Prezident tomonidan “Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonun imzolandi, deb xabar beradi Adliya vazirligi.
Qonunga muvofiq, bojxona ma’muriyatchiligi takomillashtirilishi munosabati bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga bir qator o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Jumladan, kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, muayyan bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlar va transport vositalarini ushbu bojxona rejimi talablariga muvofiq bo‘lmagan tarzda tasarruf etganlik uchun, fuqarolarga eng kam ish haqining 20 baravaridan 30 baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa 30 baravaridan 50 baravarigacha miqdorda jarima belgilandi.
Shuningdek, bojxona rasmiylashtiruvi tugallanmagan tovarlar va transport vositalarini tasarruf etganlik uchun fuqarolarga eng kam ish haqining 20 baravaridan 30 baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa 30 baravaridan 50 baravarigacha miqdorda jarima belgilandi.
Izoh (0)