• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12831.81
    • RUB163.75
    • EUR14606.45
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login

    “Aravakashlik qilib, qizimni ToshMIda o‘qitdim”. Aravakash amaki hikoyasi

    “Daryo” ijtimoiy hayotda o‘z o‘rniga ega, biroq jamoatchilik e’tiboridan ko‘pincha chetda qolayotgan kasb egalari bilan suhbat qilmoqda. “Soyadagi odamlar” loyihasining bu galgi qahramoni yetti yildan buyon aravakashlik qilib kelayotgan kishi

     Bahodir To‘rayev 50 yoshda. Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanida tug‘ilgan. Uch farzandning otasi. Yetti yildan beri “Ippodrom” (Chilonzor buyum bozori) bozorida aravakashlik qilib, ro‘zg‘or tebratib kelmoqda.

    Kelajakda katta odam bo‘lmoqchi edim...

    Bolaligimda futbol o‘ynash jon-u dilim edi. Kelajakda mashhur futbolchi bo‘laman, deb niyat qilardim. Lekin bu menday oddiy oila farzandi uchun ushalmas orzuday gap edi. Yillar o‘tib, aytganimday orzu orzuligicha qoldi. Maqsadlarim tomon borishga sharoitimiz bo‘lmadi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Dadam maktabda boshlang‘ich sinflarga dars berar edi. Meni ham oliy ma’lumotli bo‘lib, yaxshi joylarda ishlashimni xohlagan. Maktabni bitirib, Irrigatsiya institutiga o‘qishga kirganman. Lekin ikkinchi bosqichdaligimda o‘qituvchimiz bilan tortishib qolganim uchun “otchisleniya” qilishgan. Shundan keyin taqdirga tan berib, qishloqqa qaytdim. Bir muddat do‘konlarda sotuvchilik qildim, fabrikada ishladim. Hayotim davomida pul topish, oila boqish uchun qilmagan ishim qolmadi. Oilamni yetarli darajada ta’minlay olmagach, oxiri Toshkentga kelib, aravakashlik qilishni boshladim.

    Hayotimdan nolimayman

    Mana “Ippodrom”da arava tortayotganimga ham yetti yil bo‘libdi. Oilamdan, farzandlarimdan uzoqdagimni aytmaganda hammasi yaxshi, nolimayman.

    Ish kunim sahar soat 3:00-4:00 dan boshlanib, to bozor yopilguncha davom etadi. Topish-tutishim ko‘ngildagidek. Kuniga 80-100 ming so‘m atrofida daromad qilaman.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Bozorning yozilmagan o‘z qoidalari bor

    Bozorda menga o‘xshagan mingdan ortiq aravakashlar bor. Bu yerdan 18 yoshdan to 60 yoshgacha bo‘lgan hamkasblarimni topish mumkin. Har bir bozorlarning o‘z aravakashlari bor. Hatto aravalar ham shunga mos bo‘yalgan. Masalan, ko‘k rangli arava “Ippodrom”niki, “Abu saxiy”niki sariq, “Bek baraka”niki esa kichikroq yashil rangda. Men esa “Ippodrom”ning aravalarini haydab yuraman.

    Aravakashlarning “stavka”lari

    Tayyor yuklarni joyiga olib borib qo‘yishimiz 5 ming so‘mdan 10 ming so‘mgacha. Agar uzoqdan xaridorlar kelsa, ular bilan aravada 1-2 soatlab birga yurishga to‘g‘ri keladi. Do‘konlardan kerakli narsalarini xarid qilaverishadi. Biz esa  yuklab yuraveramiz. Keyin mashinasini tagigacha yoki Buxoro “stayanka”si deydimi, “Abu saxiy”mi farqi yo‘q. Aytgan joyigacha eltib beramiz. Ko‘p vaqtimiz ketgani uchun narx ham oshadi. Masalan, 15-20 ming bo‘lishi mumkin. Arava kam bo‘lsa, “stavka”miz ham oshadi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Ortiqcha sarf-xarajat qilmayman

    Bozor oldidagi kvartirada ijarada turaman. Sharoiti yaxshi. Kunlik to‘lov 7 ming so‘m. Keyin aravani ijaraga olganim uchun kuniga 22 ming so‘m to‘layman, bo‘ldi. Ortiqcha ovqatlanmayman, umuman, o‘zimga kiyim-kechak olmayman. Bolalarim puldan qiynalib qolmasin, deb ishlagan pullarimni ushlab turmay har o‘n kunda uyga yuboraman.

    Ishimda muammolar bo‘lmaydi

    Tabiatan og‘ir, bosiq odamman. Balki fe’l-atvorim yoki yoshim kattaligi uchunmi, bilmayman, mijozlarim bilan qandaydir kelishmovchiliklar bo‘lmaydi. Hecham sen-menga bormaymiz. Ular yaxshi gapiradi, men ham xo‘p bo‘ladi deb xizmatini chin dildan qilaman. Ortiqcha gap-so‘zga o‘rin yo‘q.

    Ko‘chada ishlaganlarga oson emas

    Ochig‘i aytsam, qulog‘im yaxshi eshitmaydi. Lekin bundan boshqa sog‘lig‘imdan shikoyat qilmayman. Xudoga shukr, kuch-quvvatim joyida. Ishda qattiq charchasam, kechasi yaxshilab uxlab olsam bo‘ldi, yana o‘zimga kelaman.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Kunimiz ko‘chada o‘tgani uchun ob-havo sog‘lig‘imizga ta’sir qiladi. Masalan, odam har qancha issiqqa chidashi mumkin, lekin qishda, qahratonda ishlash qiyin bo‘ladi. Sovqotamiz. Qo‘llarimiz muzlab qoladi. Lekin boshqa ilojimiz yo‘q, issiq kiyinib, yaxshilab ovqatlanib ishlayveramiz.

    Mening borlig‘im — oilam

    Uchta farzandim bor. Ikki qiz bir o‘g‘il. Katta qizimni ToshMIda o‘qitganman. Hozir o‘zimizda ishlaydi. Oilali. O‘rtancham o‘g‘il, do‘konda sotuvchilik qiladi. Kenja qizim esa 16 yoshda. Kelajakda professor bo‘lmoqchi. Uni opasi kabi o‘qitib, oliy ma’lumotli qilmoqchiman.

    Ayolim o‘qituvchi. Maktabda boshlang‘ich ta’limdan dars beradi. Lekin ayolning topgani hech narsa bo‘lmaydi. Oilada erkak kishi ishlab, tirikchilik qilishi kerak.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Qashqadaryo bilan Toshkentning orasida yer bilan osmoncha farq bor. O‘zim oilamning oldida ishlashni xohlayman, lekin ish yo‘q. Mayli aravakashligimni shu yerda qilay, desam ham bo‘lmaydi. U yerda aravakashga ehtiyoj yo‘q. Hamma mashinasida borib, xarajatini qilib qaytadi. Shuning uchun Toshkentga kelib ishlashga majburman.

    Bolalarim, dada bo‘ldi, endi ishlamang, deyishadi lekin men ishlamasam oilani kim boqadi? Kim ularni yedirib ichiradi, kim o‘qishiga pul beradi? Har qancha qiyin bo‘lmasin, ular oyoqqa turib olgunicha, qattiq mehnat qilishga majburman.

    Eng katta niyatim...

    Bolalarim kelajakda o‘qib katta odam bo‘lishini xohlayman. Ulg‘ayganda mendek arava tortib yurishini istamayman. Shuning uchun bor kuchim bilan ishlab, ularni oliy ma’lumotli qilaman. Kattalarini-ku bir amallab o‘qitdim. Uyli-joyli qildim. Endi kichkinasini o‘zi istagan oliygohda o‘qitsam bo‘ldi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Ota-ona qachon xursand bo‘ladi?

    Qachonki bolalari baxtli bo‘lib, hech nimaga zoriqmay yashasa... Shuning uchun mayli o‘zim kiymasam, kiymayman Endi davrimiz o‘tdi. Bizga eski-tuski ham bo‘laveradi. Ammo bolalarim xohlaganini olib, yeb ichsin, kiysin, birovdan kam bo‘lib, o‘ksimasin deyman. Shuning uchun bor pulimni farzandlarimga beraman.

    Mayli, mening qiynalganim bolalarimning rohati. Ularning tani-joni sog‘ bo‘lib, baxtli yurishsa bo‘ldi. Menga bundan ortiq hech narsa kerakmas.

    Xonzodabegim A’zamova suhbatlashdi.

    Avvalgi soyadagi odamlar:

    “Tushimda marhum erim tinmay olovda yonardi”. Gulchi ayol hikoyasi

    “Musorga tashlab yuborilgan 34 million so‘mni topib berganman”. Chiqindi yig‘uvchi amaki hikoyasi

    Modellar boylarga jazman bo‘ladimi? Model qiz hikoyasi

    “Tarozidan urib, odamlarga qurtlagan jigar va go‘sht sotgani uchun qassoblar uzoq yashamaydi”. Qassob yigit hikoyasi

    “Tilanchilar taksida, o‘qituvchilar avtobusda yuradigan zamonda yashayapmiz”. Kirakash yigit hikoyasi

    “Pul topish uchun hammasiga roziman, faqat fohishalikka emas!” Ofitsiantlik qilayotgan O‘zbekiston chempionining hikoyasi

    “Boy o‘lsa o‘lsin, kambag‘al o‘lmasin”. Go‘rkov Yursunali ota Umaraliyev hikoyasi

    “Menga hech narsa kerakmas, shunchaki baxtli bo‘lishni xohlayman”. Mardikorlik qilayotgan qiz hikoyasi

    “O‘zbekiston o‘likxonalarida murdalar sotilmaydi!” Morg xodimining hikoyasi

    “Ofitsiantlar qo‘pol mijozlarning ovqatiga tupurib berishini eshitganman”. Ofitsiant yigit hikoyasi

    “Novvoy bo‘lib ko‘z nurimni yo‘qotyapman”. Novvoy yigit hikoyasi

    08.11.2019, 17:39   Izoh (0)   164736
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Toshkentda xalqaro fintex-hodisa — Visa Cashless Forum 2025 bo‘lib o‘tdi 


    Suv — bebaho neʼmat: Agrobankdan fermerlar uchun yangi metodik to‘plam


    Yangi ufqlar: Centrum Air haftasiga ikki marta Toshkentdan Bishkekka parvozlarni amalga oshiradi


    O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlari Yevropaga yo‘l olmoqda


    Zamonaviy Haval Jolion endi 0% muddatli to‘lov shartida 


     ADM Jizzakh Jizzaxda joylashgan 5-ixtisoslashtirilgan muassasa tarbiyalanuvchilari ehtiyoji uchun avtobus taqdim qildi


    Mobiuz "Mehribon" imtiyozli tarif rejasini taqdim etdi


     Coca-Cola jamg‘armasi va Global atrof-muhit va texnologiyalar jamg‘armasi (GETF) “Aylanma iqtisodiyot kelajagi uchun hamkorlik bitimi (PACT)” ni e’lon qilganligi haqida ma’lum qildi


    Kapitalbank va Visa O‘zbekiston terma jamoasining JCH-2026 saralash o‘yinini BAAda tantanali ravishda ochishdi


    Tenge Bank Tenge24 ilovasida yangi raqamli avtokreditini e’lon qildi


    UCMG Amsterdamda bo‘lib o‘tayotgan Money 20/20 Europe xalqaro fintech ko‘rgazmasida O‘zbekiston nomidan ishtirok etadi


    Sello Ecosystem Farg‘ona, Andijon va Namanganda Sello Summer Fest yorqin festivalini o‘tkazdi


    AVO’dan yangi omonat: yillik 25% gacha — 6 oyda orzuingizni amalga oshiring


    UZTELECOM "Muruvvat" tarifini taqdim etadi: Atigi 25 000 so‘m evaziga g‘amxo‘rlik va e’tibor bilan boyitilgan aloqa


    Navoiy innovatsiyalar universiteti — kelajagingizni kafolatlaydigan zamonaviy ta’lim maskani! 

     

    Tavsiya etamiz

    Chumchuqlarga yem bo‘lgan burgutlar. “O‘rgimchak to‘ri” operatsiyasi Rossiya uchun qanchaga tushadi?

    4 iyun, 18:49
    Audio Icon

    Qurib qolgan ko‘chatlar, millionlar shamolga uchdimi?

    4 iyun, 15:03

    Feldmarshalga almashtirilmagan Stalinning zurriyoti — “dohiy” nega o‘g‘lini urushga yuborgan edi?

    3 iyun, 21:10

    Ko‘zi o‘tkir, qulog‘i sezgir temir qushchalar. Razvedkachi dronlarning “katta akalari”

    3 iyun, 20:40
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Ukraina “O‘rgimchak to‘ri”ga o‘xshash yangi operatsiyalarga tayyorlanmoqda — The Washington Post

    Dunyo | 6 iyun, 19:30

    Germaniya yuzlab migrantlarni mamlakatga kiritmadi

    Dunyo | 6 iyun, 18:50

    Ukrainalik bolalar dam olish va reabilitatsiya uchun Toshkentga keldi (foto)

    O‘zbekiston | 6 iyun, 17:46

    Yaponiyadagi “EXPO-2025” ko‘rgazmasidagi suvda bakteriyalar aniqlandi

    Dunyo | 6 iyun, 16:58

    Isroil uzoq tanaffusdan so‘ng Bayrut hududiga zarba berdi

    Dunyo | 6 iyun, 16:00

    O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zolari va murabbiylarini mukofotlash to‘g‘risidagi prezident farmoni e’lon qilindi

    O‘zbekiston | 6 iyun, 15:25

    Muhabbat va nafrat orasi bir qadam. “Yolg‘onchi” Tramp va “telba” Mask o‘rtasidagi mojaro ijtimoiy tarmoqlarni portlatdi

    Dunyo | 6 iyun, 14:00

    Jahon chempionati yo‘llanmasiga ega chiqqan O‘zbekiston terma jamoasi a’zolariga mashina sovg‘a qilinadi

    Sport | 6 iyun, 13:54
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.