Rossiyaning Sankt-Peterburg shahri, Budapesht ko‘chasida qimor o‘yinlari o‘tkaziladigan noqonuniy klub fosh etildi. Bu haqda Sankt-Peterburg shahar prokuraturasiga tayanib “78.ru” nashri xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, klubda 39 ta qimor avtomat bo‘lib, unda noqonuniy qimor o‘yinlari o‘tkazilgan. Uning tashkilotchilari 38 yoshli rossiyalik ayol va 24 yoshli O‘zbekiston fuqarosi ekanligi aniqlangan.
Hodisa yuzasidan jinoiy ish ochilib, tergov ishlari tuman prokuraturasi nazoratiga topshirilgan.
Izoh (0)