilarning libosida otasining ismi ko‘rsatiladi”. Tasavvur qiling, Eldor Shomurodovning futbolkasida “Shomurodov” emas, “Azamatovich” deb yozilgan bo‘lsa. Island futbolchilarining barchasida shunday;

    Foto: “Sports.ru”

    5) Bundan tashqari, islandlarda matronim, ya’ni otasining ismi o‘rniga onasining ismini pasportga yozish juda keng tarqalgan. Masalan, Islandiya poytaxti Reykyavik merining pasportida ham otasining, ham onasining ismi yozilgan: Dagur Bergtoruson (Bergtoraning o‘g‘li) Eggertsson (Eggertning o‘g‘li);

    Reykyavik.

    Reykyavik.
    Foto: Wikipedia

    6) Islandiyaning jangari shimoliy german dengizchilari – vikinglar kashf qilgan. 850-yillarda birinchi sayohatchi – Naddodur tasodifan orolga kelib qolib, nihoyatda sovuq ob-havo tufayli uni Snayland – “qorli yer” deb atagan. Keyingi sayohatchi – Gardar Svavarsson Islandiyada qishlab, uning orolligini aniqlagan. U orolni o‘z nomi bilan Gardarsxolmi deb atagan. Nihoyat, uchinchi viking – Floki Vilgerdarsson orolga bugungi nomni bergan: u qish nihoyatda sovuq kelib, butun chorvasi qirilib ketgani uchun orolni Island – “muzli yer” deb nomlagan;

    Islandiya.

    Islandiya.
    Foto: AdMe

    7) Island tili kichik til bo‘lishiga qaramay, skandinav tillari orasida qadimiyligi va boy yozma adabiyotga egaligi bilan ajralib turadi. Island tilidagi eng qadimgi kitoblar 1100-yillarga oid bo‘lib, ular asosan she’rlar va qonunlardan iborat. Birinchi island tarixchisi Ari Torgilsson (1068–1148) o‘sha paytlarda Islendingabok (Islandiya haqida kitob) nomli asarini yozgan. Skandinav folklorining durdonasi hisoblanmish “Kichik edda” island yozuvchisi Snorri Sturluson (1178–1241) tomonidan 1222–1225-yillarda yozilgan. “Katta edda” va ko‘plab sagalar ham island adabiyoti namunalaridir;

    Foto: YouTube

    8) Grenlandiya oroliga aholi ko‘chib borishi Islandiya bilan bog‘liq. Islandiyalik Eyrik Mallasoch ismli shaxs (950–1003) qo‘shnisini o‘ldirgani tufayli uch yilga oroldan quvilgan. U yangi orolga borib o‘rnashgan, lekin bu yerda undan boshqa hech kim yo‘q edi. Orolni “reklama” qilish va aholini ko‘paytirish maqsadida u yuzasini qor qoplab yotgan orolni Gryonland, ya’ni “yashil yer” deb atagan;

    Eyrik Mallasoch.

    Eyrik Mallasoch.
    Foto: Wikipedia

    9) Island tili Skandinaviyadan ajralib qolgani tufayli eski til unsurlarini saqlab qolgan; u qadimgi skandinav tiliga eng yaqin til hisoblanadi. Islandlar bugun ham XII–XIII asrlarda yozilgan sagalarni bemalol o‘qib tushuna oladi, negaki 800 yil ichida bu tilning grammatikasi va leksikasi katta o‘zgarishga uchramagan. Lekin zamonaviy island qadimgi island bilan uchrashib qolsa, ular bir-birini tushunmagan bo‘lardi. Buning sababi – quyida;

    10) Island tili fonetikasi katta o‘zgarishlarga uchragan. Bugun island tilida 800 yil oldin qanday yozilgan bo‘lsa, xuddi shunday yoziladi, lekin o‘qilishi katta farq qiladi, shu bois zamonaviy o‘qishda ko‘plab imlo qoidalarini inobatga olish kerak bo‘ladi. Masalan, b, d va g harflari “p”, “t” va “k” deb o‘qiladi; p, t, k harflari ikkilanib kelsa, ularning oldidan “h” tovushi qo‘shiladi: dottir – “qiz” so‘zi “dohtir” deb, stoppa – “to‘xtatmoq” esa “stohpa” deb o‘qiladi;

    Foto: Wikipedia

    11) Islandlar o‘z tilini asrashga juda katta e’tibor beradi, davlat maxsus til siyosatini yuritadi. Mamlakatda Island tili kengashi ishlaydi, uning tarkibiga universitetlar, madaniyat vazirligi, shuningdek, san’atkorlar va jurnalistlar kiradi. Bu kengash hukumatga til siyosati borasida tavsiyalar beradi va bu siyosatning yuritilishini doimiy nazorat qilib boradi. 1995-yil 16-noyabrdan beri mamlakatda Island tili kuni nishonlanadi. Bu sana eng buyuk island shoirlaridan biri Younas Xadlgrimsson (1807–1845) tug‘ilgan kunga moslashtirilgan;

    12) Islandiyada ona tili tozaligini saqlash aholining keng qatlamlari va hukumat tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi. Ko‘plab zamonaviy baynalmilal so‘zlarning islandcha variantlari ishlab chiqilgan va ularni aholi ishlatadi: tölva – “kompyuter”, sími – “telefon”;

    Foto: YouTube

    13) Birinchi marta “banan” so‘zini islandlashtirishda til tozaligi tarafdorlari mag‘lubiyatga uchragan. Dastlab banana so‘zi o‘rniga bjugaldin (“pyualtin” o‘qiladi) so‘zi taklif qilingan edi (bjuga – “sosiska”, aldin – “meva”). Ammo bu safar ko‘pchilik ziyolilar oshirib yuborilganini tan oldi. Shundan buyon Islandiyada azaldan mavjud bo‘lmagan narsa-buyumlar uchun yangi so‘z o‘ylab topmaslikka harakat qilishadi. Banani (“panani” o‘qiladi) so‘zi esa island tili lug‘atiga kiritilgan;

    Foto: Google Photos

    14) Islandiyada ismlar reyestri ishlab chiqilgan bo‘lib, chaqaloqqa beriladigan ismlar shu reyestrdan olinishi hamda u yerda belgilangan qoidalarga bo‘ysunishi kerak. Ism island tili imlo qoidalariga muvofiq yozilishi, unda faqat island alifbosida mavjud harflar qatnashishi majburiy (bu ismida z harfi bor odamlarni qayg‘uga solishi tayin, negaki bu harf 1973-yilda island alifbosidan olib tashlangan). Shuningdek, ism kelishiklar bo‘yicha turlanishda muammoga duch kelmasligi, u island tilida gapiruvchilarga salbiy yoki kulgili so‘zlarni eslatib yubormasligini tekshirish zarur.

    Foto: YouTube
    16.11.2019, 17:48   Izoh (0)   85299
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Zamonaviy Haval Jolion endi 0% muddatli to‘lov shartida 


    Sello Ecosystem Farg‘ona, Andijon va Namanganda Sello Summer Fest yorqin festivalini o‘tkazdi


    AVO’dan yangi omonat: yillik 25% gacha — 6 oyda orzuingizni amalga oshiring


    Tenge Bank Tenge24 ilovasida yangi raqamli avtokreditini e’lon qildi


    Toshkentda xalqaro fintex-hodisa — Visa Cashless Forum 2025 bo‘lib o‘tdi 


     ADM Jizzakh Jizzaxda joylashgan 5-ixtisoslashtirilgan muassasa tarbiyalanuvchilari ehtiyoji uchun avtobus taqdim qildi


    Suv — bebaho neʼmat: Agrobankdan fermerlar uchun yangi metodik to‘plam


     Coca-Cola jamg‘armasi va Global atrof-muhit va texnologiyalar jamg‘armasi (GETF) “Aylanma iqtisodiyot kelajagi uchun hamkorlik bitimi (PACT)” ni e’lon qilganligi haqida ma’lum qildi


    Yangi ufqlar: Centrum Air haftasiga ikki marta Toshkentdan Bishkekka parvozlarni amalga oshiradi


    Kapitalbank va Visa O‘zbekiston terma jamoasining JCH-2026 saralash o‘yinini BAAda tantanali ravishda ochishdi


    Mobiuz "Mehribon" imtiyozli tarif rejasini taqdim etdi


    UCMG Amsterdamda bo‘lib o‘tayotgan Money 20/20 Europe xalqaro fintech ko‘rgazmasida O‘zbekiston nomidan ishtirok etadi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti — kelajagingizni kafolatlaydigan zamonaviy ta’lim maskani! 


    O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlari Yevropaga yo‘l olmoqda


    UZTELECOM "Muruvvat" tarifini taqdim etadi: Atigi 25 000 so‘m evaziga g‘amxo‘rlik va e’tibor bilan boyitilgan aloqa

     

    Tavsiya etamiz

    Chumchuqlarga yem bo‘lgan burgutlar. “O‘rgimchak to‘ri” operatsiyasi Rossiya uchun qanchaga tushadi?

    4 iyun, 18:49
    Audio Icon

    Qurib qolgan ko‘chatlar, millionlar shamolga uchdimi?

    4 iyun, 15:03

    Feldmarshalga almashtirilmagan Stalinning zurriyoti — “dohiy” nega o‘g‘lini urushga yuborgan edi?

    3 iyun, 21:10

    Ko‘zi o‘tkir, qulog‘i sezgir temir qushchalar. Razvedkachi dronlarning “katta akalari”

    3 iyun, 20:40
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Yaponiyadagi “EXPO-2025” ko‘rgazmasidagi suvda bakteriyalar aniqlandi

    Dunyo | 6 iyun, 16:58

    Isroil uzoq tanaffusdan so‘ng Bayrut hududiga zarba berdi

    Dunyo | 6 iyun, 16:00

    O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zolari va murabbiylarini mukofotlash to‘g‘risidagi prezident farmoni e’lon qilindi

    O‘zbekiston | 6 iyun, 15:25

    Muhabbat va nafrat orasi bir qadam. “Yolg‘onchi” Tramp va “telba” Mask o‘rtasidagi mojaro ijtimoiy tarmoqlarni portlatdi

    Dunyo | 6 iyun, 14:00

    Jahon chempionati yo‘llanmasiga ega chiqqan O‘zbekiston terma jamoasi a’zolariga mashina sovg‘a qilinadi

    Sport | 6 iyun, 13:54

    Osiyodan yana bir terma jamoa ilk marta mundial yo‘llanmasiga ega chiqdi

    Sport | 6 iyun, 12:36

    Endilikda ehtiyojmand oilalarga gaz va elektr energiyasi uchun yil bo‘yi kompensatsiya beriladi

    O‘zbekiston | 6 iyun, 12:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.