“Ostona” klubi Qozog‘iston chempionati 32-turida “Tobol”ni mag‘lub etdi va muddatidan avval chempionga aylandi.
Mavsum tugashiga bir tur qolganda Nur-Sulton shahri vakili ikkinchi o‘rindagi “Qayrat”ni to‘rt ochko ortda qoldirmoqda.
Shu tariqa “Ostona” oltinchi marta chempionat g‘olibligini qo‘lga kiritdi va bu borada “Irtish”ning (beshta chempionlik) rekordini yangiladi.
Shu bilan birga “Ostona” ketma-ket oltinchi bor chempionlikka erishdi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)