Microsoft kompaniyasining Yaponiyadagi ofisi bir oy tajriba tariqasida to‘rt kunlik ish haftasiga o‘tdi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.
Tajriba avgust oyida o‘tkazilgan. 2300 nafar xodimning barchasiga juma kuni qo‘shimcha dam berilgan. Bu uchun ularning maoshi va ta’til kunlari qisqartirilmagan.
2018-yil avgust oyiga nisbatan ofisda mahsuldorlik salkam 40 foizga o‘sgani aniqlandi. Ayni vaqtda, kompaniya energiya (23 foizga kamaygan) va qog‘oz sarfidan (58 foiz kamroq chop etilgan) iqtisod qilgan.
Izoh (0)