• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12593.77
    • RUB158.49
    • EUR14698.19
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Prezident O‘zbekistonda regbini rivojlantirish to‘g‘risida qaror imzoladi

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “O‘zbekiston Respublikasida regbi sport turini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi. Bu haqda “Daryo”ning hukumatdagi manbasi xabar berdi.

    Foto: “TASS”

    Foto: “TASS”

    O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Moliya vazirligi, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi va O‘zbekiston regbi federatsiyasining quyidagi takliflari ma’qullandi:

    a) har bir ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatlarida regbi bo‘limlarini ochish;

    b) bolalar-o‘smirlar sport maktablariga ishga qabul qilinayotgan regbi bo‘yicha murabbiylar nomzodlarini O‘zbekiston regbi federatsiyasi bilan majburiy kelishish tartibini joriy qilish;

    v) quyidagilarni nazarda tutuvchi regbi bo‘yicha sport musobaqalarini o‘tkazishning to‘rt bosqichli tizimini joriy etish:

    birinchi bosqichda — sport klublari, seksiyalari jamoalari o‘rtasidagi sport musobaqalari (chempionat, birinchilik, kubok);

    ikkinchi bosqichda — sport klublari, seksiyalari jamoalari o‘rtasidagi musobaqalarda g‘olib chiqqan jamoalar o‘rtasida tuman (shahar) sport musobaqalari (chempionat, birinchilik, kubok);

    uchinchi bosqichda — tuman (shahar) sport musobaqalarida g‘olib chiqqan jamoalar o‘rtasida hududiy sport musobaqalari (chempionat, birinchilik, kubok);

    to‘rtinchi bosqichda — hududiy sport musobaqalarida g‘olib chiqqan jamoalar o‘rtasida respublika sport musobaqalari (chempionat, birinchilik, kubok).

    2019—2022-yillarda respublikada regbini yanada kompleks rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.

    Chora-tadbirlar dasturini amalga oshirish doirasida quyidagi ustuvor yo‘nalishlar va vazifalar belgilandi:

    • iqtidorli sportchi yoshlarni tanlab olish (seleksiya ishlari) faoliyatining samaradorligini oshirish va regbi bo‘yicha o‘quv-mashq jarayonini sifatli tashkil etish;
    • regbini ommalashtirish, yoshlarni sport to‘garaklari, seksiyalar va to‘garaklarga faol jalb qilish, ulardan erkin foydalanish imkoniyatini ta’minlash;
    • trenerlar, hakamlar va regbi bo‘yicha boshqa mutaxassislarni tayyorlash tizimini takomillashtirish;
    • regbi bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasining nufuzli xalqaro musobaqalarda ishtirok etishi uchun sifatli va samarali tayyorgarligini ta’minlash;
    • xalqaro musobaqalarning g‘oliblari va sovrindorlarini rag‘batlantirish, shuningdek, trenerlar, hakamlar va regbi bo‘yicha boshqa mutaxassislarni ijtimoiy va moddiy qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish;
    • regbining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va infratuzilmasini takomillashtirish.
    Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari zimmasiga quyidagi vazifalarni hal etish yuklatildi:
    • hududiy regbi federatsiyalarining moliyaviy va moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga ko‘maklashish;
    • tegishli hududlarning rahbar kadrlari orasidan nomzodlarni hududiy regbi federatsiyalari raisi lavozimiga tavsiya etish;
    • tegishli hududda professional regbining rivojlanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratilishini ta’minlash, kamida bitta professional regbi klubini tashkil etish, regbi mashg‘ulotlarini o‘tkazish uchun stadionlar, shuningdek, tegishli hududiy regbi federatsiyalarini joylashtirish uchun binolar ajratish.
    O‘zbekiston regbi federatsiyasi faoliyatini va uning zimmasiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirishni moliyalashtirish manbalari quyidagilar:
    • O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining respublika kalendar rejasida nazarda tutiladigan O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablag‘lari;
    • O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish uchun ajratiladigan mablag‘lar;
    • O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi mablag‘lari;
    • homiylar mablag‘lari, shuningdek, qonun bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
    O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi, Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining sport klublari stadionlarida muntazam ravishda regbi bo‘yicha mashg‘ulotlar va musobaqalar o‘tkazish uchun shart-sharoitlar yaratib berilishini beg‘araz asosda ta’minlaydi.

    O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020/2021-o‘quv yilidan O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida hamda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida regbi bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlovchi yo‘nalishlar ochish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullandi.

    29.10.2019, 18:53   Izoh (0)   9189
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Rossiyada O‘zbekiston yuk mashinasi ishtirokida YTH sodir bo‘ldi (foto+video)

    29.10.2019, 18:23

    Surxondaryoda “KamAZ” va Matiz to‘qnashishi oqibatida 4 nafar fuqaro jarohatlandi. Ularning ikki nafari bolalar

    29.10.2019, 18:09

    Qashqadaryoda Damas va “Jiguli” ishtirokidagi YTHda 4 kishi jarohatlandi

    29.10.2019, 17:52

    O‘zbekistonda 10 oyda 9 milliondan ko‘proq kishi “Tez yordam”ga murojaat qildi

    29.10.2019, 17:37

    Jizzaxda yo‘l chetiga tashlab ketilgan chaqaloq topildi

    29.10.2019, 17:22

    Toshkentda kameralarni chalg‘itish uchun avtomobil davlat raqamini o‘zboshimchalik bilan bo‘yagan haydovchiga chora ko‘rildi 

    29.10.2019, 17:08
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi

     

    Tavsiya etamiz

    Dengizlarga aylangan daryolar: dunyodagi eng yirik GESlar qayerda barpo etilgan?

    9 avgust, 13:45

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57

    O‘zbekistonda “tonirovka” uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin

    7 avgust, 15:45
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Ukraina taqdiri yevropaliklar ishtirokisiz hal qilinmasligi kerak” — Emmanuel Makron

    Dunyo | 9 avgust, 23:30

    O‘zbekistonda ish beruvchilarga qo‘yilgan ayrim talablar bekor qilinadi

    O‘zbekiston | 9 avgust, 23:01

    “An-Nassr” “Bavariya” futbolchisiga qiziqish bildirmoqda

    Sport | 9 avgust, 22:24

    “Hizbullohning qurolsizlantirilishiga qarshimiz” — Eron rasmiysi

    Dunyo | 9 avgust, 22:20

    Indoneziya G‘azo jabrdiydalari uchun kimsasiz orolda shifoxona ochadi

    Dunyo | 9 avgust, 21:55

    “Qo‘shma Shtatlar Falastin davlatini tan olish niyatida emas” — AQSH vitse-prezidenti

    Dunyo | 9 avgust, 21:25

    Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon prezidenti va xalqini tarixiy voqea bilan qutladi

    O‘zbekiston | 9 avgust, 20:59

    Makiyajda yoshni katta ko‘rsatadigan 3 ta keng tarqalgan xato

    Go‘zallik | 9 avgust, 20:55

    Shippakda mashina haydash uchun 300 yevro, plyajda sigaret chekkanlik uchun 90 yevro jarima — Yevropa davlatlari sayyohlar uchun keskin qoidalar joriy etdi

    Dunyo | 9 avgust, 20:15
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.