• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12524.89
    • RUB156.54
    • EUR14456.23
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Hokimlar tadbirkorlikka hech qanday to‘siq bo‘lmasligini ta’minlash majburiyatini oldi

    O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 7-noyabr kuni joriy yilda davlat budjetiga tushumlar prognozi ijrosini ta’minlash, tadbirkorlik va kichik biznesni joylarda yanada rivojlantirish uchun qo‘shimcha imkoniyatlarni aniqlash va ishga solish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar samaradorligi hamda bu boradagi dolzarb vazifalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Qayd etilishicha, rivojlangan davlatlarda tadbirkorlik subyektlari umumiy korxonalar sonining 90 foizdan ziyodini tashkil etadi va mehnatga layoqatli aholining 50 foizdan ortig‘ini ish bilan ta’minlaydi.

    Jumladan, Yaponiyada 71,7 foiz, Germaniyada 69,3 foiz, AQShda 53 foiz fuqarolar o‘rta va kichik korxonalarda faoliyat yuritadi. 2018-yilgi holatga ko‘ra, O‘zbekistonda mehnat bilan band aholining 76,3 foizi shu sohada ishlaydi.

    Shu bilan birga, tadbirkorlik subyektlari taraqqiy etgan mamlakatlarning yalpi ichki mahsuloti tarkibida ham salmoqli o‘ringa ega. Xususan, Xitoyda bularning ulushi 60 foizni, Germaniyada — 57 foiz, Singapurda — 53 foiz, AQSh va Buyuk Britaniyada — 52 foiz, Yaponiyada 51,6 foizni tashkil etadi. O‘zbekiston yalpi ichki mahsulotida mazkur soha ulushi 59,4 foizdir.

    Tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash va biznes muhitini yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilayotgan tub islohotlar natijasida, Jahon bankining “Biznes yuritish — 2020” hisobotida O‘zbekiston 7 pog‘onaga ko‘tarilib, 69-o‘rinni egalladi va dunyoning eng yaxshi 20 ta islohotchi davlati qatoridan joy oldi. Yangi korxona ochish qulayligi bo‘yicha O‘zbekiston ilk bor dunyoda sakkizinchi o‘ringa ko‘tarildi.

    Bunday imkoniyatlar natijasida joriy yilning o‘tgan 10 oyida 91 mingta yoki 2018-yilga nisbatan ikki barobar ko‘p yangi tadbirkorlik subyekti tashkil etildi.

    “Biznes yuritish — 2020” hisobotida ko‘rsatilgan kamchiliklarni bartaraf etish, jumladan, yer ajratish, qurilish va mol-mulkni ro‘yxatga olish borasida qulayliklar yaratish kerak.

    Shu bois videoselektor yig‘ilishida tadbirkorlarga yerni onlayn auksion orqali berish, mulkni ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha idoralararo elektron axborot almashinuvini ta’minlash zarurligi ta’kidlandi. Xorijiy tajriba asosida, mulkka bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan mustaqil o‘tkazishga mas’ul alohida tuzilma tashkil etish taklifi bildirildi.

    Prezident hokimlar 50 foiz ish vaqtini yangi kichik biznes subyektlari tashkil etish va ishlayotgan tadbirkorlarning muammolarini aniqlash hamda hal etishga sarflashi lozimligini ta’kidlab, juda ko‘p rahbarlar bunga befarqlik va mas’uliyatsizlik bilan qarab kelayotganini keskin tanqid qildi.

    Buni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish qabulxonalariga kelib tushgan 26 mingta murojaatning deyarli yarmi bevosita tuman darajasida hal qilish mumkin bo‘lsa-da, muammolar joyida yechilmagani uchun fuqarolar yuqori idoralarga murojaat qilishga majbur bo‘layotgani ham yaqqol ko‘rsatib turibdi.

    Bunday holatlar Samarqand, Toshkent, Xorazm, Andijon, Jizzax, Qashqadaryo viloyatlarida ancha yuqori.

    Shuning uchun, barcha viloyat va tumanlar hokimlari ikki kun muddatda Tadbirkorlarga murojaat qabul qilishi bo‘yicha ko‘rsatma berildi.

    Murojaatda tadbirkorlar oldida bundan keyin hech qanday to‘siqlar bo‘lmasligi, hududdagi barcha rahbarlar ularga yaqindan ko‘makchi bo‘lishi, har kuni doimiy ravishda tadbirkorlar masalalari bilan shug‘ullanishi to‘g‘risida hokimlar shaxsan kafolat beradi.

    Murojaatning bosh mazmuni hamma narsa tadbirkor uchun ekanligini xalqqa yetkazishdan iborat. Shuning uchun Murojaatni ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy tarmoqlar va aholi gavjum joylardagi bannerlarda e’lon qilib, unda hokimlar, sektorlar va mutasaddi idoralar rahbarlarining telefon raqamlari ham ko‘rsatilishi shartligi belgilandi.

    Bundan tashqari, hududiy ishchi guruhlar joylarda yurib, hokimlar va sektorlar rahbarlari bilan birga tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha ishlarni samarali tashkil etishi kerakligi ta’kidlandi.

    Ma’lumki, tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilgan davlat dasturlarini moliyalashtirish uchun Xalq banki, Mikrokreditbank va Agrobank mas’ul etib belgilanib, ularga yetarlicha resurslar ajratib berilgan.

    Yig‘ilishda mazkur moliya tashkilotlari hamda hududiy ishchi guruhlar rahbarlari joylarda tadbirkorlikning yangi imkoniyatlarini topish va hayotga tatbiq etish borasidagi sa’y-harakatlar bo‘yicha hisobot berdi.

    Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi hamda Bosh vazirning Tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish qabulxonalari, Savdo-sanoat palatasi, Biznes-ombudsman, tijorat banklari va boshqa vakolatli idoralarning o‘zaro hamkorligi joylarda hali sezilmayotgani ko‘rsatib o‘tildi.

    Sohadagi barcha masalalar hokimliklar, Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi, Savdo-sanoat palatasi, Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi va banklarning o‘zaro hamkorligida yechilishi zarurligi qayd etildi.

    Davlat rahbari joylarda tadbirkorlar ishtirokida yangi ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish quvvatlarini yaratishga kuchli turtki berish kerakligini ta’kidladi.

    Bugungi kunda 49 tumanda ishlab chiqarish va 63 tumanda xizmat ko‘rsatish hajmining juda pastligi — ulardagi mavjud salohiyat, yer, xomashyo va mehnat resurslari to‘liq safarbar qilinmaganidan dalolat beradi.

    Shuning uchun Iqtisodiyot va sanoat vazirligi rahbarlari boshchiligida joylarda sanoat va xizmatlarni rivojlantirish bo‘yicha doimiy ishchi guruhlar tashkil qilindi va ularga tarmoqlar biriktirildi.

    Ushbu tuzilmalarga tarmoqlar bilan birga har bir tuman va shahar salohiyatini o‘rganib, 2020-yilda yangi quvvatlar tashkil etish, infratuzilma va xizmatlar sohasini rivojlantirish bo‘yicha loyihalar dasturini ishlab chiqish vazifasi qo‘yildi. Bunda respublika bo‘yicha qariyb 1,5 mingta davlat mulki va davlat ulushi mavjud obyektlarini sotish hamda 70 mingta tadbirkor faoliyatini tiklash muhimligi qayd etildi.

    Davlat bojxona qo‘mitasiga kelgusi yil 1-yanvardan boshlab eksport-import operatsiyalari uchun zarur ruxsatnoma va sertifikatlarni “Yagona darcha” bojxona axborot tizimi orqali elektron shaklda olinishini yo‘lga qo‘yish topshirildi.

    Biznes-ombudsman boshchiligida tuzilgan maxsus ishchi guruhga oxirgi uch yilda tadbirkorlar tomonidan import qilinib, bugungi kunda ishlatilmay turgan 305 million dollarlik uskunalarni to‘liq ishga tushirish yuzasidan ko‘rsatma berildi.

    2020-yilda “Biznes yuritish” reytingida mamlakat o‘rnini yanada yaxshilash, jumladan, ruxsatnoma berish va sertifikatlash tizimini soddalashtirish bo‘yicha ham vazifalar belgilandi.

    07.11.2019, 19:56   Izoh (0)   21472
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkentda mebel yasab berishni va’da qilib mijozning 250 million so‘m pulini o‘zlashtirgan tadbirkorga jinoiy ish ochildi

    07.11.2019, 19:36

    Rossiyaning Astraxan viloyatida 36 yoshli ayolni zo‘rlaganlikda ayblangan o‘zbekistonlik ozodlikdan mahrum etildi

    07.11.2019, 19:07

    Toshkentda katta tezlikda kelayotgan Matiz belgilanmagan joydan o‘tayotgan 64 yoshli ayolni urib yubordi (video)

    07.11.2019, 18:51

    O‘zbekistonda bir yil ichida internet tezligi qanchaga oshgani ma’lum qilindi

    07.11.2019, 18:20

    O‘zbekistonda tug‘ilishni qayd etish guvohnomasini olish tartibi soddalashtirildi

    07.11.2019, 18:04

    Toshkent aeroportida noqonuniy olib kelingan iPhone 11 telefonlarini yig‘ib olayotgan shaxs qo‘lga olindi

    07.11.2019, 17:50
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 

     

    Tavsiya etamiz

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Manchester Yunayted” Dushan Vlahovich transferidan voz kechdi

    Sport | 6 avgust, 13:28

    Ukraina Shahed dronlarida Hindistonda ishlab chiqarilgan qismlarni topdi

    Dunyo | 6 avgust, 12:53

    Toshkentda uy-joy va yer narxlari pasaydi

    O‘zbekiston | 6 avgust, 12:42

    Google endi Janubiy Koreya harbiy obyektlarini xaritada xiralashtirib ko‘rsatadi

    Dunyo | 6 avgust, 12:31

    Xitoy o‘zining yangi jangovar samolyotini sinovdan o‘tkazmoqda (foto)

    Dunyo | 6 avgust, 12:21

    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!

    Reklama | 6 avgust, 10:30

    Suvga tushganda o‘z-o‘zidan qutqaruv balloniga aylanuvchi sharcha ixtiro qilindi (foto)

    Layfstayl | 6 avgust, 12:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.