• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12559.26
    • RUB160.17
    • EUR14413.01
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Masalani siyosiylashtirmaslik kerak” — Davlatnazar Ro‘zmetov o‘limi bo‘yicha voqealar xronologiyasi keltirildi

    12-noyabr kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Xorazmda jurnalist Davlatnazar Ro‘zmetovning fojiali halok bo‘lishi yuzasidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi, deb xabar beradi “Kun.uz”.

    Foto: “Kun.uz”

    Foto: “Kun.uz”

    Ichki ishlar, Sog‘liqni saqlash vazirliklari va boshqa idoralar mutasaddilari ishtirokida o‘tkazilgan tadbirda dastlabki tergov-surishtiruv xulosalari asosida batafsil ma’lumot berildi.

    Tadbirni kirish so‘zi bilan ochib bergan AOKA direktori Komil Allamjonov agentlik Davlatnazar Ro‘zmetov bilan aslida nima ro‘y bergani yuzasidan o‘rganishlar o‘tkazgani, mutasaddilarni taklif qilib vaziyatga oydinlik kiritishga qaror qilgani haqida gapirdi.

    Shundan so‘ng tadbirga taklif etilgan mutasaddilar o‘z ma’lumotlarini taqdim etdi.

    Xorazm viloyati IBB boshlig‘i o‘rinbosari, Tergov boshqarmasi boshlig‘i Ahmadjon Po‘latov o‘sha kungi voqealar xronologiyasini keltirdi.

    “2019-yilning 6-noyabr kuni taxminan soat 23:00-23:30 oralig‘ida fuqaro Safarov o‘z boshqaruvida bo‘lgan ‘Gazel’ avtomobilida Urganch-Xiva yo‘lida harakatlanib ketayotgan vaqtda 1971-yilda tug‘ilgan piyoda Davlatnazar Ro‘zmetovni urib yuborgan. Olingan tan jarohatlari oqibatida piyoda voqea joyida vafot etgan. Mazkur holat bo‘yicha Jinoyat kodeksining 266-moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Sizga tushunarli bo‘lishi uchun jinoyat ishi materiallaridan slayd tayyorlaganmiz. Hodisani tiklash uchun piyoda Ro‘zmetov YTH sodir bo‘lgan joyga qanday borib qolganini xronologik tarzda aniqlashtirdik.

    6-noyabr kuni soat 17:23 da marhum Ro‘zmetov o‘zining tanishi, advokat Umid Davletov bilan birga ovqatlanish maqsadida Urganch shahrida joylashgan ‘Yagona’ kafesiga kirib kelgan. Bu holat kafedagi kuzatuv kameralari tomonidan qayd etilgan.

    Foto: “Kun.uz”

    Foto: “Kun.uz”

    Foto: “Kun.uz”

    Foto: “Kun.uz”

    Soat 21:52 da Ro‘zmetovning do‘sti G‘ayrat Bobojonov ham ushbu davraga kelib qo‘shilgan.

    Foto: “Kun.uz”

    Foto: “Kun.uz”

    Foto: “Kun.uz”

    Foto: “Kun.uz”

    Foto: “Kun.uz”

    Foto: “Kun.uz”

    Soat 22:11 da uchovlon kafedan chiqib, ‘Xorazm palace’ mehmonxonasiga keladi va xizmat safari bilan Urganchga kelgan Umid Davletovning tunashi uchun joy gaplashadi.

    Foto: “Kun.uz”

    Foto: “Kun.uz”

    Foto: “Kun.uz”

    Foto: “Kun.uz”

    Joy masalasi hal qilinganidan keyin bu shaxslar soat 22:18da mehmonxonadan chiqadi. Marhum Davlatnazar Ro‘zmetov Qo‘shko‘pirga – uyiga qaytishi kerak bo‘ladi, sheriklari uni Nexia-2 rusumli taksiga o‘tkazib yuborib, o‘zlari mehmonxonaga qaytadi. Qo‘shko‘pirga ketishda Urganch tumani hududida “Mash’al” nomli do‘kon bor, uni Xorazmda barcha biladi, taksi shu joygacha gaplashilgan. Tergov jarayonida aniqlandiki, bu yerda Qo‘shko‘pirga ketadigan taksilar shoxobchasi bor. Marhum shu yerda Qo‘shko‘pirga ketish uchun Nexia rusumli boshqa bir taksini gaplashib, unga o‘tiradi.

    Foto: “Kun.uz”

    Foto: “Kun.uz”

    Foto: “Kun.uz”

    Foto: “Kun.uz”

    Foto: “Kun.uz”

    Foto: “Kun.uz”

    Tergovning siri bor, shu sababli faqat ochiq ayta olishim mumkin bo‘lgan holatlarnigina gapirib beryapman. Urganch-Xiva yo‘lida ketaverishda yo‘l bo‘yida avtomobillarga gaz quyish shoxobchasi bor. Soat 22:45 da Davlatnazar Ro‘zmetov taksida shu yerga kirib kelganini tasdiqlovchi videotasvirlar bor. ‘Gazzapravka’ga kirishda yo‘lovchilarning xavfsizligini ta’minlash uchun ular avtomobildan tushiriladi, shu tartibga ko‘ra marhum ham mashinadan tushib turadi. ‘Gazzapravka’dan chiqqan Qo‘shko‘pir yo‘nalishi bo‘ylab yo‘lda davom etadi. Bizda bu holatning videosi bor, tergovda tasdiqlangan.

    Yo‘lning taxminan 5-kilometrida taksi haydovchisi va Davlatnazar Ro‘zmetov o‘rtasida dahanaki tortishuv yuzaga keladi hamda Ro‘zmetov jahl ustida shu yerdagi bekatda mashinadan tushib qoladi. Aynan shu yerda – mashinadan tushib qolgan joylarida YTH sodir bo‘lmoqda. ‘GAZel’ chap tomoni bilan Ro‘zmetovni urib yuborgach, u yo‘lning qarama-qarshi tomoniga uchib ketgan. Yo‘l-transport hodisasi chizmasi chizilgan. Chizmada hodisa joyi, avtomobilning tormoz izi, marhum bilan to‘qnashuv sodir bo‘lgan joy va u YTH natijasiga qayerga borib tushgani aks etgan. Hodisa ro‘y berganidan ko‘p o‘tmay tezkor tergov guruhi tomonidan darhol tormoz izlari olingan, barcha dalillar, chizmalar rasmiylashtirilgan”, — deydi tergovchi.

    Matbuot anjumanida hodisa aynan qanday ro‘y bergani, avtomobil qanaqa tezlikda harakatlanayotgani va haydovchiga nisbatan qanday chora ko‘rilishiga ham aniqlik kiritilishi so‘raldi.

    “Tergovda haydovchi Davlatnazar Ro‘zmetov mashinani to‘xtatmoqchi bo‘lganday shapkasini yuqori ko‘tarib yo‘lga yugurib chiqdi, deya ko‘rsatma bergan. Demak, bekat tomondan yo‘lga qarab chiqilgan. Bu ko‘rsatmani bergan yana bitta guvohimiz ham bor. Haydovchi mashinani olib qochmoqchi bo‘lib chapga burgani, chapga burib tormoz bilan borganida marhum mashinaning chap tomoniga urilgani haqida ko‘rsatma bergan.

    Foto: “Kun.uz”

    Foto: “Kun.uz”

    Foto: “Kun.uz”

    Foto: “Kun.uz”

    Foto: “Kun.uz”

    Foto: “Kun.uz”

    Foto: “Kun.uz”

    Foto: “Kun.uz”

    Foto: “Kun.uz”

    Foto: “Kun.uz”

    Bu oshkor qilsa bo‘ladigan ma’lumot bo‘lgani uchun aytyapman. Hozir dastlabki tergov jarayoni ketmoqda. Haydovchi gumonlanuvchi sifatida qo‘zg‘atilgan jinoyat ishiga jalb qilingan. Barcha ekspertizalar o‘tkazilgandan keyin unga nisbatan ayblilik masalasi ko‘rib chiqiladi. YTH sodir bo‘lgan vaqtda avtomobil qanday tezlikda harakatlanayotganini aniqlash bo‘yicha ekspertiza tayinlangan. Gumonlanuvchining ham bu borada ko‘rsatmasi bor. Holatga aniqlik kiritish uchun tormoz izlari o‘lchangan, hodisa chizmaga tushirilgan. Shularga asosan ekspertiza xulosasidan so‘ng ekspertlar avtomobil qanday tezlikda harakatlanganini aniqlab berishadi. Ekspert o‘n kundan bir oygacha bo‘lgan muddatda xulosa berishi mumkin. YTH sodir bo‘lgan hududda avtomobillar harakatlanishi uchun 70 tezlik belgilangan”, — deydi Ahmadjon Po‘latov.

    Tadbirda o‘sha voqea sodir bo‘lgan kunda marhum bilan birga bo‘lgan tanishi, advokat Umid Davletov ham so‘z oldi.

    Foto: “Kun.uz”

    Foto: “Kun.uz”

    “Menga Davlatnazar aka haqida gapirish qiyin. U inson kim uchundir oddiy jurnalist, kim uchundir oddiy odam, lekin men uchun qadrdon do‘st edi.

    Haqiqatan ham 2019-yilning 6-noyabr kuni himoyamdagi Nafosat Olloshukurova ishi bo‘yicha Urganch shahriga bordim. Urganch aeroportidan chiqishim bilan Davlatnazar akaga qo‘ng‘iroq qilib, u kishi bilan uchrashmoqchiligimni aytdim. Shu kuni Davlatnazar aka bilan uchrashdik. Uchrashganimizda u nihoyatda xursandligini, unga nisbatan tuhmat qilib yozilgan arizalar bo‘yicha to‘liq tekshiruvlar o‘tkazilib, Xorazm viloyati IIB tomonidan unga nisbatan qo‘zg‘atilgan barcha ma’muriy ishlar tugatilganini, hozirgi kunda uning jurnalistik faoliyatiga hech qanday to‘sqinlik yo‘qligini, aksincha, viloyat IIB rahbariyati tomonidan uning xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha ijobiy ishlar qilinganini faxrlanib aytib berdi.

    6-noyabr kuni Davlatnazar aka bilan kun bo‘yi birga yurdik. Tushlikniyam, kechki ovqatniyam birga qildik. Kechki ovqatdan keyin men mehmonxonada qoldim, u kishi uyiga ketdi. Men u kishidan mehmonxonada tunab qolishini iltimos qildim, lekin u kishi oilamning oldiga boraman deb unamadi. Ertalab qaytib kelishini aytdi. Keyin biz G‘ayrat aka bilan mehmonxonaning qarama-qarshi tomonidan u kishini taksiga o‘tkazib yubordik. Bu haqda yuqorida batafsil ma’lumot berildi. Do‘stimni oxirgi marta ko‘rganim shu bo‘ldi”, — deydi u.

    Davlatnazar Ro‘zmetovning jiyani Farhod Ro‘zmetov amakisining o‘limi baxtsiz hodisa bo‘lgani, endi uning yetim qolgan farzandlariga g‘amxo‘rlik qilish kerakligini ta’kidladi.

    Foto: “Kun.uz”

    Foto: “Kun.uz”

    “Amakimning jurnalistik faoliyatini qiziqib kuzatib borardim. YTH sodir bo‘lgani haqida xabar yetib kelganida hayron bo‘lib dovdirab qoldik.

    Zudlik bilan hodisa joyiga yetib bordik. Borganimizda YTH sodir bo‘lgan ko‘chaning qorong‘iligi yaqqol ko‘rinib turgandi. YTH amakim yo‘lning belgilanmagan qismidan kesib o‘tayotganda ro‘y bergani ko‘rinib turgandi. Hodisadan so‘ng u kishini tez tibbiy yordam kelib olib ketgan, bizga amakim vafot etganini aytishgandan keyin 7-noyabrga o‘tar kechasi soat 2-3larda Facebook’da bu haqda post qoldirdim. Bundan maqsad u kishini asosan Facebook orqali yaxshi tanishardi. Amakimning har bir viloyatda o‘ziga yarasha do‘stlari, tanish-bilishlari bor edi. Ular amakimni so‘nggi yo‘lga jo‘natishga kech qolmasin degandim. Ma’raka bilan bo‘lib ijtimoiy tarmoqlarda kirolmadim. Ammo kechroq kirganimda amakimning o‘limi turlicha talqin qilingan postlarni ko‘rib juda xafa bo‘ldim. Musibat haqida, marhumning do‘stlari, yor-u birodarlarini janozaga taklif qilib qoldirgan xabarim turlicha talqin qilinayotgani uchun Facebook foydalanuvchilaridan voqeani siyosiylashtirmaslik, bilib-bilmasdan turli izohlar qoldirmaslikni so‘rab yana bir post qoldirdim.

    Davlatnazar akam qanday jurnalist bo‘lgan, qanday faoliyat yuritgan, bunga har kim har xil baho beradi. Uning o‘ziga yarasha auditoriyasi bo‘lgan, o‘ziga yarasha kuzatuvchilari bo‘lgan, o‘ziga yarasha mushtariylari bo‘lgan.

    Davlatnazar akam faoliyati tufayli ko‘pgina viloyatlarda, tuman-shaharlarda bo‘lgan vaqtida aholining ijtimoiy muammolariga ko‘p e’tibor qaratgan. Otasiz yoki onasiz voyaga yetayotgan bolalarga yoki uy-joysiz oilalarga yo bo‘lmasam ijtimoiy muammosi bo‘lgan oilalarga ko‘proq yordam berishga harakat qilib jurnalistik faoliyatini olib borgan.

    Lekin shu o‘rinda menga og‘ir bo‘lsa ham u kishining oilaviy ahvoli haqida ikki og‘iz gapirib o‘tmasam bo‘lmaydi. Bugungi kunda amakimning ortida uch farzandi qoldi. Ayoli ishsiz. Oilamiz bilan birgalikda u kishining farzandlarini yolg‘izlatib qo‘ymaymiz. Biroq har bir oilaning o‘ziga yarasha tashvishlari bor. Mavridi kelganda ommaviy axborot vositalariga, bu yerda yig‘ilgan jurnalist va blogerlarga iltimos bilan murojaat qilmoqchiman. Amakimning oilaviy sharoiti bilan tanishsangiz, u mol-dunyo, davlatga qiziqmagan. O‘zini jurnalistikaga bag‘ishlagan. Hattoki haftalab, oylab uyiga kelmasdan ish bilan shug‘ullangan. Shuning uchun u kishining oilaviy ahvoli bilan qiziqsangizlar. Bu yerga kelishdan oldin kelinoyimning yoniga bordim. U kishi bir bir gap aytdi, shu omonat gapni yetkazib qo‘ymoqchiman. Kelinoyim ‘Davlatnazar Ro‘zmetov jamiyatdagi insonlarga qanday yordam bergan bo‘lsa, farzandlarim kelajagi uchun jurnalistlar ham qo‘llaridan kelgancha yordam berishsin’, deb iltimos qildilar.

    Jurnalistlar bugungi matbuot anjumanidagi ma’lumotlardan kelib chiqib jarayonni xolis yoritishadi, ijtimoiy tarmoqlarda bo‘lib turgan noto‘g‘ri fikrlarga o‘z munosabatlarini bildirishadi, deb o‘ylayman. Chunki jarayon Facebook yoki boshqa joylarda yozilganidek bo‘lmagan. Bugungi anjumanda berilgan ma’lumotlarga asoslangan holda to‘g‘ri axborot berilishi va marhumning xotirasini hurmat qilishlarini so‘rab qolaman”,—  deydi u.

    Komil Allamjonov ham voqeani siyosiylashtirmaslikni so‘radi.

    Foto: “Kun.uz”

    Foto: “Kun.uz”

    “Fursatdan foydalanib, Davlatnazar Ro‘zmetovning oila a’zolari va yaqinlariga yana bir bor chuqur hamdarligimizni bildiramiz, ta’ziyamizni izhor qilamiz. Jurnalistlardan, mazkur baxtsiz hodisani g‘arazli maqsadlari yo‘lida siyosiylashtirishga urinayotganlardan, hech bo‘lmasa, shu odamning ruhi haqqi bu ishlarni to‘xtatishni iltimos qilardik. Chunki hammasi mana oyday ravshan bo‘lib turibdi. Oila a’zolariyam shuni aytishyapti. Huquqni muhofaza qiluvchi organ vakillariyam. Endi hech bo‘lmaganda shu odamning haqqi-hurmati masalani siyosiy tomonga burib, ro‘y bergan baxtsiz hodisani ‘jurnalistga suiqasd qilingan’ deya qilinayotgan chiqishlarni bas qilishni iltimos qilardik”, —deydi agentlik rahbari.

    Jurnalist Toshtemir Xudoyqulov Davlatnazar Ro‘zmetov vafotidan oldin, ya’ni oktabr oyida “Jamiyat” gazetasidan ishdan bo‘shagani, shu tufayli uning oyligi saqlanadigan ish joyi bo‘lmagani tufayli oilasiga yordam puli berilmasligiga e’tibor qaratdi.

    Komil Allamjonov esa agentlik marhumning oilasiga albatta yordam ko‘rsatilishini va’da qildi.

    Ma’lumot uchun, xorazmlik taniqli jurnalist Davlatnazar Ro‘zmetov 6-noyabr kuni yuz bergan yo‘l-transport hodisasi oqibatida halok bo‘ldi.

    Mavzuga doir:

    • Xorazmlik jurnalist Davlatnazar Ro‘zmetov YTH oqibatida halok bo‘ldi
    • Bosh prokuratura jurnalist Davlatnazar Ro‘zmetov o‘limi yuzasidan rasmiy bayonot berdi

    13.11.2019, 17:39   Izoh (0)   28537
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Soxta “001 VIP” avtoraqamini yasagan fuqaro qo‘lga olindi. U Moskvadagi universitetda o‘qiydi

    13.11.2019, 17:25

    Komil Allamjonov Nafosat Olloshukurova va Davlatnazar Ro‘zmetov bilan bog‘liq voqealarga munosabat bildirdi

    13.11.2019, 17:10

    O‘zbekistonda dasturchilar uchun One Million Uzbek Coders bepul onlayn kurslari ochiladi

    13.11.2019, 16:54

    O‘zbekistonda qidiruvda bo‘lgan ayol Rossiyadagi tug‘ruqxonada ko‘zi yoriyotganida ushlandi

    13.11.2019, 16:40

    DXX Chegara qo‘shinlari Farg‘onada fuqarolar nima uchun niqobli harbiy xizmatchilar tomonidan kaltaklanganiga oydinlik kiritdi

    13.11.2019, 16:11

    Farg‘onada chegarachilar o‘smirni beysbol tayog‘i bilan kaltakladi (video)

    13.11.2019, 16:01
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi 


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 


    InfinBANK tomonidan XISMK liniyasi bo‘yicha taqdim etilayotgan islomiy moliyalashtirish – biznesni rivojlantirish uchun ishonchli yechim 


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    “Mikrokreditbank” ATB IX Germaniya-O‘zbekiston biznes forumi doirasida ODDO BHF bank bilan 50 million dollarlik shartnoma imzoladi


    “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytingi prognozini “Ba2”- “ijobiy” darajagacha ko‘tardi


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda


    Moody’s “Biznesni rivojlantirish banki” reytinglarini “salbiy”dan “barqaror”ga o‘zgartirdi

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSH hujumiga javoban Eron Hormuz bo‘g‘ozini yopmoqchi. Bu nimani anglatadi?

    Dunyo | 22 iyun, 21:28

    AQSH Eronga 75 ta bomba tashlagan: hujum tafsilotlari e’lon qilindi

    Dunyo | 22 iyun, 20:44

    “Oltin to‘p” uchun asosiy da’vogar nomi o‘zgardi — TNT Sports

    Sport | 22 iyun, 20:20

    AQSH Eronning ehtimoliy javob hujumiga tayyorlanmoqda — NBC

    Dunyo | 22 iyun, 20:02

    Qozog‘istonda samolyot qulab tushdi. Qurbonlar bor

    Qozog‘iston | 22 iyun, 19:48

    Medvedev bir qator davlatlar Eronga “yadroviy o‘q-dorilar” berishga tayyorligini aytdi

    Dunyo | 22 iyun, 18:19

    “Qo‘shnilar” bahsi, braziliyaliklar hissasi va yirik hisobdagi g‘alaba: “Navbahor” va “OKMK” o‘yinidan fotogalereya

    Sport | 22 iyun, 18:00

    Suriyada Bashar Asadning amakivachchasi qo‘lga olindi

    Dunyo | 22 iyun, 17:31
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.