Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qo‘rg‘ontepa tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, yakka tartibdagi tadbirkor T.X. imtiyozli kredit olish maqsadida noqonuniy ishga qo‘l o‘rdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, tadbirkor tuman xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan berilishi lozim bo‘lgan tavsiyanomani qalbakilashtirib, ushbu tavsiyanomani “Xalq banki”ning Qo‘rg‘ontepa filialiga taqdim etib, 200 million so‘m imtiyozli kredit olishga erishgani aniqlangan.
Mavzuga doir: Toshkentda 30 ming dollar evaziga bankdan 1,3 mln yevro kredit olib berishni va’da qilgan shaxs ushlandi
Avvalroq, Toshkentda “Ipotekabank”ning hududiy filiallaridan birining mansabdor shaxslariga pora berish orqali tanishiga katta miqdorda kredit olishga yordam berish uchun 30 ming dollar talab qilgan shaxs qo‘lga olingani haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)