29-oktabr kuni soat taxminan 11:00 atrofida Qashqadaryo viloyati Qamashi tumani Boburtepa qishlog‘i hududida UAZ rusumli avtomashina yo‘ldan chiqib ketishi natijasida 11 kishi turli darajada jarohatlangan. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar berdi.
Yo‘l-transport hodisasi oqibatida bir nafar fuqaro voqea joyida vafot etgan. 10 nafari Qamashi shoshilinch tibbiy yordam bo‘limiga murojaat qilgan. Ulardan uch nafari shifoxonaga yotqizilgan, 7 nafariga esa ambulator yordam ko‘rsatilgan.
Statsionar yotqizilgan bemorlar 1996-yil tug‘ilgan S.A. bosh miyaning og‘ir darajada lat yeyishi, bo‘yin umurtqasining yopiq sinishi, orqa miyaning lat yeyishi tashxisi hamda 1980-yilda tug‘ilgan T.B. bosh miyaning og‘ir darajada lat yeyishi, miya shishi hamda 1995-yilda tug‘ilgan I.A. yuz sohasida ko‘plab shilingan jarohatlar tashxisi bilan davolanmoqda.
Ular malakali shifokorlar nazoratida bo‘lib, zamonaviy standartlar asosida tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.
Izoh (0)