Istanbulda shahar avtobusi haydovchisi bekatga borib urildi va qochishga urinishiga xalaqit bergan odamlarga pichoq o‘qtaldi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
33 yoshli haydovchi voqea joyidan yashirinish uchun dengizga sakraganidan so‘ng qo‘lga olindi.
Hodisa oqibatida 13 kishi, jumladan, haydovchini ushlashga uringanida pichoq bilan jarohatlangan odam jabrlandi. Ulardan ikki nafari og‘ir holatda.
Jabrlanganlar orasida Eronning uch nafar fuqarosi va ikki bola borligi bildirilgan.
Holat yuzasidan tekshiruv boshlandi. Haydovchi bekatga qasddan borib urilgan yoki yo‘qligi hozircha ma’lum emas.
Izoh (0)