Chili prezidenti Sebastyan Pineyra mamlakatni qamrab olgan ommaviy namoyishlar tufayli joriy yil noyabr oyida o‘tkazilishi rejalashtirilgan Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorligi sammiti bekor qilinishini bildirdi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.
Pineyra yuzaga kelgan vaziyatda mamlakatga ichki muammolarni hal etishga e’tibor qaratish zarurligini ta’kidladi.
Chili prezidenti OTIH sammitidan tashqari BMTning dekabr oyiga mo‘ljallangan iqlim bo‘yicha anjumani ham mamlakatda o‘tkazilmasligini ma’lum qildi.
Mavzuga doir:
- Chili prezidenti mamlakatda yuz berayotgan tartibsizliklarni urush bilan qiyosladi
- Chili prezidenti ijtimoiy islohotlar amalga oshirilishini e’lon qildi
- Chilida namoyishga chiqqanlar soni millionga yaqinlashdi
- Chili prezidenti mamlakatni qamrab olgan namoyishlar tufayli hukumat iste’foga chiqishini ma’lum qildi
Izoh (0)