3-noyarda model Kendall Jenner 24-yoshni qarshiladi. Tug‘ilgan kun sohibasining hayoti va karyerasiga oid qiziqarli fakt va ijtimoiy tarmoqdagi eng ko‘p like yiqqan fotolar bilan bo‘lishamiz.
1. Kendall Jenner 1995-yil 3-noyabrda, Los-Anjelosda tug‘ilgan. Otasi sobiq Olimpiya chempioni Bryus Jenner, onasi Kris Jenner.
2. Kendallning moda olamidagi debyuti 14 yoshida bo‘lgan va u Forever 21 brendi reklamasi uchun suratga tushgan. Erta mashhurlikka erishgan model bugunga qadar Givenchy, Marc Jacobs, Balmain, Chanel, Versace, Celvin Clein, Valentino va boshqa taniqli brendlar bilan hamkorlikda ishlagan.
3. Hozirda uning Instagram sahifasida 117 million kuzatuvchi bor. Bundan tashqari, Kendall Forbes nashrining 2018-yilda eng katta haq to‘lanadigan modellar reytingida yetakchilik qilgan. Ma’lumotga ko‘ra, unga 1 yil ichida 22,5 million dollar to‘langan.
4. Kendallning bo‘yi 1,78 sm va u oila a’zolari orasida eng novchasi. Bo‘yi va qaddi-qomatining idealligidan yaqinlari uni “podium uchun dunyoga kelgan” deyishadi.
5. Nozik did sohibasining yoshligida qizlardan ko‘ra o‘g‘il bolalar bilan yaxshi chiqishgani va o‘g‘il bolacha uslubda kiyinganiga ishonish qiyin bo‘lsa-da bu ayni haqiqat. Hozir esa model go‘zallik va did borasida opalari tanlovidan ilhomlanishini ta’kidlaydi.
6. Kendall nafaqat tashqi ko‘rinishi balki, ezgu amallari bilan ham muxlislar hurmatiga sazovor. U xayriyalarda faol qatnashadi. Xususan, bolalar shifoxonasi uchun o‘tkaziladigan loyihalarda ishtirok etishni kanda qilmaydi.
7. Odri Xepbyorn modelning sevimli aktrisasi. U Odri ishtirokidagi filmlarni tomosha qilishni yaxshi ko‘radi va imkon bo‘lsa aktrisa rolini bajonidil o‘ynaydi. 2019-yilda Tiffany brendining yuzi bo‘lishga bergan roziligini ham Odri ishtirokidagi “Tiffanyda nonushta” filmi sabab deb biladi.
8. Kendall faoliyati davomida turli safarlar ko‘p bo‘lishiga qaramay, samolyotda uchishdan qo‘rqadi va aeroportga borishi bilan vahimaga tusha boshlaydi.
9. U o‘zini xursand qilishni, kayfiyatini ko‘tarish uchun sovg‘alar xarid qilishni xush ko‘radi. Ayniqsa, brilliantlarni yaxshi ko‘radi va uni qizlarning eng yaxshi do‘sti deb hisoblaydi.
10. Uning klassik mashinalar kolleksiyasi bor. Kolleksiyadan Eldorado Biarritz mashinasi ham o‘rin olgan. Shuningdek, model Instagram sahifasida Lamborghini, Ferrari, Range Rover, Rolls-Royce avtomashinalari bilan birga tushgan suratlarini ham bo‘lishib boradi.
11. Kendall yoga bilan shug‘ullanadi. U nafaqat jismonan tetik balki, tashqi va ichki garmonyada bo‘lish, o‘ziga bo‘lgan ishonch yuqori bo‘lishi uchun ham sog‘liqqa e‘tiborli bo‘lish kerak, deb hisoblaydi.
12. U nafaqat suratga tushishni balki suratga olishni ham yaxshi ko‘radi.
Izoh (0)