• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Suriya yahudiylari Putin himoyasi ostida. Berlin devorining qulashi odamlarning hayotini yaxshilamadi. Jahon matbuoti sharhi

    “Daryo” o‘tayotgan haftada dunyo matbuotida keng yoritilgan, ko‘pchilikning qiziqishiga sabab bo‘lgan maqolalar sharhiga to‘xtalib o‘tadi.

    Putin Suriya yahudiylari himoyachisimi?

    Suriya yahudiylari Rossiya diniy diplomatiyasining tarkibiy qismi bo‘lib, AQSh qo‘shinlarini masofada ushlab turish va Amerika xristian-yevangelistlarni tinchlantirish maqsadiga xizmat qiladi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Vladimir Putin chorshanba kuni hamkasbi Vengriya hukumati rahbari Viktor Orban bilan birgalikda o‘tkazgan matbuot konferensiyasida Rossiya Suriya yahudiylari jamoasi bilan yaqin munosabatda ekanini va hatto ularga sinagogalarni tiklashda yordam berayotganini oshkor qildi, deb yozadi Isroilda chop etiladigan Haaretz nashri.

    Putin tafsilotlarga to‘xtalar ekan, yahudiy jamoasi a’zolari soni qanchaligi, rus hukumati ularga qanday yordam berayotgani, bundan Isroil hukumatining xabari bormi yo‘qmi – bu borada gapirmadi.

    Basharti Rossiya chindan-da yordam berayotgan bo‘lsa, buni Suriya hukumati bilan kelishuvga ko‘ra amalga oshirayotgani aniq.

    Hozirda Suriyada qancha yahudiy istiqomat qilishi borasida aniq ma’lumotlar mavjud emas. Suriya qonunchiligiga muvofiq aholining etnik tarkibi haqidagi ma’lumotlar ochiqlanmaydi. Ularning ahvoli haqidagi ma’lumotlar haqida ham ma’lumotlar sir saqlanadi.

    Ommaviy axborot vositalari bir necha o‘n yahudiy sinagogalari vayron qilingani, hukumat tomonidan musodara etilgani yoki isyonchi guruhlar qo‘l ostiga o‘tgani haqida ma’lumotlar tarqatgan.

    Bu ma’lumotlarga ko‘ra, Suriya yahudiylarida ko‘chmas mulk, millionlab dollarlik villalar va do‘konlar bo’lgan. Bu mulklarning aksari hukumat tomonidan musodara etilgan yoki sotilgan.

    Isroil rasmiy vakillari Suriya yahudiylari jamoasi bilan aloqada bo‘lib turishi haqida xabar qilingan. Ular Tavrotning qadimgi qo‘lyozmalarini  qo‘lga kiritmoqchi bo‘lgan, ammo yahudiy jamoasi oqsollari bunga rozilik bermagan. Facebook ijtimoiy tarmog‘ida o‘z sahifasiga ega bo‘lgan Samuel Simonning ma’lumotiga ko‘ra, yahudiy jamoasi Bashar Asad hokimiyatini qo‘llab-quvvatlaydi va Isroilga qarshi kayfiyatda.

    Putinning Suriyadagi sinagogalarni qo‘llab-quvvatlashi Rossiyaning mintaqadagi nomusulmon jamoalariga ko‘rsatayotgan yordami sirasiga kiradi. “Yaqin Sharqdagi nasroniylar og‘ir ahvolda. Ularni ta’qib qilishyapti, o‘ldirishyapti, zo‘rlashyapti va talashyapti”, deb aytgan Budapeshtdagi matbuot konferensiyasida Vladimir Putin. Rossiya ularni himoya qilish choralarini izlayotganini qo‘shimcha qilib, xristian jamoalarining rahbarlarini uchrashuvga taklif qildi.

    Bu Rossiya yetakchisining oliyjanobligidan emas, chunki mamlakatdagi butun urush mobaynida tinch aholi o‘ldirilishi uni unchalik qiziqtirmagan. Ammo nomusulmon aholini himoya qilish diplomatik muzokaralar mobaynida yaxshigina foyda keltirishi mumkin. Suriya aholisining 16 foizini tashkil etuvchi xristianlar Bashar Asad rejimiga xayrixoh va ular qo‘zg‘olonchilarga qo‘shilmagan deb hisoblanadi.

    Moskva AQSh xristian-yevangelistlarni diqqat bilan kuzatmoqda, sababi ular Tramp AQSh harbiylarini Suriyadan olib chiqishini ma’qullamadi va Turkiyaning Suriyaga bostirib kirishini agressiya deb baholadi. Yevangelistlar yetakchilari Trampni Suriyadagi xristian jamoati yo‘q bo‘lib ketishi mumkinligi haqida ogohlantirdi, ayrimlari esa  hattoki buni 1915-yildagi arman genotsidi bilan tenglashtirdi.

    Rossiya ularning bosimi ostida Tramp o‘z fikridan qaytib qolishidan xavfsiraydi. Shu maqsadda Putin xristianlar masalasini kun tartibiga qo‘yib, Tramp tanqiddan qutulishiga yordam bermoqchi.

    AQSh yevangelistlarining erkatoyi Tramp Rossiya yordamiga ko‘z tikishga majbur. Chunki faqat ruslargina Turkiya hamda uning ittifoqchi qo‘shinlarini nomusulmon jamoalariga qarshi xatti-harakatlardan to‘xtatishi mumkin.

    Brexit’da ruslarning qo‘li bormi?

    “Rossiya Brexit atrofidagi g‘ala-g‘ovurlarga aralashgani qay darajada ishonchli yoki ishonchsiz?” degan savolga javob izlaydi The Guardian nashri.

    Foto: AP

    Foto: AP

    Saylov yaqinlashib kelar ekan, Britaniya kun tartibida bundan-da muhimroq masalani topish amrimahol. Gap turli nayranglar ishlatilishida emas, Boris Jonson “Yevropa Ittifoqidan chiqish – xalq irodasi” degan gapni saylovoldi dasturiga aylantirib olganidadir.

    Bosh vazir referendum haqqoniy tarzda – o‘zgalarning ta’siri ostida o‘tkazilayotganiga shubha tug‘dirmasligi kerak. Aks holda Brexit tarafdorlari uni tiriklay g‘ajib tashlaydi. Ustiga-ustak, Brexit Jonsonning yagona ulkan g‘oyasi hamdir. Brexit sodir bo‘lmasa, konservatorlarning Britaniyani isloh qilishdagi buyuk missiyasi qanday ahvolda qoladi? Yoki to‘qqiz yil mobaynida Britaniyani boshqargan partiya mamlakat iqtisodiyotiga yetkazgan zararini kim qoplaydi, degan masala asosiy bo‘lib qoladi. Jeremi Korbin hukumat tepasiga kelishi konservatorlar uchun dahshatli kinoning o‘zi. Brexit’siz jar yoqasiga kelib qolamiz, deb o‘ylaydi ular.

    Shunday qaltis vaziyatda Dauning-stritdagi 10-xona mamlakat Brexit’ga qanday yetib kelgani borasidagi ma’ruzani ochiqlashni istamayapti.

    Bu ma’ruzadan chiqarilgan xulosani hech kim o‘qiy olmas ekan, xavfsizlik va razvedka qo‘mitasi xulosalari qanday, unda xavotirlanishga sabab bo‘ladigan jihatlar bormi yoki yo‘qmi, hech kim bila olmaydi. Shunday bo‘lsa-da, mustaqil deputat, sobiq konservator va qo‘mita raisi Dominik Griv saylovchilar bu ma’ruza bilan tanishib chiqishi kerak deb bayonot berdi. Yodda tutish lozim, maxsus xizmatlar faoliyatidan xabardor bu qo‘mitaning qoidasi o‘zi haqida hech narsani gapirmaslikdir.

    Bu ishning shubhali jihatlari bisyor. Negaki Brexit tarafdorlarining haddan ziyod ko‘p xarajatlari va mansabidan ketayotgan Jan Klod Yunkerning (Yevropa Ittifoqi raisi) Boris Jonson va uning tarafdorlarini yolg‘on ma’lumot tarqatishda ayblashi ovoz beruvchi britaniyaliklarga ta’sir qildimi, yo‘qmi, bilib bo‘lmaydi. Xavfsizlik va razvedka qo‘mitasi Britaniyani Brexit’ga olib kelgan barcha tafsilotlarga aniqlik kiritib berishi kerak edi.

    Ma’ruza xulosalarini saylov o‘tguncha yashirish xavfli tus olishi mumkin, chunki bu jamiyatning demokratiya bo‘lgan ishonchiga putur yetkazadi. Agar ovoz berish natijalari orasidagi farq katta bo‘lmasa, britaniyaliklar saylov natijalarini tan olmasliklari mumkin. Bu esa Britaniya tarixida ilk marta sodir bo‘ladigan hodisadir. Taomilga ko‘ra, Britaniyada saylovchilar saylovdan keyin xafa bo‘lib, keyin tinchib ketadi. Mag‘lubiyatga uchraganlar buni e’tirof etishi, g‘alaba quchganlar mamlakatni barchaning manfaatlari yo‘lida boshqarishga va’da berishi kerak. Lekin hokimiyatni tinchlik va xotirjamlik bilan topshirish demokratiyaga, saylovchilar soflik va adolatga ishonishiga ham bog‘liq. Davlat bu ishonchni toptashi esa aqlsiz siyosatdan boshqa narsa emas.

    Britaniya saylov qonunchiligi bugun jiddiy o‘zgarishlarga zarurat sezmoqda. Internetdagi kompaniyalar saylov oldidan yolg‘on ma’lumot tarqalishidan cho‘chimoqda. Twitter siyosiy reklamani taqiqlab qo‘ydi, Facebook tarqatilayotgan ma’lumot ortida kimlar turganini aniqlash borasida shaffoflik bo‘lishini talab qilmoqda.

    Vakillar palatasining madaniyat, OAV va sport bo‘yicha qo‘mitasi fevral oyidagi majlislaridan birida dezinformatsiya haqida ma’ruza e’lon qildi va saylov qonunchiligi bugungi kun talabiga mos kelmay qolgani-yu, uni jiddiy isloh qilish borasida bayonot bilan chiqdi. Amalda esa Britaniya parlamentini muddatidan oldin saylovlar kutib turibdi, saylov qonunchiligi bilan shug‘ullanish uchun vaqt topilmayapti. Orada esa ma’ruzani jamoatchilikdan bekitishmoqda, bosh vazir esa o‘zi xizmat qilib erishmagan omonatga orqa qilmoqda.

    Inqilob kimlarga manfaat keltirdi?

    Berlin devori qulashi haqida gapirgan Gelmut Kol o‘sha tarixiy 1989-yilda “Hech kimga oldingidan yomon bo‘lmaydi, ammo ko‘pchilikka ancha yaxshi bo‘ladi”, deb aytgan edi. Uning so‘zlari kommunistik mafkura tizimidan keyin Yevropada iqtisodiy va siyosiy o‘zgarishlarni tezlashtirishga yordam berdi. Oradan o‘ttiz yildan oshiqroq vaqt o‘tdi; Yevropa rahbarlari va’dalariga qay darajada sodiq qoldi, degan savolga javob izlaydi The Project Syndicate nashri.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Yevropaning Praga, Buxarest va Kiyev kabi shaharlariga borsangiz, import iste’mol mahsulotlariga to‘lgan savdo do‘konlari-yu markazlariga ko‘zingiz tushadi. Katta zalli kinoteatrlarda mahalliy shahar yoshlarining Marvel blokbasterlarini tomosha qilish uchun navbatga turganining guvohi bo‘lasiz. Ehtimol, ular yupqa, sensorli iPhone’lariga tikilgancha keyingi ta’tilini Buenos-Ayres, Parij yoki Goada o‘tkazish haqida o‘ylayotgandir. Shaharlar markazida mijozlar arimaydigan qahvaxona va restoranlarga, rastalari to‘la supermarketlarga duch kelasiz. Ular mahalliy elitadan tortib shaharga tashrif buyurgan barcha-barchaga xizmat ko‘rsatadi. Yetishmovchilik, talon tizimini ko‘rgan kommustik o‘tmishdan farq qilib, bugungi Sharqiy va Markaziy Yevropa uchun yangi imkoniyatlarning cheki yo‘q.

    Lekin xuddi shu shaharlarning qashshoqlari va pensionerlari eng oddiy qulayliklarga ham arang pul topadi. Keksalar issiqlik, dori-darmon va yegulik orasidan eng zarurini tanlashiga to‘g‘ri keladi. Qishloq joylarda ayrim oilalar xo‘jalik yuritishning eskicha usuliga o‘tib olgan. Yoshlar guruh-guruh bo‘lib, yaxshi hayot ilinjida xorijga ketmoqda. Siyosiy nigilizm, iqtisodiy qiyinchiliklar jamiyatda ishonchsizlik o‘sishiga, avtoritar o‘tmish barqarorligi va xavfsizligini eslashga, sog‘inishga olib kelmoqda. Populist siyosiy rahnamolar esa jamiyatning tushkun ahvoldagi aholi qatlamidan foydalanib qolishga urinmoqda.

    Ikki dunyo yonma-yon yashab kelmoqda. Keyingi 30 yillik davr Markaziy va Sharqiy Yevropa hamda Markaziy Osiyodagi ozchilik uchungina ijobiy o‘zgarishlar olib kelgan bo‘lsa-da, bu sobiq kommunistik mamlakatlar aholisining katta qismi uchun ulkan iqtisodiy falokatlarni ham keltirdi.

    1990-yillardayoq mutaxassilar bu mamlakatlarda retsessiya bo‘lishi mumkinligini yaxshi bilar edi. Lekin ular retsessiya bu qadar vayronkor bo‘lishi mumkinligini tasavvur ham qila olmas edi. AQSh qishloq xo‘jaligi vazirligi, Jahon banki hamda Yevropa taraqqiyot va tiklanish banki ma’lumotiga ko‘ra, Markaziy va Sharqiy Yevropa hamda Markaziy Osiyo davlatlaridagi inqirozni AQShda kechgan 1929-yildagi Buyuk inqiroz ko‘lami bilan tenglashtirish mumkin.

    Postkommunistik mamlakatlardagi iqtisodiy falokat millionlab muddatidan oldingi o‘lim, ommaviy emigratsiya va kommunistik davrda bo‘lmagan ijtimoiy kasalliklar, xususan, uyushgan jinoyatchilik ko‘lamining o‘sishi, oshib boruvchi tengsizlikka olib keldi. Ko‘plab post kommunistik mamlakatlarda yalpi ichki mahsulotning umumiy raqamlari daromad qarama-qarshiligi o‘sayotganini yashirib kelmoqda.

    Bu mamlakatlarda aholi soni o‘limning keskin ko‘paygani va emigratsiyaga ketayotganlar hisobiga keskin kamayib bormoqda.

    G‘arb va Sharqdagi liberal elita sovuq urush tinchlik bilan nihoyasiga yetganini nishonlab, keyingi 30 yilda yuz bergan yutuqlardan quvonmoqda. Biroq ko‘pchilik kapitalizm kirib kelganidan foyda ko‘rmaganini ham unutmaslik lozim. Ijtimoiy so‘rovlar jamiyatda ishonch darajasi pasayib borayotgani, davlat idoralariga ishonchsizlik ortayotgani va daromad notengligidan norozilik o‘sib borayotganini ko‘rsatmoqda.

    Bularning barchasi keyingi o‘n yillar mobaynida siyosiy va iqtisodiy hayotga ta’sir ko‘rsatib boraveradi.

    Berlin devori qulaganidan keyingi 30 yil Gelmut Kol aytganlarining teskarisini isbotladi: ko‘pchilik uchun hayot ilgarigidan yomonlashdi, ozchilik uchun yaxshilandi. Farovonlik hamma uchun yetarli bo‘lmagunicha 1989-yil boshlangan inqilob nihoyasiga yetmagan bo‘lib qolaveradi.

    Jahongir Ergashev tayyorladi.

    09.11.2019, 19:17   Izoh (0)   57067
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Chilida namoyishchilar poytaxt Santyagodagi universitetga o‘t qo‘ydi (video)

    09.11.2019, 19:10

    Boliviya prezidenti mamlakatda davlat to‘ntarishiga urinish haqida ma’lum qildi

    09.11.2019, 16:31

    Germaniya Berlin devori qulaganining 30 yilligini nishonlamoqda

    09.11.2019, 15:32

    Kreml yaqinidagi ko‘prikka siyosiy mahbuslar ozod etilishi talab qilingan banner osib qo‘yildi

    09.11.2019, 14:17

    Pushkin nomidagi rus tili instituti 2019-yil so‘zlarini e’lon qildi

    09.11.2019, 10:58

    Tojikiston chegara postiga uyushtirilgan hujumning yangi tafsilotlari ma’lum bo‘ldi

    09.11.2019, 10:16
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    Uklonda taksi haydovchilari uchun katta tadbir o‘tkazildi!


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    Siberian Wellness — O‘zbekistonda 15 yil


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    Mobiuz “MazzaFest”da yangi “Mazza” va “Mazza 2.0” tarif rejalarini taqdim etadi


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    Moliyaviy savodxonlik maktab ostonasidan boshlanadi


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy

     

    Tavsiya etamiz

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Fazoviy poyganing boshlanishi — Gagarinning parvozi yolg‘on bo‘lganmi?

    6 may, 18:00
    Audio Icon

    “Qurolli qushchalar”. O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan dronlar haqida

    5 may, 21:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Anchelotti “Real” boshqaruvini qachon tark etishi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 9 may, 23:38

    Superliga. “Dinamo” “Surxon”ni mag‘lub etib, turnir jadvalida kuchli uchlikka kirib oldi

    Sport | 9 may, 22:35

    AQSH byudjeti taqchilligi yil boshidan beri 196 mlrd dollarga ko‘paydi

    Dunyo | 9 may, 22:05

    Fransiyada ikki general hokimiyatni tanqid qilgani uchun ishdan olindi

    Dunyo | 9 may, 21:35

    “Liverpul” “Real”ning qaroridan norozi bo‘ldi

    Sport | 9 may, 21:12

    NATO Kiyevga tinchlik shartnomasining bir qismi sifatida a’zolikni va’da qilmaganini bildirdi

    Dunyo | 9 may, 20:35

    Superliga. Vodiy derbisida “Neftchi” ustun keldi

    Sport | 9 may, 20:21
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.