Andijon shahri Bo‘ston dahasi Sadoqat ko‘chasida joylashgan ko‘p qavatli Kamolot uyi orqa tomonidagi maydon aholi tomonidan noqonuniy chiqindixonaga aylantirilganligi aniqlandi.
Viloyat hokimligi matbuot xizmatining xabar berishicha, Andijon shahar Ekologiya inspeksiyasi, Ekotrans MChJ , Obodonlashtirish boshqarmasi hamkorligida hudud tungi navbatchi guruhlar yordamida tozalandi.
Mahalla faollari va aholi bilan suhbatlashilganda ushbu maydonda ahlat va chiqindi uchun konteyner mavjudligi, u kunda bo‘shatib turilishi aniqlandi.
“Qanchalik achinarli holat bo‘lmasin, tozalash jarayoni davomida matbuot xizmati xodimlari hudud aholisini uyidan chiqqan chiqindilarni mazkur joyga tashlab ketishda davom etishlarini guvohi bo‘lgan. Noqonuniy holatga, shu joyning o‘zida chora ko‘rilib, ahlat to‘kkan fuqaroga nisbatan jarima jazosi qo‘llanilgan.
Maydon tozalandi, joyida muammoga yechim ham topildi. Tozalash jarayonida ushbu hududda yashovchi tadbirkor maxsus maishiy chiqindixona qurib berish taklifi bilan chiqdi. Hozirda kerakli hujjatlarni rasmiylashtirish jarayoni olib borilmoqda”, — deyiladi xabarda.
Izoh (0)