2-noyabr kuni Navoiy viloyatining Navbahor tumani “Sovungar” MFY hududidan oqib o‘tuvchi ariqdan erkak kishining jasadi topildi, deb yozadi “Postda.uz”.
Tashqi ko‘rinishidan hech qanday jarohat topilmagan jasad tibbiy ekspertizadan o‘tkazilganda fuqaro yuqori nafas yo‘llarining suv bilan berkilishi oqibatida kelib chiqqan mexanik asfiksiyadan vafot etgani aniqlandi.
Olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida uning shaxsi aniqlandi. U “Romitan” MFYda yashagan 1977-yilda tug‘ilgan D.V. bo‘lib chiqdi.
Ayni paytda uning suvga qanday tushib ketgani, jinoyat alomatlari bor-yo‘qligi yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Izoh (0)