Surxondaryo viloyati IIB Xavfsiz turizmni taminlash boshqarmasi xodimlari tomonidan 1-noyabr kuni Denov tumanida olib borilgan tezkor tadbir davomida 8 ming dollarlik giyohvandlik vositasi savdosiga chek qo‘yildi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar berdi.
Denov tumanida yashovchi, muqaddam sudlangan fuqaro N. hududida sof og‘irligi 732.49 gramm bo‘lgan 200 dona gugurt qutiga joylangan “Marixuana” giyoxvandlik moddasini 8 ming dollarga sotayotgan vaqtida qo‘lga olingan.
Tezkor tadbir davom ettirilib, N.ning uyi ko‘zdan kechirilganida uning uyidagi shkafidan 3,34 gr “Marixuana” giyohvandlik moddasi oligan.
Olib borilgan dastlabki surishtiruv ishlari natijasida fuqaro N. ushbu giyohvandlik moddasini Denov tumani Kuyovsuv mahallasida yashovchi fuqaro A.dan olganligi ma’lum bo‘lgan.
Shundan so‘ng, fuqaro A.ning yashash xonadoni ko‘zdan kechirilganida, uning uyidan 194,09 gr “Marixuana” giyohvandlik moddasi borligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Denov tumani ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi Tergov bo‘limi tomonidan fuqaro N. va A.larga nisbatan Jinoyat kodeksining 273-moddasi (Giyovandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazish) va 25-moddalari (Jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish va jinoyat sodir etishga suiqasd qilish)ning tegishli qismlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)