Buxoro viloyatining Peshku tumanida joylashgan xonadonlardan birida kuyov qaynanasining og‘ilxonasini yoqib yubordi. Bu haqda “Postda.uz” nashri xabar berdi.
Fuqaro I.E.ning oxirgi janjalidan keyin turmush o‘rtog‘i yana onasinikiga ketib qoladi. Uni olib kelish uchun borganidi, qaynanasi qarshilik qilib, mahalla raisi bilan kelishini aytib qaytarib yuboradi.
Bu holatdan asabiylashib I.E. spirtli ichimlik ichib og‘ilxona tomonda hech kim yo‘qligiga ishonch hosil qilib somon to‘la og‘ilxonani yoqib yuboradi. Bu ishi bilan I.E. qaynanasidan “o‘ch” oladi.
Keltirilgan zarar hadida hech qanday ma’lumot berilmagan.
Ayni paytda I.E.ga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Izoh (0)