31-oktabr kuni soat taxminan 08:50 atrofida Toshkent shahar Sergeli tumanidagi “Binokor qurilish ta’minoti” qurilish korxonasi hududida 5 nafar quruvchi elektr tokidan shikastlanish (elektrotravma) oqibatida Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga yotqizildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar berdi.
Bemorlar 38 yoshli U.M, 41 yoshli J.M, 22 yoshli B.B, 21 yoshli E.O. hamda 21 yoshli N.S.lar malakali shifokorlar tomonidan zudlik bilan tibbiy tekshiruvdan o‘tkazilib, belgilangan tartibda shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.
Shikastlanganlarning ahvoli qoniqarli bo‘lib, Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan nazoratga olingan.
Izoh (0)