2-noyabr kuni Qozog‘iston Bosh vaziri Asqar Mamin Toshkentda o‘tkaziladigan Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar hukumat rahbarlari kengashining majlisida ishtirok etadi. Bu haqda “Kazinform” xabar berdi.
Majlisdagi ishtiroki doirasida Asqar Mamin O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashishi rejalashtirilgan.
ShHTga a’zo davlatlar hukumat rahbarlari kengashi majlisining kun tartibida savdo – iqtisodiy va investitsiyaviy sohalardagi hamkorlikning dolzarb masalalari va istiqbollari muhokamasi o‘rin olgan.
Shuningdek, savdo, qishloq xo‘jaligi, ekologiya, raqamlashtirish, tranzit va transport sohalarida qator hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan.
Izoh (0)