AQSh harbiy-havo kuchlarining F-16 qiruvchi samolyoti Yaponiyaning Aomori prefekturasidagi parvozi chog‘ida o‘quv granatasini tushirib yubordi. Bu haqda “Izvestiya” xabar bermoqda.
Samolyot mashg‘ulot parvozlari o‘tadigan hududdan tashqarida raketani tashlab yuborgan. Hodisa oqibatida jabrlanganlar va shikastlanishlar haqida ma’lum qilinmagan.
AQSh harbiylari holat yuzasidan tekshiruv va o‘quv granatasini qidirishni boshlagan. Yaponiya mudofaa vazirligi Qo‘shma Shtatlardan mazkur ish bo‘yicha barcha ma’lumotlarni qisqa muddatda taqdim etishni talab qildi.
Izoh (0)