Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe parlamentdagi chiqishi chog‘ida hukumatining ikki vaziri iste’foga chiqqani uchun mamlakat xalqidan kechirim so‘radi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
“Atigi bir oy ichida ikki vazir iste’fo berdi. Ularni tayinlangan shaxs sifatida bunga javobgarligimni his etaman va yapon xalqidan uzr so‘rayman”, — deya ta’kidlagan Abe.
Yaponiya hukumatining yangi tarkibi sentabr oyi o‘rtalarida shakllantirilgan edi. Biroq bir oy davomida ikki mansabdor — iqtisodiyot, savdo va sanoat hamda adliya vazirlari iste’fo berishga majbur bo‘ldi.
Mahalliy nashrlar ularni parlamentga saylanayotgan chog‘da saylovchilar ko‘nglini olishga uringanini fosh qildi. Jumladan, sobiq vazirlar okruglaridagi saylovchilarga saylov shtablari hisobidan oziq-ovqat mahsulotlari tarqatgan. Bu esa mahalliy qonunchilikda man etilgan.
Izoh (0)