Samarqandda o‘zining 9 yoshli jiyanini ikki marta zo‘rlagan erkak 16 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. Bu haqda Zarnews xabar berdi.
Nashr tomonidan ma’lum qilinishicha, sudlanuvchi A.B. spirtli ichimlik iste’mol qilib, mastlik holatida 2019-yil 1-fevral kuni soat 17:40 da 2010-yilda tug‘ilgan jiyani S.V.ni o‘zining yashash uyiga olib borgan hamda unga pichoq bilan tahdid qilib qo‘rqitgan va uni zo‘rlagan.
Bundan tashqari, A.B. o‘zining jinoiy harakatlarini davom ettirib, 2019-yil 7-mart kuni soat 16:15 da jiyani S.V.ni yana o‘z uyiga olib kelgan. Erkak jiyanini bolta bilan o‘ldirishni aytib qo‘rqitgan va yana uning ojizligidan foydalangan.
Sudning hukmi bilan A.B.ga nisbatan jinoyatlar majmui tariqasida 16 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi hamda jazoni o‘tash joylarida surunkali alkogolizm xastaligidan majburiy davolanish chorasi belgilandi.
Izoh (0)