Bosh prokuratura matbuot xizmatining xabar berishicha, Departamentning Samarqand viloyati Urgut tumani bo‘limi tomonidan Urgut savdo komleksida tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Urgut savdo kompleksining darvozasi oldida F.B. ismli fuqaro jami 2300 AQSh dollari miqdordagi qalbaki kupyuralarni sotayotgan vaqtida ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Departamentning tuman bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 176-modda (“Qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish”) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)