Bugun,

  • USD 10920.28
  • RUB 177.49
  • EUR 11052.42

Odamlar ishonuvchan bo‘ladi – biz bunga muntazam ravishda manikyur va pedikyur protseduralarini qiluvchi go‘zallik salonlarining mijozlari orasida o‘tkazgan ko‘p sonli so‘rovlar natijasida ishonch hosil qildik. Ayollar manikyur uchun asboblarning tozaligi va ularning sog‘liq uchun xavfsizligi haqidagi savollarga javob berar ekan, “ustaga ishonaman” javobini tanlashadi.

Ma’lum bo‘lishicha, ularning aksariyati usta ishga kirishishidan oldin asboblarga qanday ishlov berilgani bilan ham qiziqmas ekan. Holbuki, manikyur va pedikyur protseduralari kam invaziv manipulyatsiyalar sirasiga kiradi, ularni amalga oshirayotganda zararlangan qon orqali o‘tadigan gemokontaktli infeksiyalar yuqishi mumkin. Masalan, OIV, B va C gepatiti viruslari. Mijozlarning ustalarga juda yuqori darajada ishonishi fakti esa salondagi ustalarga ham, salon ma’muriyatiga ham katta mas’uliyatni yuklaydi. Ular sterillash uchun tegishli sharoitlarni ta’minlashi shart.

O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligining statistikasi: OIV, B va C gepatitlari viruslarini yuqtirish holatlarining 3-11% jarrohlik, stomatologik, oftalmologik, laringologik, ginekologik operatsiyalarda hamda kam invaziv aralashuvlarda, kosmetolog yoki manikyur va pedikyur ustasining protseduralarida zararlangan tibbiy asboblar orqali yuz beradi.

Nafaqat inyeksiyalarda nosteril tibbiy asboblardan foydalanish va xavfsizlik qoidalariga amal qilmaslik, balki kosmetologiya protseduralari, pirsing, tatuirovka, manikyur va sartaroshlik asboblari ham infeksiyani yuqtirish sababchisiga aylanishi mumkin. Xulosa shuki: biz go‘zallik salonlarida hamda stomatologiya va boshqa shifokorlarning kabinetlarida oladigan va teri qoplamasi yoki shilliq qavatlar yaxlitligini buzadigan deyarli barcha protseduralar gemokontaktli infeksiyalar, xususan C gepatiti, ya’ni sekin, ammo aniq ta’sir qiladigan “mehribon” qotil virus yuqishi bilan juda xavflidir.Xo‘sh, unda nima qilish mumkin? Salonlarga borishdan voz kechish va tishlarni davolatmaslik kerakmi? Albatta, yo‘q. Sog‘lig‘ingizning xavfsizligi haqida o‘ylash, shifokorlar va ustalarga asboblar sterilizatsiyasi haqida savol berishdan tortinmaslik va ulardan batafsil ma’lumotlar olish bunday holatlarni bartaraf etishi mumkin.

Zamonaviy tibbiyotda sterillashning turli usullari mavjud. New Medical Technologies  kompaniyasi ularga qarama-qarshi emas, balki hamyonbop muqobil sifatida tibbiy asboblardagi viruslar, bakteriyalar, zamburug‘lar va endosporalarni sterillash uchun Safo Nur qurilmasini taqdim etadi.

Bugungi kunda ushbu qurilma O‘zbekistonning ko‘plab muassasalarida qo‘llanilmoqda: davlat va xususiy statsionarlar, poliklinikalar, turli profil va darajadagi kabinetlar, go‘zallik salonlari va kosmetologiya kabinetlari.

New Medical Technologies kompaniyasining ta’sischisi O. L. Mkrtchyan va bosh direktor R.S.Arifbayev shaxsidagi rahbariyat tomonidan Safo Nur qurilmasini Toshkentdagi bolalar stomatologiya klinikalariga beg‘arazlik asosida taqdim etish qarori qabul qilindi. Navbat — kosmetologiya va go‘zallik salonlariga.

Safo Nur qurilmasining ishlash prinsipi — tibbiy asboblardagi viruslar, bakteriyalar, zamburug‘lar va endosporalarni inaktivlashtirish, uning asosida viruslarning tsitopatogenlik xususiyatini yo‘qotishi yotadi, ya’ni ular ko‘payish va hujayralarni zararlash qobiliyatini yo‘qotadi va natijada nobud bo‘ladi.

Bu muhim! Qurilmada tibbiy asboblarning ishchi xarakteristikalarini yo‘qotmasdan (ya’ni asboblar o‘tmaslashib qolmaydi va o‘z xususiyatlarini yo‘qotmaydi), ularning to‘liq zararsizlanishini ta’minlaydigan sterillashning kimyoviy “sovuq” metodi qo‘llanadi. Qurilma narxi hamyonbop, u benuqson ishlaydi, boshqarilishi oddiy, xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar uchun xavfsiz, asboblarga zarar yetkazmaydi hamda kompozit materiallar va turli qotishmalar, plastik, silikon va shishadan tayyorlangan asboblarni sterillash uchun mos keladi.

Qurilma yaratuvchisi va inaktivlashtirish usulining muallifi – O‘zbekistonlik olim, professor va tibbiyot fanlari doktori Nariman Gulyamovich Gulyamov.

Safo Nur qurilmasining dunyoda analoglari yo‘q. Qurilmaga O‘zbekiston Respublikasi Patent idorasi tomonidan 23.05.2014 yilda IAP05259 patenti berilgan, shuningdek u Yevrosiyo patent idorasi va AQSh patent idorasining patentlariga ega. Bundan tashqari dunyoning boshqa mamlakatlarida ham patentga arizalar taqdim etilgan.

Virusli infeksiyalarga qarshi kurashish – bu profilaktika choralarini takomillashtirish hamda shifokor yoki usta ishlaydigan asboblarning yuz foiz steril bo‘lishiga intilish demakdir.

Kasallikni davolagandan ko‘ra uning oldini olish osonroq, shunday ekan, tibbiyotning ushbu qadimiy tamoyilini kundalik amaliyotga tatbiq etish vaqti keldi.

Safo Nur  — innovatsiyalar sog‘lig‘ingiz himoyasida. Qo‘shimcha ma’lumotlar NMT.uz saytida va +998 90 3512090 raqami bo‘yicha.

Reklama huquqi asosida.

 

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
Foto: Boks afsonasi Mayk Tayson nogironlar aravachasida
Dunyo
Argentinada ish haqini oshirish talabi bilan ommaviy namoyishlar bo‘lib o‘tmoqda (foto)
Mahalliy
“Avtomobillarga gazni belgilangan miqdordan ortiq quyish holatlariga bir necha bor guvoh bo‘ldik” —  senator