• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12694.97
    • RUB161.6
    • EUR14878.5
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +38°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Reklama

    Toshkentda O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining IX syezdi bo‘lib o‘tdi

    Toshkent shahrida 5-noyabr, seshanba kuni Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining IX Syezdi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda partiya matbuot xizmati “Daryo”ga xabar berdi.

    Ta’kidlash zarurki, syezd partiyaning oliy rahbar organi hisoblanadi va unda siyosiy kuch faoliyatiga daxldor nihoyatda dolzarb masalalar ko‘rib chiqiladi, o‘ta muhim qarorlar qabul qilinadi.

    Foto: O‘zLiDeP matbuot xizmati

    Foto: O‘zLiDeP matbuot xizmati

    O‘zLiDePning navbatdagi syezdida partiyaning o‘tgan 5 yil mobaynidagi faoliyati sarhisob qilindi, yaqin va uzoq istiqbolga mo‘ljallangan rejalar ishlab chiqildi, shuningdek, muhim ijtimoiy-siyosiy voqea — bo‘lajak saylovlarga tayyorgarlik ko‘rish bilan bog‘liq ishlar atroflicha muhokama etildi va ko‘rilgan barcha masalalar yuzasidan qarorlar qabul qilindi.

    Shu kunlarda partiya joriy yilning dekabrida bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari sayloviga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rmoqda. Xususan, respublikamizning barcha hududlarida yangi formatdagi targ‘ibot aksiyalari tashkil qilinyapti, shuningdek, PR-kampaniya davomida partiya o‘z g‘oya va maqsadlarini keng jamoatchilikka yetkazish uchun ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlar imkoniyatlaridan keng foydalanyapti. Partiya tashkilotlari xodimlari, faollarning bilim va malakasini oshirishga qaratilgan o‘quvlar tizimli ravishda o‘tkazilyapti. Qisqasi, O‘zLiDeP jiddiy siyosiy imtihonga puxta hozirlik ko‘ryapti. Zero, bu yilgi saylovlar “Yangi O‘zbekiston – yangi saylovlar” shiori ostida bo‘lib o‘tadi. Bu avvalo davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan 2017–2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi doirasida amalga oshirilayotgan izchil demokratik islohotlar jarayoni bilan bog‘liqdir. Saylov kodeksining qabul qilinishi, mamlakatimizda yana bir siyosiy partiyaning vujudga kelishi va boshqa bir qancha omillar bo‘lajak saylovlar sifat jihatidan mutlaqo yangi bosqichda, ochiqlik, oshkoralik tamoyillari va kuchli partiyalararo raqobat, g‘oyalar va dasturlar kurashi ostida bo‘lib o‘tishidan dalolat beradi.

    Ana shunday mas’uliyatli, muhim siyosiy ahamiyatga ega bo‘lgan saylov kampaniyasida munosib ishtirok etish O‘zLiDePning asosiy maqsadidir.

    Tadbirda syezd delegatlari tomonidan partiyaning 2014-yilda e’lon qilingan saylovoldi dasturi ijrosi natijalari ham ko‘rib chiqildi. Tadbir ishtirokchilari yakdillik bilan qayd etganidek, partiya faoliyatida O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalar ustuvor ahamiyat kasb etdi.

    O‘zLiDeP yetakchi siyosiy kuch sifatida islohotlar natijasi uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olib, saylovchilar va elektorat vakillari tomonidan o‘ziga bildirilgan yuksak ishonchni oqlash uchun bor imkoniyatlarini ishga solmoqda.

    Partiya davlatimiz rahbari boshchiligida amalga oshirilayotgan tub islohotlarni, iqtisodiyotimizning barqaror o‘sib borishi, xalqimiz farovonligi, yurtdoshlarimizning ertangi kunga bo‘lgan ishonchini yanada mustahkamlashga qaratilgan siyosatni doimo qo‘llab-quvvatlayapti. So‘zga chiqqanlar e’tirof etganidek, o‘tgan davr mobaynida mamlakatimizda jamiyatni yangilash va modernizatsiya qilish borasida salmoqli yutuqlar qo‘lga kiritildi, iqtisodiyotimiz uzluksiz rivojlanmoqda, sanoat, savdo, qurilish sohasida ijobiy o‘zgarishlar ro‘y beryapti, ishlab chiqarishga xorijiy investitsiyalar, zamonaviy texnika va texnologiyalar kirib kelyapti, yalpi ichki mahsulotda xususiy sektorning ulushi tobora ortib boryapti. Ana shu ijobiy jarayonlarga O‘zLiDeP ham muayyan hissa qo‘shayotgani quvonarlidir.

    Keyingi yillarda yurtimizda ishbilarmonlik muhitining yanada yaxshilanishi, xususiy sektorni himoya qilishga qaratilgan qator farmon va qarorlar, ko‘plab me’yoriy-huquqiy hujjatlar qabul qilingani tadbirkorlarning erkin faoliyat olib borishlari uchun mustahkam zamin yaratdi. Sohadagi muvaffaqiyatlar mamlakatimizning xalqaro maydonda o‘z o‘rniga ega bo‘layotganligi, yalpi ichki mahsulotdagi ulushi yildan yilga oshib borishi va aholi turmushi farovonlashuvida ham yaqqol namoyon bo‘lmoqda. O‘zLiDeP mulkdorlar sinfi manfaatlarini ifodalash bo‘yicha zimmasiga olgan vazifalarni to‘liq bajarishga muvaffaq bo‘lyapti. Jumladan, partiya xususiy biznes vakillarining xohish-istaklari aks etgan 40 ga yaqin qonunning qabul qilinishida faol ishtirok etdi.

    O‘tgan besh yil davomida parlamentdagi partiyamiz fraksiyasi a’zolari 90 dan ortiq yaqin qonun loyihalari ishlab chiqishda tashabbus ko‘rsatdi. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga jami 427 ta deputatlik so‘rovi yuborildi, shundan 340 tasiga javob olindi. O‘zLiDeP fraksiyasi tashabbusi bilan jami 6-marta “Hukumat soati” o‘tkazildi va bir qator vazirliklar rahbarlarining axborotlari eshitildi. Bu esa mamlakatimiz iqtisodiyotining tayanch nuqtasiga aylangan xususiy sektorning yanada jadal rivojlanishiga xizmat qilmoqda.

    Xalq bilan birga bo‘lish, muammolarini yechish, ayniqsa tadbirkor va ishbilarmonlar manfaatlarini himoya qilishda xalq deputatlari mahalliy kengashlaridagi O‘zLiDeP deputatlik guruhlari ham faol ishtirok etmoqda.

    O‘tgan yillar davomida deputatlik guruhlari tomonidan 11 057 marotaba eshituvlar, 44 035 ta deputatlik so‘rovi, 2290 ta nazorat-tahlil faoliyati amalga oshirildi. Mahalliy Kengashlarning doimiy komissiyalariga 5000 ga yaqin taklif kiritildi. Ularning 4730 tadan ortig‘i sessiyalarda ko‘rib chiqilgan bo‘lsa, 2829 tasi yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilinishiga erishildi.

    Hisobot davrida boshlang‘ich partiya tashkilotlari va partiya a’zolarining o‘sishi, ularning sifat tarkibini yaxshilash bo‘yicha ham bir qator ijobiy ishlar amalga oshirildi. 2015-yilda partiyaning boshlang‘ich tashkilotlari 9329 tani tashkil etgan bo‘lsa, 2019-yil 1-oktyabr holatiga ko‘ra ularning soni 12 723 taga yetdi. Partiya a’zolarining soni 248 379 nafardan 754 820 nafarga yetdi.

    Taraqqiyotimizning yangi davrida xalq bilan muloqot qilish har bir idora va tashkilotning ustuvor vazifasiga aylandi. Shu bois, o‘tgan ikki yil davomida partiya hududiy kengashlari va deputatlik guruhlaridan tarkib topgan ishchi guruhlar shakllantirilib, joylarda “Har bir oila – tadbirkor”, “Yoshlar – kelajagimiz”, “Obod qishloq”, “Obod mahalla” kabi o‘ta muhim dasturlar ijrosini o‘rganish yuzasidan elektorat vakillari va aholi bilan yuzma-yuz muloqotlar olib borildi. Ishchi guruh a’zolari tomonidan mazkur jarayonda qariyb 180 mingta xonadonga kirib borildi va yuz minglab insonlar, tadbirkor va fermerlar bilan bevosita muloqotga kirishildi.

    Hisobot davrida tadbirkorlik, kichik biznes, investitsion muhitni yaratish, xotin-qizlar va yoshlar tadbirkorligini yanada rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan partiyaviy loyihalar, ochiq muloqotlar natijasida mingga yaqin xotin-qizlar, yoshlar o‘z bizneslarini yo‘lga qo‘yishdi va bu orqali 10 mingdan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratildi.

    Syezda mazkur yo‘nalishdagi ishlar kelgusida ham O‘zLiDeP uchun asosiy vazifa bo‘lib qolishi ta’kidlab o‘tildi.

    Yig‘ilishda partiyaning yangilangan dasturi va saylovoldi dasturi Syezd ishtirokchilari tomonidan keng muhokama qilindi.

    Ta’kidlanganidek, partiyaning siyosiy platformasi Harakatlar strategiyasiga hamohang tarzda ishlab chiqilgan bo‘lib, beshta yo‘nalishni qamrab olgan.

    Partiya saylovoldi dasturining Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirish yo‘nalishi eng muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanib, kelgusi besh yilda amalga oshiriladigan qator ustuvor vazifalarni belgilab olmoqda.

    Partiya qulay ishbilarmonlik va investitsiyaviy muhitni yaratish, xususiy mulk huquq va kafolatlarining ishonchli himoyalanishini ta’minlash, tadbirkorlik rivojlanishi yo‘lidagi barcha to‘siq va cheklovlarni olib tashlash, “Biznesni yuritish”, global raqobatbardoshlik, innovatsiyalar, sanoatning raqobatbardoshligi indekslari bo‘yicha dunyoning yetakchi 50 ta mamlakati qatoridan O‘zbekistonning munosib o‘rin egallashini ta’minlash va yetakchi xalqaro va xorijiy moliya institutlari bilan aloqalarni kengaytirishning istiqbollariga qaratilgan aniq vazifalarni qamrab olgan. Zero, O‘zLiDeP O‘zbekistonning investitsiyaviy jozibardorligini oshirish – bu mamlakatning jadal va barqaror rivojlanishi, iqtisodiyotni raqobatbardoshligining eng muhim va zarur sharti ekaniga ishonadi.

    Ahamiyatlisi, shu kunga qadar tadbirkorlik sohasini tartibga soluvchi yuzlab qonun hujjatlari qabul qilingan. Partiya milliy qonunchiligimiz va xalqaro tajribani inobatga olgan holda mahalliy tadbirkorlar va investorlar uchun tushunarli bo‘lgan yagona Investitsiya va Tadbirkorlik kodekslarini ishlab chiqish va qabul qilish g‘oyasini ilgari surmoqda.

    O‘zLiDeP siyosiy platformasida o‘z aksini topayotgan masalalardan biri 2020 – 2025-yillarda O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatish (servis) iqtisodiyotini rivojlantirish Strategiyasini ishlab chiqishdir.

    Partiya qishloq xo‘jaligini modernizatsiyalash va jadal rivojlantirish borasida ham istiqbolli vazifalar belgilab olmoqda. Ularning amalga oshirilishi mamlakatimizda oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishni 2035-yilgacha 4 baravar oshirish, fermer, dehqon va tomorqa xo‘jaliklari ekin maydonlari samaradorligini ta’minlash imkonini beradi. Qishloq aholisi o‘rtasida “Tomorqa yer uchastkasi – qo‘shimcha daromad manbai!” shiorini keng targ‘ib qilish, agrosanoat tizimiga zamonaviy texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha yer egalarining bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash masalalari ham partiyaning keyingi besh yillikka mo‘ljallangan rejalaridan o‘rin olgan.

    Partiyaning Syezdida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi hamda xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlari saylovida faol ishtirok etish masalalari muhokama qilindi, delegatlar tomonidan partiyaning Saylovoldi dasturi tasdiqlab olindi.

    Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzodlar ko‘rsatildi.

    Syezd yakunida jurnalistlar, blogerlar ishtirokida brifing tashkil etildi.

    Reklama huquqi asosida.

    05.11.2019, 19:30   Izoh (0)   12422
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Tojikiston-2019”: Imzo kompaniyasi o‘zaro strategik memorandumini imzoladi

    05.11.2019, 18:00

    REDTAG va FLO Samarqanddagi xalqaro xayriya yarim marafonida homiy hamda ishtirokchi sifatida qatnashdi

    05.11.2019, 12:00

    Acıbadem’dagi jigar va oshqozon osti bezini davolash to‘g‘risidagi birinchi forum

    05.11.2019, 09:00

    Eksklyuziv taklif: Hech qanday imtihonlarsiz grant asosida o‘qish, oylik stipendiya va bepul turar joy!

    04.11.2019, 18:00

    Endilikda hammada videokuzatuvdan foydalanish imkoniyati bor

    04.11.2019, 15:00

    Ishonchli va xavfsiz uy-joy farovon hayotning eng muhim mezonidir

    04.11.2019, 09:00
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Amazon yangi Jeyms Bondni izlamoqda. Nomzodlar orasida Tom Holland ham bor

    Kino | 1 iyul, 13:04

    O‘zbekistonda nafaqa va moddiy yordam pullaridan kredit qarzdorligini avtomatik yechib olishga chek qo‘yiladi

    O‘zbekiston | 1 iyul, 12:59

    Lautaro Martines: “Kimdir “Inter”da qolishni istamasa — xayr”

    Sport | 1 iyul, 12:40

    O‘zbekistonda ichki aviareyslar uchun elektron hujjatlar bilan ro‘yxatdan o‘tish mumkin bo‘ldi

    O‘zbekiston | 1 iyul, 12:34

    Haj-2025 mavsumida 8 nafar o‘zbekistonlik Saudiya Arabistonida vafot etdi

    O‘zbekiston | 1 iyul, 12:12

    Mualliflik qo‘shig‘i bitiruvchilar madhiyasiga aylangan xonanda Ravshan Sobirov 50 yoshda

    Madaniyat | 1 iyul, 11:59
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.