• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12581.97
    • RUB157.75
    • EUR14698.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Texnologiyalar

    Youtube sekin-asta dunyo enagasiga aylanmoqda. Uning foydali va zararli jihatlarini ko‘zdan kechiramiz

    Oxirgi yillarda Youtube bolalar orasida ham shuhrat qozonmoqda. “Daryo” kolumnisti, “Ipak yo‘li” xalqaro turizm universitetining birinchi prorektori professor Azamat Akbarov Janubiy bu fenomenning foydali va zararli jihatlari haqida fikr yuritadi.

    Ota-onalar so‘nggi yillarda Youtube kanallari bolalariga enaga bo‘lishiga qo‘yib bermoqda. Smartfon bolalarga qarashda foydali vosita sifatida qo‘llanilmoqda. Uch-to‘rt yoshli bolalarimiz bizni bir lahza ham yolg‘iz qoldirmaydi. Biz ularga “Nastya” multfilmini qo‘yib beramiz yoki biror narsa bilan mashg‘ul bo‘lishi uchun qo‘liga smartfon topshirib qo‘yaman. Bola mobil dunyoga kirib ketishiga yo‘l qo‘yganimiz  uchun o‘zimizni aybdor his qilamiz, lekin bu uy ishlarini tugatish yoki qahvaxonada do‘stlarimiz bilan suhbatlashishning yagona yo‘lidir.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Koreyada o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalariga ko‘ra, o‘n nafar koreys ota-onalaridan (1–6 yoshli bolalari bor) olti nafari smartfonlarini farzandlariga boshqa ishlarni bajarish yoki tinchlantirish uchun berar ekan. Faqat yetti foizigina ta’lim maqsadida ishlatishini aytgan. Xuddi shu so‘rovnoma koreyalik yosh bolalar tomosha qilgan videomateriallarning 80 foizi Youtube kanallarida ekanini ko‘rsatdi.

    Eng ko‘p tomosha qilinadigan multfilmlar, bolalar qo‘shiqlari va kanallardagi ko‘zni qamashtiradigan libos kiyib olgan yulduzlarning “simulyatsiya o‘yinlari” bilan vaqtini bekorga o‘tkazadi. So‘ralganlarning yarmidan ko‘pi bolalar smartfon va planshetlar orqali ta’lim olishi mumkinligini aytgan.

    Biroq xonadonlarda o‘tkazilgan so‘rovlar ko‘rsatishicha, bolalar ishlatadigan ilovalarning atigi 7,8 foizi ta’limga oid. So‘ralganlarning 57 foizdan ortig‘i farzandlari smartfon ishlatayotganida ularning vaqtini tejashini aytdi yoki biz vaqtimizni sarflaymiz deyishdi, biroq ulardan 9,2 foizi hatto ulardan foydalanishni butunlay taqiqlashni xohlashini tan oldi.

    Smartfonlar: ko‘proq ta’lim ta’siriga egami yoki?..

    Ko‘p ota-onalar bolalarni osongina tinchlantirishning bir usuli sifatida smartfonlarni qo‘llaydi; shuning uchun ham bolalar ta’lim mazmunidagidan ko‘ra o‘yin va multfilmlarni ko‘radi. Smartfonlar yanada ko‘proq ta’lim ta’siriga ega bo‘lishi uchun ota-onalar raqamli kontentni farzandlari bilan birga tomosha qilishi, ular bilan muloqot qilishi va bahs-munozaralar olib borishi kerak.

    Ilovadagi videolarni kuniga millionlab odamlar tomosha qiladi va ularning ko‘pchiligi bolalardir. Youtube  kanallari yurishni endi boshlagan chaqaloqdan tortib o‘spirin yoshlarga ham asta-sekin dunyo enagasi va mashhur saytiga aylandi. Ammo ota-onalar farzandlari mashhur videoplatformada juda ko‘p vaqt sarflashi borasida qayg‘urishi kerak, chunki bu kichkintoylar Play School tomosha qilishiga ijozat berishga o‘xshamaydi. YouTube kanallaridagi videolar hammani jalb etish va ularni ko‘proq bolalar ko‘rishni xohlashiga mo‘ljallangan.

    Ota-onalar va tarbiyachilar bolalarni televizor tomosha qilishga juda ko‘p vaqt sarflayotgani va reklama ta’siri ostida qolayotgani haqida tashvishlarini bildirmoqda. Lekin TV ko‘rsatuvlari Youtube’dan tubdan farq qiladi: faqat ma’lum vaqt davom etadi, nima reklama qilinayotgani yoki qilinmayotgani aniq va ular ma’lum teletasvir uzatish standartlariga javob bera oladi.

    Youtube TV’ning o‘rnini egalladi: bu yaxshimi yoki yomon?

    Youtube’da har qanday narsa ko‘rsatiladi va u bir necha soatlab davom etishi mumkin. Video nihoyasiga yetishi bilanoq boshqasi darhol boshlanadi yoki bolalar navbatdagisini bosadi, bu xuddi avtomat mashinalari mexanizmi kabidir. Bundan tashqari, reklama juda jiddiy san’at darajasiga ko‘tarilgan va  ko‘pincha u video ichiga qo‘shiladi yoki kanallar narsa sotib olishga mo‘ljallangan bo‘ladi.

    Endi kontent-firmalar tashkil etilgan bo‘lib, ularda bolalarga mo‘ljallangan videolar yaratish maqsad qilingan. Ular o‘rgatuvchi, o‘ziga jalb qilib oluvchi material yaratish uchun yorqin ranglar va yoqimli musiqalardan foydalanadi. Xo‘sh, ota-ona nima qilsin? Dastlab, bolalaringiz yosh bo‘lsa, Youtube’ni o‘chirib, Youtube Kids’ni yoqing. Bu mukammal emas, lekin bolalaringiz kattalar mavzusidagi videolarni topish ehtimoli kamroq. To‘liq Youtube ilovasi 17+ yoshlar uchun deb baholanadi, shuning uchun undan foydalanganda bolalar nazorat ostida bo‘lishi kerak.

    Keyingisi, Youtube foydalanish vaqtini cheklash uchun Android yoki iOS ichidagi sozlamalardan foydalaning. Bolangizni butunlay Youtube’dan uzoqlashtira olsangiz, bu ularga foyda keltiradi.

    Youtube aslida ajoyib dastur va unda ajoyib videolar mavjud. Biroq ijtimoiy media ilovalari kabi, u tartibga solinmagan yoki yaxshi nazorat qilinmaydi, shuning uchun bolalarga to‘g‘ri kelmaydigan juda ko‘p kontent mavjud.

    Yosh bolalar zamonaviy qurilmalarga nisbatan himoyasiz

    Hech qanday bola biror ilova yoki dasturga bemalol kira olmasligi kerak va Youtube ham bundan mustasno emas. Ilova maxsus bolalar foydalanish uchun tashkil etilgan bo‘lib, bu xavfsiz joy, deydi Google, lekin tadqiqotchilar aniqlagan mazmun miqdoriga asoslansa, bu haqiqat emas. Bolalar hali bu yoshda o‘z-o‘ziga ishonchi, tengligi va ularning ota-onalaridan mustaqillikni tushunishlari rivojlanayotgan bo‘ladi. Ota-onalar bolalarni o‘ldirayotgani yoki ba’zi bolalar o‘zlarini o‘ldirishi kabi ma’lumotlarni eshitish o‘rtacha bolaning ko‘nglini buzishi mumkin.

    Yosh bolalar tijoriy reklamaning ishontirish kuchi oldida ojizdir. Ular ishontiruvchi, ko‘ndiruvchi niyat, rol o‘ynash yoki mavhum fikrlashni tushunmaydi. Men Youtube Kids ilovasi paydo bo‘lganda reklama qilingani va marketing ishlari jarayonida u oila doirasiga mo‘ljallangan va xavfsiz ekani e’lon qilinganini ko‘rdim. Ko‘pchilik reklama va marketing taktikasi televizorda noqonuniy hisoblanadi. Simsiz tarmoqlar orqali smartfon, planshet va noutbuklarga yoki TV pristavkalar va kompyuterlarga ulangan simli tarmoqlar orqali beriladigan onlayn videolar an’anaviy televideniye me’yorlaridan tashqariga chiqib, ular hech qanday efir litsenziyasini talab qilmaydi. Bugungi aloqalarning juda ko‘p jihatlariga kelsak, texnologik innovatsiyalar  bog‘langanlik darajasi pastroq dunyo uchun yaratilgan qoidalar va tartiblardan ancha ilgarilab ketdi. Bu tez orada biror o‘zgarishni kutish uchun hech qanday sabab yo‘q.

    Biz o‘sib ulg‘aygan paytlarimizda barcha joylarda mavjud bo‘lgan kunduzgi televizor hech qanday xavf tug‘dirmasdi: uzundan-uzoq saviyasi past seriallar, o‘yin namoyishlari, tok-shoular va multfilmlar, yarim tungi ko‘rsatuvlardan oldin efirga uzatiladigan reklama ham efir oldidan tozalanardi. Ulangan smartfon va planshetlarning ko‘payishi tafovutni yo‘q qilib tashladi. Talab, xohishga ko‘ra dasturlarni ko‘rsa bo‘ladigan TV deganda endi kunduzi yoki tungi  dasturlar boshqa yo‘q degan ma’noni anglatadi.

    Youtube’da grafik zo‘ravonlik va jinsiy kontentni topishingizdan tashqari, ochiqdan-ochiq pornografiyani topish haqida gapirmasak ham bo‘ladi. Kelgusi yillarda onlayn video va ilovalar yuz millionlab bolalar hayotining bir qismi bo‘lib, mahalliy kanaldan tashqarida yashash xonasida yoki o‘yin xonasida joylashgan joylarda va vaziyatlarda bo‘ladi.

    Muallif fikri tahririyat nuqtai nazaridan farq qilishi mumkin.

    14.11.2019, 14:56   Izoh (0)   58792
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 

     

    Tavsiya etamiz

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02

    “Stalinning barmog‘i” — Zangezur yo‘lagi Ozarbayjon uchun qanchalik muhim?

    14 avgust, 14:19

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46
    Audio Icon

    Samoga sochilgan yulduzlar: “Paxtakor 79” voqeasiga 46 yil bo‘ldi

    11 avgust, 10:09
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Namanganda 60 foiz qotilliklarga oilaviy nizolar sabab bo‘lgan — Senat

    O‘zbekiston | 14 avgust, 23:44

    “Bunday holatlar takrorlanmasligi uchun barcha choralarni ko‘ramiz” — Sherzod Kudbiyev aholidan asossiz yechib olingan soliqlar qaytarilgani haqida

    O‘zbekiston | 14 avgust, 23:22

    Hindistonlik ayol Labubuni xitoy ma’budi deb yanglishib, unga ibodat qila boshladi

    Dunyo | 14 avgust, 23:20

    Alyaska sammiti boshlanmasidanoq Putin global tartibni o‘z istagiga ko‘ra qayta shakllantirmoqda — The Washington Post

    Dunyo | 14 avgust, 23:10

    Barcha maktab va bog‘chalarda majburiy mehnat ustidan reydlar o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 14 avgust, 23:00

    O‘zbekistonga olib kelingan falastinliklar uchun maxsus jamg‘arma tashkil etiladi

    O‘zbekiston | 14 avgust, 22:48

    Qozog‘istonda sichqon hujayralaridan shuvoq changiga qarshi antitana yaratildi

    Dunyo | 14 avgust, 22:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.