25-oktabr kuni Angren shahar 5/5 dahasida joylashgan sartaroshxonada ishlovchi Guli ismli 1994-yilda tug‘ilgan ayol Zohid ismli tanishini o‘ldirib qo‘ydi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.
Guli o‘zaro janjal oqibatida Zohidning (1999-yilda tug‘ilgan) chap ko‘krak qafasiga bir marotaga urib, uni qasddan o‘ldirgan.
Mazkur holat yuzasidan shahar prokuraturasi tomonidan Guliga nisbatan Jinoyat Kodeksining 97-modda (“Qasddan odam o‘ldirish”) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Izoh (0)