• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12965.34
    • RUB161.34
    • EUR14525.07
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Kitob

    Ko‘rlar mamlakatida bir ko‘zlilar qirol bo‘ladi. Xose Saramagoning “Ko‘rlik” romani haqida

    “Daryo” kolumnisti Nurbek Alimov “Jahon adabiyotining eng buyuk asarlari” rukni doirasida mashhur badiiy asarlarni tahlil qilishda davom etadi. Bu hafta u Xose Saramagoning “Ko‘rlik” romani haqida hikoya qiladi.

    Fleshbek

    Bu asar – eng oxirgi o‘qib tugatgan kitobim. Bu men uchun janrda yangilik bo‘lib tuyuldi. Asar yozilganiga 24 yil bo‘lgan esa-da, biz kitobsevarlar odatda “xayp” bo‘lgan asarlar ortidan yuguramiz. Bu asar esa uncha ko‘zga tashlanmagan “oyning ko‘rinmas qismi”dir.

    Asar haqida

    “Ko‘rlik” 1998-yilda Nobel mukofotiga sazovor bo‘lgan portugaliyalik mashhur yozuvchi Xose Saramagoning ijod mahsulidir. Roman 1995-yilda yozilgan bo‘lib, yozuvchi Nobel olishida eng katta hissasi bo‘lgan asari hisoblanadi. Asarda voqealar bo‘lib o‘tgan makon va qahramonlar umuman nomga ega emas. Yozuvchi romanda ko‘rlashish holatiga metaforik yondashgan holda o‘z qarashlarini voqealar rivojiga mukammal singdirib, o‘quvchini larzaga soladigan darajada ta’sirli qilib yetkazib bera olgan. Insonlarning moddiy ko‘rlikdan farqli ma’naviy ko‘rlikda yashashini ko‘rsatib berishga harakat qilgan.

    Sujet

    Nomsiz mamlakatning nomsiz shahri yo‘llaridan birida yashil chiroq yonishini kutib turgan yo‘lovchi chiroq yonsa ham harakatlanmaydi. Avtomobil o‘rta yo‘lda to‘xtab qolishidan g‘azablangan boshqa haydovchilar va atrofdagilar avtomobilga yaqinlashganlarida haydovchi hayajon va qo‘rquv ichida to‘satdan ko‘r bo‘lib qolganini, ko‘z oldi oppoq sutdek oqarib, hech narsani ko‘rolmay qolganini aytadi.

    Foto: Google Photos

    Ko‘zi ko‘rmay qolgan kishini uyiga “yaxshi niyatli” bir inson oborib qo‘yadi va qaytayotib avtomobilini o‘g‘irlab ketadi. Xotinini ko‘r bo‘lib qolganiga zo‘rg‘a ishontirgan odam eng yaqin ko‘z shifokori qabuliga yo‘l oladi va u yerda qora rangli ko‘zoynak taqqan chiroyli qiz, onasi bilan kelgan g‘ilay bolakay va boshqa kasallarning e’tiroziga qaramasdan doktor tekshiruviga kiradi.

    O‘sha kunning o‘zida avtomobil o‘g‘risi ham yo‘lda ketayotib birdan ko‘r bo‘lib qoladi va uning o‘g‘ri ekanidan xabarsiz uyiga keltirib qo‘ygan militsiya xodimi hamda o‘g‘rining xotini ham birin-ketin ko‘rmay qoladi. Qora ko‘zoynak taqqan chiroyli qiz ham bir mehmonxonada ishqiy munosabat asnosida ko‘rmay qolgan edi. Bemorlarining holatidan xabarsiz uyiga kelgan va rafiqasiga bugun duch kelgan noodatiy holatini hikoya qilgan ko‘z shifokori ham ko‘z nuridan ayrilgach, bu shiddatli epidemiya ekanini taxmin qilib, sog‘liqni saqlash vazirligiga xabar beradi.

    To‘satdan ko‘r bo‘lib qolish shikoyatlari haqida xabarlar kelavergach, vazirlik bu ko‘rlik o‘ta yuqumli epidemiya ekani haqida shoshilinch qaror chiqarib, chora-tadbir ko‘rishni boshlaydi. Vazirlikdagilar ko‘r bo‘lib  qolganlarni bir yerga yig‘ish va boshqalarga yuqmasligi uchun ularni kasallik chorasi aniqlanguncha alohida joyda saqlab turish haqida buyruq chiqaradi. Mamlakatda bunday noodatiy holatlar uchun alohida joy bo‘lmagani sababli bemorlarni saqlab turish uchun kazarma, supermarket binosi va ancha yil oldin ruhiy kasallar shifoxonasi bo‘lgan bino variantlaridan uchinchisini ancha eskirgan, shahardan uzoqroqdagi, hozirda foydalanilmayotgan ruhiy kasallar shifoxonasi binosini tanlashadi.

    Shaharda ko‘rlarni zudlik bilan yig‘ish boshlanadi, bu orada ko‘z doktorining turmush o‘rtog‘i, hali ko‘rayotganiga qaramay, doktorni olib ketish uchun kelganlarga eridan ajralmaslik uchun “Men ham ko‘r bo‘lib qoldim”, deb yolg‘on gapiradi va u bilan birga eski kasalxonaga olib ketiladi.

    Shunday qilib, ko‘rlarning ilk guruhi binoga olib kelingach, bu yerdagi bir guruh harbiylar bemorlarni o‘ta qat’iy va o‘zgarmas qoidalar bilan tanishtiradi. Harbiylar ko‘rlarga hech qanday dori-darmon berilmasligini, bemorlar sog‘lig‘i bilan yuz beradigan har qanday jiddiy holatlardan qat’i nazar ichkariga qadam bosmasliklarini, faqat ehtiyojga ko‘ra oziq-ovqat berilishini, kimdir o‘lib qolsa, dini va e’tiqodiga e’tibor bermasdan bino devori ostiga ko‘rlarning o‘zlari tomonidan ko‘milishi shartligini, kimdir binodan tashqariga chiqishga harakat qilsa, ayab o‘tirmaslik haqida buyruq olganini aytib o‘tadi.

    Ko‘z doktori, uning hanuz ko‘rayotgan rafiqasi, qora ko‘zoynakli qiz, g‘ilay bolakay, mashina o‘g‘irlagan o‘g‘ri va birinchi ko‘r bo‘lib qolgan kishilardan iborat ilk guruh insoniy ehtiyojlarga umuman yaroqsiz bu binoga joylashadi. Doktorning rafiqasi birinchi kuniyoq qora ko‘zoynakli qizga yoqimli ovozi va undan kelayotgan xushbo‘y hid sababli mashina o‘g‘risining shilqimlik qilmoqchi bo‘lganiga guvoh bo‘ladi. Qora ko‘zoynakli qiz esa poshnali oyoq kiyimi bilan yigitni oyog‘idan jarohatlaydi. Mashina o‘g‘risi oyog‘idan olgan jarohatga infeksiya tushadi va ahvoli soat sayin jiddiylashib, og‘riqqa chidolmaydi. Titroq va og‘riqdan yigit sudrala-sudrala tashqariga harakatlana boshlaydi. Ichkaridan kimdir ular tomonga harakatlanayotganini ko‘rgan harbiylar uni ogohlantiradi, lekin yigit to‘xtamaydi. Harbiylar uni otib tashlaydi. Ko‘rlar o‘shandayoq bu yer ularni qutqarish joyi emas, birin-ketin o‘ldirib, ko‘mib yuborish uchun qabriston ekanini tushunib yetadi. O‘likni bino hovlisiga ko‘mishadi.

    Shaharda ko‘rlar soni tobora ortib, binoga avtobuslar to‘la yangi guruhlar keltiriladi. Ko‘z doktorining rafiqasi ko‘rayotgani sababli barchaga yordam berishga va tartib saqlashga urinadi. Lekin yangi kelayotganlar guruhi hech qanday tartibni tan olishni xohlamaydi. Binoda guruhlar joylashgan xonalar, koridorlar inson ko‘zi qarab chiday olmaydigan ahvolga keladi. Ko‘rlar baribir hech kim ko‘rmaydi degan o‘y bilan xohlagan joyga hojatini chiqaradi, bu iflosliklar ichida xohlagan holatda jinsiy aloqaga kirishib yotadi. Bularning barchasi doktor rafiqasining ko‘z oldida ro‘y beradi.

    Ko‘rlar orasida oziq-ovqat uchun talash boshlanadi. Yangi kelgan, hech qanday tartibga bo‘ysunishni istamagan va faqat bezorilardan iborat bir guruhda qurol bor edi; ular boshqa ko‘rlarni qurol yordamida qo‘rqitib, oziq-ovqatni o‘ziga oladi. Boshqa ko‘rlardan o‘zlari bilan olib kelgan butun qimmatbaho buyumlarini yig‘ishni talab qilib, buning evaziga ovqat berilishini aytishadi. Ko‘rlar barcha buyumlarini yig‘ib, evaziga oziq-ovqat oladi. Yig‘iladigan buyumlar qolmagach, jirkanch ko‘rlar guruhi endi oziq-ovqat evaziga jinsiy ehtiyojlarini qondirish maqsadida boshqa guruhlardagi ayollarni talab qiladi. Ochdan o‘lmaslik uchun, qanchalik og‘ir bo‘lmasin, ko‘rlar bu talabni ham qabul qilishga majbur bo‘ladi. Ayollar qo‘lma-qo‘l bo‘lib, qattiq tahqirlanadi, evaziga esa oziq-ovqat olib, qorin to‘ydiriladi.

    Keyingi safar ham ovqat evaziga yana shu talab qo‘yiladi. Bu safar ko‘z doktorining rafiqasi razillikka chiday olmaydi, qaychi yordamida bezorilar guruhining razil rahbarini o‘ldiradi. Shundan so‘ng ko‘tarilgan janjal ortidan binoda yong‘in chiqadi va natijada ko‘rlar bir amallab eski binodan chiqishga muvaffaq bo‘ladi. Nihoyat qutuldik deb o‘ylaganlari va talpinganlari tashqi dunyo dahshati yashaganlari o‘sha eski ruhiy kasalxona dahshatidan qolishmas edi. Bu dahshatga to‘la manzarani faqatgina ko‘z doktorining rafiqasigina ko‘ra olardi. Ko‘rlik hammaga yuqqan, ko‘chalarda yemish qidirgan och ko‘rlar, och itlar sang‘ib yurardi. Suvsiz, elektrsiz zulmatga to‘lgan ko‘r dunyo o‘z falokati ichra yo‘qlikka yuz tutgan edi.

    Ko‘z doktori va uning hali-hanuz ko‘rayotgan rafiqasi bilan birga chiqqan ko‘rlar guruhi shaharning dahshatli manzaralarini tasavvurlarida jonlantirgach, bu ko‘rgulikda yolg‘iz qolish o‘limga mahkumlik ekanini, birga harakat qilishsagina tirik qolishlari mumkinligini anglab yetadi.

    Oxirgi bo‘limda bir guruh ko‘rlar birgalikda doktorning rafiqasi yordamida ularning uyini topib, o‘sha yerda ma’lum tartibda yashay boshlaydi. Asar so‘ngida epidemiya tugab, hamma ko‘ra boshlaydi va doktorning rafiqasi anchadan buyon kutib yurgan ko‘rlikka endi yo‘liqqanini his qiladi.

    Tahlil

    Xose Saramago insonni o‘rganishga uringan. Yozuvchi “Ko‘rlik” romanida yolg‘onlarsiz qip-yalang‘och haqiqat barcha-barchani bezovta qilishini va insoniyat o‘sha haqiqatga tik qaray olishini xohlagan. Asarni tahlil qilayotib, voqealarni har qanday ilohiylikka bog‘lash yoki tasodifan yuz bergan falokatga taqdiri azal deb qarash, mening fikrimcha, Saramago ijodiga qilingan xiyonatdir. Chunki Saramago dunyosida har narsaning yaratuvchisi va har qanday oqibatning sababchisi, hirslari, ikkiyuzlamachiligi, xiyonati, vahshiyligi va kerakli yo keraksiz o‘rinda ilgari surilgan himmati bilan taqdirning yagona boshqaruvchisi faqatgina insondir.

    Xose Saramago.

    Xose Saramago.
    Foto: Wikipedia

    Yozuvchi romanda an’anaviylikdan qochadi va bezak-jimjimalardan, mukammal badiiy jumlalardan, murakkab xarakterlardan xoli yetuk asar yarata olgan. Inson har narsa qilishga qodirligini va buning isboti uchun shunchaki misol keltirmayotganini asardagi fikrlari bilan bot-bot himoya qiladi va mavzuni chuqur olib, tasavvuridagi holatni o‘quvchiga qabul qildirishga harakat qiladi, hatto buni mohirona uddalaydi ham.

    Bu ko‘rlik odatiy ko‘rlikdan farqli. Odatiy ko‘rlikda dunyo zulmatga aylansa, bu ko‘rlikda odam sut dengiziga cho‘kib ketganday hammayoqni oppoq ko‘rayotganidan shikoyat qiladi.

    Ko‘rlar eski binoga olib ketila boshlagach, ko‘rayotganiga qaramay, doktorning rafiqasi ham eri bilan birga ketadi. Asarning mana shu o‘rnidan matonatiga haykal qo‘yilgan kuchli xarakterga ega ayol obrazi ko‘z oldingizda gavdalanadi. Romanda ismi aytilmasdan, doktorning rafiqasi deb ketilgan bu ayol chinakam iroda va matonat sohibasidir.

    Inson mast holda o‘zining har qanday nazokatlardan xoli yuzini namoyon qilsa, ko‘r bo‘lganda va ayniqsa boshqalar ko‘r ekanini anglaganda ham xuddi mana shu nazokatsiz yuzlarini namoyon etadi. Ko‘zlari ko‘rmayotgani uchun shundoq ham suvi bo‘lmagan hojatxonaga borib o‘tirmasdan xohlagan yerga hojatini chiqarishni boshlaydi. Ko‘r bo‘lganlari sababli vaqtning hisobini ham qilolmay qolishadi, natijada uxlash tartiblari ham o‘zgarib ketadi. Avval oziq-ovqat muammosi, keyinchalik gigiyenik muammolar insonlarni insoniylik chegarasidan uloqtirib tashlaydi. Ruhiy kasalxona zamini siydik, axlat va bulardan tarqagan hidga chidolmaganlarning qusuqlari, xo‘rlanish yoki oziqa talashishdan to‘kilgan qonlar bilan qoplanib ketadi. Doktorning rafiqasi bir-biridan hirslangan ko‘rlar nima bo‘lganda ham hech kim ko‘rmaydi degan o‘y bilan xohlagan joylarida ovoz chiqarmasdan jinsiy aloqaga kirishib yotganiga guvoh bo‘ladi. Ayolning ko‘zi ko‘rsa-da, bu yerga kelish sababi chorasiz qolgan hayot yo‘ldoshiga qanchalar sadoqatli ekanini anglatsa, rafiqasi chiqib ketgan vaqtda ko‘z doktori qora ko‘zoynakli qizni to‘shagiga qabul qilib, u bilan bo‘lganini o‘qigan oningizda hamma narsa ostin-ustin bo‘lib ketganday, barcha bo‘layotganlarga shu yerda nuqta qo‘yish shartday tuyuladi. Davom etishga ma’nan madoringiz qolmaydi. Ammo yo‘q... Yozuvchi bizga bizni tanitishdan, o‘zimizga oyna tutishdan to‘xtamaydi. Bo‘lganlarning barchasini o‘z ko‘zi bilan ko‘rgan doktorning rafiqasi chidolmasdan hamma kabi ko‘r bo‘lib qolishni juda xohlaydi, shu bilan birga ko‘ra olishini boshqa ko‘rlarga sezdirmaslik uchun qo‘lidan kelgancha tirishadi. Uning ko‘zlari ko‘ra olishini faqat turmush o‘rtog‘igina biladi, xolos.

    Avval doktor va uning rafiqasi ko‘rlarni intizomga chorlagan bo‘lsa, bora-bora vaziyat og‘irlashib, tap tortmasdan inson o‘ldirish darajasiga keladi.

    Bu o‘rinda Uilyam Goldingning “Pashshalar hukmdori” asarini eslashni joiz deb bildim. Goldingga ko‘ra, inson – yaratuvchisi ham, ijro etuvchisi ham o‘zi bo‘lgan qonunlar unga ta’sir qilmaslini bilsa, fitratidagi yiqitib-yoquvchi taraflarini o‘rtaga chiqaradi. “Ko‘rlik”dagi voqealar ham shu kabi tus olib, doktorning xotini ko‘rlarga tajovuz qilgan guruh boshlig‘ini qaychi yordamida o‘ldiradi. Saramago axloq, tanlov erkinligi va inson nimalar qilishga qodirligini jasorat bilan so‘roq qiladi. Inson degan yaratiqni na butunlay yomon, na butunlay yaxshi deyish xato bo‘lishini uqtiradi. Yozuvchi doktorning rafiqasi tilidan shunday yozadi: “Bir insonni o‘ldirdim, bu qo‘limdan kelishini hech qachon xayolimga ham keltirmaganman. Ammo bundan keyin tag‘in inson o‘ldira olamanmi, yo‘qmi, buni bilmayman”.

    Kasallik boshlanganda vazirlik tomonidan xalqqa yetkazilgan “...hukumatimiz vaziyatni tahlil qilib, chora-tadbirlar qo‘llaydi. O‘z vazifasi deb bilgan narsani, ya’ni xalqni himoya qilishning bu usulini qo‘llashga majbur bo‘lganimizdan mamnun emasmiz. Biz yengib o‘tgan inqiroz davri...” kabi nutqlar dunyoning har uch  davlatidan biridagi diktatorlikka xos va mosdir.

    “Nima uchun ko‘r bo‘ldik, keyinchalik ko‘r bo‘ldik deb o‘ylamayman, biz aslida ko‘r edik. Qarasak-da, hech narsani ko‘rmagan ko‘rlar”, kabi so‘zlar bilan roman yakunlanadi, xuddi boshqa zamon va makondagi nazar tashlasa-da ko‘rmaydigan ko‘rlarga ishora qilganday.

    Yozuvchi haq. Biz qarab turib ko‘rmaydigan ko‘rlarmiz. Begunoh qizlar o‘zga yurtlarda qotillik qurboni bo‘ladi, haqni talab qilgan jonkuyarlar ruhiy kasal deb topiladi, biz esa ko‘rib turib ko‘rmaymiz. Ko‘rmiz...

    Xulosa

    “Ko‘rlik”ning har bir bo‘limi Saramago romanchilikda o‘ziga xos me’mor ekanini ko‘rsatib beradi. Ba’zi kitoblarni vaqtimizni mazmunli o‘tkazish uchun o‘qiymiz, ba’zilari esa aql va ruhimizga yoziladi, hayotga bo‘lgan qarashlarimizga ta’sir qiladi, hatto o‘zgartiradi. “Ko‘rlik” ham qarashlarimizni o‘zgartiradigan darajada unutilmas asar. O‘qiyotganingizda balki ruhingiz toliqar, ammo albatta o‘qishingiz kerak bo‘lgan romandir.

    Iqtiboslar

    Ko‘z balki inson organizmidagi ruh mujassamlashgan yagona organdir;

    Biz allaqachon yarim o‘lik insonlarmiz, dedi. Yo‘q, biz yarim jonli insonlarmiz, deya e’tiroz bildirdi doktorning rafiqasi;

    Tuyg‘ularingni ifodalaydigan so‘zlarni qo‘llamaslik aslida sekin-asta ko‘rlashish deganidir;

    Ko‘rlar mamlakatida bir ko‘zlilar qirol bo‘ladi;

    Hech narsa demasang, seni yana-da yaxshiroq tushunaman. So‘zlarning ahamiyati qolmagan onlar ham bor;

    Tartib va intizomga bo‘ysunmasak, boshlig‘imiz ochlik va qo‘rquv bo‘ladi.

    Qiziqarli faktlar

    - 2008-yilda roman asosida braziliyalik rejissor Fernando Meyrellesh tomonidan film suratga olingan;

    - 1991-yilda Saramagoning “Isoga ko‘ra Injil” kitobi nashrdan chiqadi va bundan norozi bo‘lgan katolik cherkovi unga keskin norozilik bildiradi. Portugaliya hukumati Saramagoga Yevropadagi adabiyot tanlovlarida nomzodini qo‘yishni taqiqlaydi;

    - 1998-yilda Xose Saramago Nobel mukofotiga sazovor bo‘lgan.

    Muallif fikri tahririyat nuqtai nazaridan farq qilishi mumkin.

    Mavzuga doir:

    “Nihoyat u dengizda hech qachon yolg‘iz qolmasligini tushundi…” “Chol va dengiz” romani haqida

    “Davlat va vatan bitta narsa emas”. “G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q” romani haqida

    Buyuk yozuvchining iqrori. “Iqrornoma” romani haqida

    Odamlar, bo‘rilar va gunohlar. “Qiyomat” romani haqida

    So‘zlar odamga o‘z fikrlarini yashirish uchun beriladi. “Qizil va qora” romani haqida

    Umri sayohatlarda o‘tayotgan avlod qissasi. Olga Tokarchuk nega adabiyot bo‘yicha Nobel mukofotini oldi?

    Shayton bilan kelishuv. Gyotening “Faust”i haqida

    Jamiyat inson ehtiyojlarini qondirmasa, yovvoyi qonunlar ishga tushadi. Uilyam Goldingning “Pashshalar hukmdori” romani haqida

    13.11.2019, 09:26   Izoh (0)   38808
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    BI Group Toshkent BI Botanika Saroyi turar-joy majmuasini belgilangan muddatdan oldin foydalanishga topshirdi va sifat hamda muddatga sodiqligini tasdiqladi


    TENET: Sodiq Azimov ko‘chasidagi Stellar Residence premium rezidensiyalari galereyasi


    Hyundai Uzbekistan sizni Before Service tadbiriga taklif etadi


    “A.M. Best Company” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytinglarini “Barqaror” prognoz bilan “b”/“bb” darajasida tasdiqladi


    M-Clinic’da UZD bo‘yicha yetakchi mutaxassislar ishtirokida birinchi telemeditsina maslahati o‘tkazildi 


    Silk Avia kattalarsiz sayohat qilayotgan bolalarga hamrohlik qilish xizmatini taklif etadi 


    O‘zbekistonda token chiqarish bo‘yicha pilot loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan


    Biznesni rivojlantirish banki Londonda kelishuvlarga erishdi


    Toshkent mineral suvi: Iskandar Zulqarnayndan hozirgi kungacha


    Nega aynan bugun farzandingizga sarmoya kiritish muhim ahamiyatga ega?


    “Otang bozor, onang bozor”, qurilish do‘koni ochmoqchi bo‘lsang, Tashkent INDEX’ga bor


    Central Asian University ta’lim va tibbiyot yangi ekotizimiga 350 million dollarlik sarmoya kiritmoqda


    Jahon banki O‘zbekistonda elektr taʼminotini yaxshilash uchun 100 mln dollar ajratdi


    Uzbekistan Airways Islomobodga parvozlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    “Trastbank”dan kichik biznes egalari uchun 500 mln so‘mgacha kredit!

     

    Tavsiya etamiz

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30

    Si va Putin tandemi: Rossiya va Xitoyning “chegarasiz do‘stligi” Markaziy Osiyodagi muvozanatga qanday ta’sir qiladi?

    12 may, 19:00

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Rossiya Ukrainaga rekord miqdorda dron uchirdi

    Dunyo | 18 may, 18:23

    IFFHS: Barcha davrlarning eng zo‘r 10 nafar futbolchisi nomi ma’lum bo‘ldi (top-10)

    Sport | 18 may, 18:10

    Jeff Bezosning qallig‘i Parijda dabdabali qiz bazmini o‘tkazdi

    Layfstayl | 18 may, 17:55

    Xitoy kompaniyasi Surxondaryoda avtomobil zavodi qurishni taklif qildi

    O‘zbekiston | 18 may, 17:25

    “Manchester Siti” ikkita futbolchi uchun salkam 185 mln yevro sarflashga tayyor

    Sport | 18 may, 16:56
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.