• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12694.97
    • RUB161.6
    • EUR14878.5
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login

    Janubiy Koreya, Turkiya va O‘zbekistonning 10 o‘xshash jihati

    “Daryo” kolumnisti, “Ipak yo‘li” xalqaro turizm universitetining birinchi prorektori professor Azamat Akbarov Janubiy Koreyada ko‘p yillar ishlagan, shuningdek, Turkiyada ham ko‘p bo‘lgan. U o‘ziga yaxshi tanish bu ikki davlatni O‘zbekistonga qiyoslab, qator o‘xshash jihatlarni topa oldi.

    O‘zbek va boshqa turk xalqlari Koreya hamda u yerda ta’lim olish va turizm borasida imkoniyatlari haqida juda qiziquvchan ekanliklarini bilamiz. Bizda birinchi galda til borasida bir qancha umumiyliklar bor: koreys, o‘zbek va turk tillari grammatikasi bir xil bo‘lib, gapda o‘sha tartibda gaplashamiz. Ikkinchidan, uch mamlakat xalqlari o‘z davlat va millatini sevadigan odamlar sifatida uning xavfsizligini saqlash uchun qo‘llaridan kelguncha harakat qiladi. Yana boshqa bir narsa: bir-biriga, ayniqsa yoshi ulug‘larga nisbatan hurmat; yoshi kattalarimiz hanuzgacha ikkala madaniyatda ham oilada qaror qabul qiluvchilar hisoblanadi. O‘zbek, turk va koreyslar o‘z uylarini hurmat qiladi hamda u yerga kirayotib oyoq kiyimlarini yechadi, uy shippaklaridan foydalanadi. Biz mamlakatlarimiz tarixini judayam sevamiz va o‘tmishimizni qadrlaymiz. Mamlakatlarimiz odamlari o‘ta mehnatkash bo‘lib, erta tongdan kechgacha tinim bilmay ishlaydi.

    Individualizm juda kam. Munosib universitetga kirish, uylanish, farzandlar ko‘rish, ota-ona keksayganida va kuchsiz bo‘lganda g‘amxo‘rlik qilish kabi jiddiy qabul qilinishi kerak bo‘lgan masuliyatlar (burchlar) bor. O‘tkir, noyob odam bo‘lish oson emas. Siz muomala qilayotgan kishilarga nisbatan o‘z xatti- harakatingizni sezilarli darajada o‘zgartirishingiz va ijtimoiy holatingizga qarab, qanday munosabatda bo‘lishingiz juda oddiy holdir. O‘zbekiston, Turkiya va Koreya tez sur’atlar bilan chet el madaniy unsurlarini kiritish bilan bir vaqtning o‘zida juda kuchli milliylik tuyg‘usini ham saqlab qolganga o‘xshaydi.

    1. Yangi yil bayrami

    Janubiy Koreya, Turkiya va O‘zbekistonda yangi yil kunini nishonlash borasida juda o‘xshash madaniyat mavjud. Har bir mamlakatda uning nomi boshqacha: Seollal [설날], Yilboshi (Yılbaşı) va Navro‘z. Janubiy Koreyada Seollal oy taqvimi bo‘yicha yangi yil kunidir. Demak, ular Seollal sanasini quyosh taqvimi bilan emas, balki oy taqvimi bilan hisoblaydi. Shuning uchun Seollal davri har yili (quyosh taqvimida) farq qiladi. Odatda Seollalning sanasi 15 dan 17-fevralgacha. Seollal davri kelganda koreyslar hanbok deb nomlangan an’anaviy kiyim kiyadi. Hanbok yumshoq ipakdan tayyorlanib, turli ranglarda va shakllarda bo‘ladi. Lekin oxirgi paytlarda odamlar hanbok qimmat narxda ekani sabab uni kiymayapti. Har bir oila o‘z ona shahriga ota-onalarini, bobo-buvilari va qarindoshlarini ziyorat qilishga boradi. Ular qarindoshlari bilan ko‘rishsa, odatda bir-birlariga “yangi yilingiz bilan” deydi. Seollalda maxsus taom tayyorlanadi. U tteokguk deb nomlanadi. Bu koreys uslubidagi sho‘rva bo‘lib, ustida bir bo‘lak guruchli non bo‘ladi.

    Tteokguk.

    Tteokguk.
    Foto: Google Photos

    Turkiyada ham Yilboshi deb atalgan yangi yil kuni nishonlanadi. Biroq ular katta yangi yilni katta bayram tarzida nishonlamaydi. Odatda qarindoshlarga, yaqin qo‘shnilarga salom berish va “yangi yilingiz qutlug‘ bo‘lsin” yoki mutlu yıllar deyishadi. Odatda bu sanada uylarini saranjom-sarishta qilishadi.

    Sumalak.

    Sumalak.
    Foto: Google Photos

    Navro‘z O‘zbekistondagi eng katta bayram bo‘lib, u Eron madaniyatidan kirib kelgan. Bugungi kunda u milliy bayramga aylandi. Bu bayramda o‘zbekistonliklar qarindoshlari bilan uchrashadi yoki mehmonlarni taklif qiladi hamda sumalak pishiradi. Sumalakni tayyorlash oson ish emas. Chunki sumalak pishirish uchun kamida 20 soat vaqt sarflanadi. Uni tayyorlayotganda ehtiyotlik bilan sekin qaynatish kerak.

    2. O‘qituvchilar kuni

    Uchala mamlakatda ham Ustoz va murabbiylar kuni bor. Bu o‘quvchilarga ta’lim-tarbiya berayotgani sababli ustozlarga minnatdorchilik bildirishdir. Lekin har bir millatning ustozlar kuni turli sanada nishonlanadi. Janubiy Koreyada o‘qituvchilar kuni 15-may kuni nishonlanadi. Turkiyada – har 24-noyabrda. O‘zbekistonda esa oktabr oyining birinchi kunida. Ayniqsa O‘zbekistonda Ustoz va murabbiylar kuni umumxalq bayramidir.

    3. Palov

    Bok-kum-bap.

    Bok-kum-bap.
    Foto: Google Photos

    Bu mamlakatlar o‘xshash taomga ham ega bo‘lib, u palov, ya’ni qovurilgan guruchdir. Turkiya va O‘zbekistonda bu taomni palov deb atashadi. Koreyslar boshqacha so‘z bilan talaffuz qilishadi: bok-kum-bap (볶음밥). Lekin ba’zi koreys qaynoq restoranlari menyusida odatda “koreyscha palov” yoki 필라브 deb yoziladi. Demak, koreyslarning ko‘pchiligi palov nima ekanini biladi. Koreyaliklar qovurilgan guruch tayyorlaganida, guruchga to‘g‘ralgan kartoshka, sabzi, yashil yoki qizil qalampir, pishirilgan tuxum va tuz kabi masalliqlar qo‘shadi. Tayyor bo‘lgach, biroz ketchup qo‘shsangiz bo‘ladi, xohlasangiz aralashtirishingiz mumkin. Bu – keng tarqalgan koreyscha palov.

    Turkiya va O‘zbekistonda shunga o‘xshash palov taomi bor. Bu xalqlarda palov pishirishning son-sanoqsiz retseptlari bor. Masalan, O‘zbekistonda 150 turga yaqin palov retsepti bor. Lekin asosan guruch, go‘sht, to‘g‘ralgan sabzi, piyoz, mayiz, za’faron, kimyon, yog‘ va maydalangan tuz bilan pishirishadi.

    4. Ugra / lag‘mon

    To‘rtinchi umumiy narsa lag‘mon yoki ugra bilan bog‘liq. Bu xalqlarning taom bo‘yicha didlari bir xilga o‘xshaydi, lekin har bir ovqatning ta’mi butunlay o‘zgacha.

    Yuk gae-jang.

    Yuk gae-jang.
    Foto: Google Photos

    Birinchisi biroz achchiq ugra bo‘lib, va oziq-ovqat nomi yuk gae-jang ugrasi [육개장칼국수] hisoblanadi. Tarkibi – koreys qizil qalampiri, bahor piyozi, sabzavotlar (tez-tez ishlatiladigan go-sa-ri) va albatta koreyscha ko‘kat-ziravorlar. Yuk-gae-jang sho‘rva ichiga ugra (kalguksu) qo‘shib, birga qaynatiladi. Issiq havodan zaiflashib, bosh aylangan odam uchun bu foydali.

    Erishte.

    Erishte.
    Foto: Google Photos

    Turkiyada erishte degan taom bor. U koreys taomiga o‘xshaydi, lekin kalguksu tomat pastasisiz sho‘rva hisoblanadi.

    Foto: Google Photos

    Uchinchidan, O‘zbekistonda maxsus tuppa turi – lag‘mon bor. Lag‘mon uyg‘ur xalqidan olingan bo‘lib, shu kunlarda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston kabi davlatlarda keng tarqalgan. Lag‘mon o‘zbekistonliklar uchun odatiy ovqat turiga aylangan. O‘zbeklarning aksariyati lag‘mon yeydi. Ular asosan go‘sht, sariq bulg‘or qalampiri, qizil bulg‘or qalampiri, qo‘lda cho‘zilgan lag‘mon va ba’zi ziravorlarni ishlatadi.

    5. Choy madaniyati

    Bu xalqlar orasida bir-biriga o‘xshash choy madaniyati mavjud. Choy madaniyati haqida umumiy narsalarni va farq qiluvchi odatlarni tushuntirib bersak.

    Foto: Google Photos

    Turkiyaga nisbatan O‘zbekiston va Janubiy Koreyada ko‘k choy ichishni ma’qul ko‘rishadi. O‘zbekistonda, masalan, Toshkentda qora choyni, Samarqandda esa ko‘k choyni afzal ko‘rishadi.

    Choy madaniyati bir necha asrlar davomida rivojlangan. Choyning o‘rni har bir mamlakatda o‘ziga xos o‘xshashlikka ega. Mehmon kelganda ular odatda yengil taom va ichimliklar bilan choy iste’mol qiladi. Lekin koreyslar choyga shakar qo‘shmaydi.

    6. O‘rnashgan joy – Osiyo qit’asi

    Foto: Google Photos

    Janubiy Koreya, Turkiya va O‘zbekiston Osiyo qit’asida joylashgan. Janubiy Koreya Osiyoning sharqida, O‘zbekiston Markaziy Osiyoda, Turkiya esa Osiyo va Yevropa o‘rtasidagi chegara sifatida rol o‘ynaydi. Shuning uchun bu uch mamlakat orasida turli xil umumiy odat, urflar mavjud.

    7. Ipak yo‘li

    Foto: Google Photos

    Ancha vaqtlar oldin, bir qit’ada joylashgani sababli, uch millat ajdodlari o‘z mahsulotlarini sotish va noma’lum dunyo bilan aloqa qilish maqsadida Buyuk ipak yo‘lidan foydalangan. O‘sha davrlarda ularda telekommunikatsiya tizimi mavjud bo‘lmagan. Shunday qilib, ular Ipak yo‘li bo‘ylab piyoda yoki otda, tuyada uzoq yo‘l yurgan.

    Aslida ular miloddan avvalgi VIII asrdan milodiy XVIII asrgacha bu yo‘ldan foydalangan. XVIII asr boshida hayotni tubdan o‘zgartirib yuborgan zamonaviy transport ixtiro qilingani va Yer yuzida zamonaviy millatlar paydo bo‘lgani sababli Ipak yo‘li sekin-asta o‘z mavqeini yo‘qotgan.

    Aslida Koreya yarim orolida Ipak yo‘lining boshlanish nuqtasi joylashgan. Ipak yo‘lining o‘rtasida Samarqand, Buxoro, Xiva kabi mashhur shaharlar mavjud. Bugungi kunda bu shaharlar O‘zbekiston hududida joylashgan. Nihoyat, Turkiya Buyuk ipak yo‘lining oxiri hisoblanadi. Qadimdan bu uch mamlakat Ipak yo‘li bilan bog‘langan.

    8. Oltoy til oilasi

    Oltoy tillari oilasi XVIII asrda birinchi marta taklif qilingan gipotetik tuzilgan Markaziy Yevrosiyo va Sibir xalqlari til oilasi bo‘lib, uning mavjudligi tilshunoslar orasida keng munozaraga sabab bo‘lib qolmoqda. Turk, mo‘g‘ul va tungus-manchjur guruhlari doimiy ravishda bu oilaga kiritilgan; ba’zi mualliflar koreys va yapon tillarini ham unga qo‘shadi.

    Foto: Google Photos

    Koreys tili oltoy tilidan kelib chiqqan guruhdir. Lekin koreys tili mustaqil rivojlandi. Ammo turk va o‘zbek tili bitta lingvistik guruh – turkiy tillar guruh tarkibida. Bugungi kunda bu uch millat tillari orasida farq bor, lekin ularning umumiy ildizi oltoy tilidan kelib chiqqan.

    9. To‘rt fasl

    Janubiy Koreya, Turkiya va O‘zbekistonda to‘rt mavsumning har biri, ya’ni bahor, yoz, kuz va qishning to‘laqonli kechishi yaqqol seziladi, chunki ular o‘xshash geografik kenglikda joylashgan. Koreya 37°, O‘zbekiston 41°, Turkiya 41°da joylashgan. Shunday qilib, bu uch xalqning to‘rt mavsumi bor.

    10. Futbol

    Janubiy Koreya, Turkiya va O‘zbekiston xalqlari futbolni sevadi. Ularning o‘z futbol ligalari bor. Har bir mamlakatda o‘z futbol assotsiatsiyasi faoliyat yuritadi va futbol ligalarini nazorat qiladi.

    Koreya futbol ligasi nomi – K-Liga 1. K-Liga 1 – futbol ligalarining eng yuqori pog‘onasi. Koreyada quyi liga ham mavjud. Asosiy futbol ligasi 12 ta futbol jamoasidan iborat.

    Turkiya futbol ligasi Super Lig deb ataladi. Mamlakatning har bir shahrida ulkan futbol maydoni bor. Ligada 18 ta futbol jamoasi bor.

    O‘zbekiston futbol ligasi O‘zbekiston oliy ligasi deyiladi. Dastlab u O‘zbekiston professional futbol ligasi deb nomlangan, lekin 2018 yilda uning nomi yangidan o‘zgartirildi. Bu ligada 12 ta futbol jamoasi bor.

    Muallif fikri tahririyat nuqtai nazaridan farq qilishi mumkin.

    25.10.2019, 20:11   Izoh (0)   63119
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Rossiya Mudofaa vazirligi Ozarbayjonning AZAL reysini yo‘q qilish to‘g‘risida buyruq bergani ma’lum bo‘ldi (foto, video)

    Dunyo | 1 iyul, 19:46

    Surxondaryoda yirik hajmli quvur yorilib ketdi (video)

    O‘zbekiston | 1 iyul, 19:40

    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi

    Reklama | 1 iyul, 19:30

    Eron AQSH bilan muzokaralarni qayta boshlash shartini aytdi

    Dunyo | 1 iyul, 19:30

    “O‘rikzor” bozorida “svet” o‘chirilib, odamlar kiritilmayotgani yuzasidan izoh berildi (video)

    O‘zbekiston | 1 iyul, 19:20

    Gollivud yulduzlarining kino olamida shuhrat qozonayotgan farzandlari

    Kino | 1 iyul, 19:10

    Palov pishirish qanchaga tushadi? O‘zbekistondagi eng arzon va qimmat hududlar

    O‘zbekiston | 1 iyul, 18:47

    Falastin tinchlikka erishish uchun AQSH va Saudiya Arabistoni bilan hamkorlik qilmoqda

    Dunyo | 1 iyul, 18:35

    Buxorodagi bog‘chada tarbiyachi bolalarni ayovsiz kaltakladi (video)

    O‘zbekiston | 1 iyul, 18:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.