Moliya vazirligi huzuridagi DXSh (davlat xususiy sherikchiligi)ni rivojlantirish agentligi hamda Energetika vazirligi va xalqaro moliya korporatsiyasi vakillari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.
Uchrashuvda dastlabki qiymati 1 milliard АQSh dollari bo‘lgan yangi IES loyihasini tayyorlash bo‘yicha navbatdagi chora-tadbirlar rejasi muhokama etildi.
Ma’lumot uchun, Sirdaryo IES — Sirdaryo viloyatining Shirin shahrida joylashgan. Markaziy Osiyodagi eng yirik elektr stansiyasi hisoblanadi. Umumiy quvvati 3000 Megavatt (o‘nta energo blok 300 MVt)
XMK (Xalqaro moliya korporatsiyasi) bilan dastlabki kelishuvlarga asosan, korporatsiya konsultantlari 14 oy ichida loyihaning texnik-iqtisodiy tahlilini tayyorlaydi. Moliyaviy va yuridik ekspertizasini amalga oshiradi. Tender hujjatlarini tayyorlaydi. DXSh kelishuvlari va tenderni amalga oshirib loyihani quruvchi g‘olib nomini e’lon qiladi.
Energetika vazirligi matbuot xizmatining “Daryo”ga xabar berishicha, ayni paytda xalqaro hujjatlarni tayyolarlash maqsadida XMK (Xalqaro moliya kompaniyasi) bilan ish olib borilmoqda.
Energetika vazirligi manfaatlarini himoya qilish uchun White&Case xalqaro yuridik konsultanti hamda texnik maslahatchi Payry kompaniyasi tanlab olingan. Ushbu tenderda xalqaro moliya korporatsiyasining yuridik konsultanti Hogan Lovells kompaniyasi hisoblanadi.
Izoh (0)