• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12557.56
    • RUB159.44
    • EUR14809.13
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Koinot

    Eng katta massali neytron yulduz topildi

    Yerdan 4 600 yorug‘lik yili narida juda katta zichlikka ega bo‘lgan sharsimon materiya mavjud. U – bir zamonlar charaqlab yashab o‘tgan va allaqachon so‘ngan yulduzdan qolgan bor-yo‘q qoldiq narsa xolos aslida. Bunday jismlarni astronomlar neytron yulduz deyishadi. Bugungi kunga kelib shu narsa ayon bo‘lmoqdaki, o‘sha 4 600 yorug‘lik yili naridagi atigi 20 kilometr diametrga ega qoldiq – neytron yulduz – koinotdagi eng katta massali neytron yulduz ekan! Bu haqda Nature Astronomy jurnalida xabar qilingan.

    Foto: VideoNews

    Foto: VideoNews

    Uning massasi bizning Quyosh massasidan 2,14 marta katta bo‘lib, bu fizika qonunlari bo‘yicha erishish mumkin bo‘lgan eng katta, chegaraviy massaga juda yaqindir.

    Astronomiyada bu neytron yulduz J0740+6620 nomi bilan qayd etiladi va u o‘z o‘qi atrofini bir soniyada 289 marta aylanib chiqadi. Ya’ni bu yulduz pulsar hamdir. Yaqindagina olimlar uning massasini katta aniqlikda hisoblashdi va u Quyoshdan 2,14 marta og‘ir ekani ma’lum bo‘ldi. Shunga ko‘ra, endilikda J0740+6620 koinotdagi eng og‘ir neytron yulduz maqomiga ega bo‘ldi. Avvalgi eng og‘ir neytron yulduz massasi Quyosh massasidan 2,01 marta katta edi.

    Ushbu pulsarni Green Bank va Arecibo radioteleskoplari to‘plagan ma’lumotlar orqali sinchiklab o‘rganildi. Ushbu rasadxonalar aynan shu kabi pulsarlarni kuzatish uchun maxsus ishga tushirilgan NANOGrav loyihasining tarkibiy bir qismidir.

    Ushbu radioteleskoplar vositasida mazkur neytron yulduz kuzatilganda, olimlar radioto‘lqin ma’lumotlari kutilganidan ko‘ra biroz kechikayotganini payqab qoldi. Bunday kechikish fanda “Shapiro effekti” deyiladi, u mazkur effektni kashf qilgan astrofizik olim – Irvin Shapiro sharafiga nomlangan. Bu effekt kuzatilayotgan obyekt yaqinida yana bir qandaydir yirik massali obyekt aylanayotgani tufayli yuzaga keladi va o‘sha ikkinchi obyekt o‘z harakati bilan radioto‘lqinlar kechikishiga omil bo‘ladi.

    Sinchiklab kuzatishlar shuni ko‘rsatdiki, haqiqatan ham ushbu neytron yulduz yaqinida yana bir oq mitti bor ekan va u ham juda katta shiddat bilan neytron yulduz atrofida aylanar ekan. Aynan ushbu kechikish vaqtini asos qilib olish bilan olimlar o‘sha oq mitti va neytron yulduz massasini hisoblashga muvaffaq bo‘ldi. Va, yuqorida aytilganidek, hisoblash natijalari J0740+6620 neytron yulduzlar orasida rekordchi ekanini ko‘rsatdi.

    Qizig‘i shundaki, J0740+6620 fizika qonunlari yo‘l qo‘yadigan eng chegaraviy massaga ega neytron yulduzdir. Zero, yirik yulduzlar hayotining eng so‘nggi kunida, so‘nish arafasida portlaganda, koinotda o‘ta yangi chaqnashi ro‘y beradi va yulduz tirikligida massasi qanday bo‘lganiga qarab u yoki neytron yulduzga yoki qora tuynukka aylanadi. 2017-yilda olimlar ushbu massa chegarasini hisoblab ham chiqiqan edi. Agar yulduz massasi Quyosh massasidan 2,17 marta va undan kattaroq bo‘lsa, u albatta qora tuynukka aylanadi; undan kichik massa esa neytron yulduzni hosil qiladi. J0740+6620 esa 2,14 Quyosh massasi bilan bu chegaraga juda yaqin kelgan. Bunday katta massaga ega obyektlarda esa fizika g‘alati va g‘ayrioddiy xulosalarni taqdim etadi. Bu borada olimlar nazariy taxminlarga ham unchalik shoshilmaydi.

    30.10.2019, 13:04   Izoh (0)   24836
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Yerga yirik asteroid yaqinlashmoqda. U eng xavfli koinot obyektlari ro‘yxatidan o‘rin olgan

    19.10.2019, 12:53

    Tarixda ilk bor ikki nafar ayol bir vaqtning o‘zida ochiq kosmosga chiqdi

    19.10.2019, 10:51

    NASA Oyga uchadigan astronavtlar uchun mo‘ljallangan yangi kostyumni namoyish etdi

    18.10.2019, 10:32

    NASA Aleksey Leonovning vafoti haqida xabar berish uchun jonli translyatsiyani uzib qo‘ydi (video)

    12.10.2019, 07:13

    Aleksey Leonov — ochiq kosmosga chiqqan birinchi inson. Bu qanday bo‘lgan edi? (video)

    11.10.2019, 22:42

    Foto: Oyning 60 yil avval suratga olingan orqa tomoni

    07.10.2019, 23:54
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    HONOR ilhomlantiruvchi AI texnologiyalarga ega HONOR 400 seriyasini taqdim etdi


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Farg‘ona viloyatida mo‘l hosil: fermerlar 95 sentnerdan ortiq g‘alla yetishtirdi 


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    Inflyatsiya va jamg‘armalar: Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!  


    Imzodan Engelberg premium romlari hashamatlikning timsolidir


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    Smart Business va UZCARD Farg‘ona tadbirkorlari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda 


    SonetUzStyle – ijodiy kontent uchun Kia Sonet sovg‘a qilamiz


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi

     

    Tavsiya etamiz

    SSSRning qo‘shni davlatga bosqini tarixi: Afg‘onistonda yodgorlik o‘rnatilgan yagona sovet askari kim edi?

    5 iyul, 15:22

    “Erishib bo‘lmaydigan ball belgilangani yo‘q” — “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori

    4 iyul, 22:11

    “AQSH o‘yindan chiqmoqchi”. Ukraina Qo‘shma Shtatlar yordamisiz qayergacha bora oladi?

    4 iyul, 19:55

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Madagaskar yaqinida 300 yil oldin cho‘kib ketgan va dengiz qaroqchilari o‘ljasiga aylangan kema topildi

    Dunyo | 5 iyul, 23:55

    Buxoro va Qoraqalpog‘istonda “valyutchik”lar ushlandi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 23:30

    “Yevropa o‘tmishda Afrikani talagan” — JAR prezidenti

    Dunyo | 5 iyul, 23:15

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “PSJ” 9 kishi bo‘lib “Bavariya”ni mag‘lub etdi

    Sport | 5 iyul, 23:06

    USAID faoliyati to‘xtatilishi tufayli nigeriyaliklarga ochlik xavfi tahdid solmoqda — OAV

    Dunyo | 5 iyul, 22:47

    Sirdaryoda 892 mln so‘mlik noqonuniy zargarlik savdosi fosh etildi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 22:22

    Superliga. “OKMK” Muborakda “Mashʼal”ni mag‘lub etdi

    Sport | 5 iyul, 22:20

    Isroil Eronning beshta harbiy obyektga zarba berganini yashirgani aniqlandi

    Dunyo | 5 iyul, 22:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.