O‘zbekiston Belbog‘li kurash federatsiyasi raisi Ravshan Dastirov Rossiyaning Qozon shahrida o‘tkazilgan Xalqaro belbog‘li kurash assotsiatsiyasi (IBWA) hisobot-saylov kongressida tashkilot vitse-prezidenti etib saylandi. Bu haqida Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xijmati ma’lum qilmoqda.
Shuningdek, kattalar o‘rtasidagi Jahon chempionati doirasida o‘tkazilgan kongressda 2020-yil sentabr oyida Xorazm viloyati 17-20 yoshlilar o‘rtasidagi Jahon chempionatiga mezbonlik qilishi ham ma’lum qilindi.
Qayd etish lozim, 31-oktabr — 3-noyabr kunlari oralig‘ida o‘tkazilgan musobaqada o‘zbekistonlik kurashchilar 1 ta oltin, 5 ta kumush va 6 ta bronza medalni qo‘lga kiritdi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)