28-oktabr kuni Mirzo Ulug‘bek tumanida istiqomat qiluvchi 21 yoshli N. ismli qiz uyiga mehmon bo‘lib kelgan erkakni o‘mardi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabar berdi.
U 34 yoshli A.ning chalg‘iganidan foydalanib, Captiva’ning kalitini o‘g‘irlagan. So‘ng avtomobil eshigini pult yordamida ochgan va mashina ichidagi 1 million so‘m hamda 300 AQSh dollarini o‘g‘irlagan.
N.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (“O‘g‘irlik”) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Izoh (0)