So‘nggi yangiliklar Asosiy yangiliklar Eng ko‘p o‘qilgan
O'zb
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Daryo.uz Daryo.uz

  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
So‘nggi yangiliklar
    • USD 12200.12
    • RUB 125.4
    • EUR 12949.21
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +16°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    Daryo logo white Daryo logo dark

    • Mahalliy
      • Mehridaryo
      • Boshqalar
    • Markaziy Osiyo
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
      • Afg'oniston
    • Dunyo
    • Pul
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
      • Biznes
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
    • Kolumnistlar
    • Multimedia

    Daryo.uz Daryo.uz

    Mahalliy

    Buxoroda bo‘lg‘usi kelin-kuyovlar innovatsion maktabini bitirganlar o‘rtasida ajrimlar sodir bo‘lmagani qayd etildi

    25.10.2019, 18:56 31555

    Buxorodagi “Oila” ilmiy-amaliy markazida “Bo‘lg‘usi kelin-kuyovlar innovatsion maktablari” faoliyatini ommalashtirish maqsadida o‘tkazilgan press-tur ishtirokchilari dastlab markaz bilan tanishdi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Laylo Hayitova xabar bermoqda.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Markaz ishga tushirilishi uchun 1 milliard 833 million so‘m sarflangan. Mazkur markaz Buxoro tibbiyot kolleji huzurida alohida binoda joylashgan bo‘lib, moddiy-texnik baza bilan ta’minlangan. Har bir xona zamonaviy rusumdagi monoblokli kompyuterlar bilan jihozlangan. Tinglovchilar uchun kutubxona, ovqatlanish xonalari mavjud. O‘quv jarayonlariga 5 nafar o‘qituvchi-professor va fan nomzodlari hamda 6 nafar tajribali ekspert-trener jalb etilgan. Innovatsion maktabning mavjud 13 ta tuman, shahar bo‘limlari negizida 62 nafar tajribali amaliyotchi trenerlar, psixologiya va tibbiyot sohasi mutaxassislari, dinshunoslar mashg‘ulotlar olib borishadi.

    Ma’lumotga ko‘ra, viloyatda oilalar soni 503 155 ta bo‘lib, shundan 176 586 tasi yosh oiladan iborat. Namunali oilalar 340 701 ta, ibratli oilalar esa 16 200 tani tashkil etadi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    — “Oila” ilmiy-amaliy markazi tomonidan olib borilayotgan ishlar bo‘lg‘usi oilalarning baxtli yashab ketishi uchun poydevor bo‘libgina qolmasdan, nizoli va ajrim yoqasidagi oilalarning baxtli yashab ketishlari uchun ham ahamiyat kasb etmoqda. Olib borilgan 273 ta targ‘ibot-tashqiqot ishida 1254 ta nizoli oila yarashtirilib, 1866 nafar voyaga yetmagan bola yetimlikdan asrab qolindi. 809 ta notinch oilaning 139 tasi sog‘lom muhitga qaytarilgan bo‘lsa, 243 ta oilaning 139 tasi nochorlikdan chiqarildi. 55 ta ijtimoiy himoyaga muhtoj oilaga yordam ko‘rsatildi, — deydi “Oila” ilmiy-amaliy markazi hududiy bo‘limi rahbari Abera Huseynova. — Bu ma’lumotlar shunchaki xo‘jako‘rsinga emas, yosh oilalar va bo‘lg‘usi oilalarning tinch va farovon, ajrimsiz umrguzaronlik qilib ketishi yo‘lida bajarilgan amallarning debochasidir.

    Mazkur maktablarda yangi oila ostonasida turgan, FXDYoga ariza bergan bo‘lajak kelin-kuyovlarga 16 soatlik dars o‘tiladi. Ularga hayot psixologiyasi, oila budjeti va iqtisodi, diniy va axloqiy tarbiya, reproduktiv salomatlik va huquqiy munosabatlar, muomalada madaniyatidan saboq beriladi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    — 16 soatga mo‘ljallangan darslarning uchinchi kunidamiz. Shu uch kun ichida oilaviy hayotning turli ko‘rinishlariga hali tayyor emasligimiz, baxtli yashab ketishimiz uchun hali biz bilmagan va his qilmagan pog‘onalar borligini ko‘ryapmiz. Hatto oilaviy masalalarda bilimimiz ham juda ozligini tushunib yetdik. To‘g‘ri, biz qaysidir begona oilaga juftimiz uchun boramiz. Ammo turmush faqatgina men yoki bo‘lg‘usi umr yo‘ldoshimning qarori bilan mustahkam bo‘lmasligini, ortimizda har ikki oila vakillarining ham o‘rni, ta’siri borligini anglayapmiz. O‘ylaymizki, maktab sabog‘i bo‘lg‘usi oilamizning mustahkamligini kafolatlay oladi. Saboqlar faqatgina 16 soat emas, balki undan-da ko‘proq bo‘lishini istardik, — deydi Ma’rufjon Narimonov bilan turmush qurish ostonasida turgan Xursand Komilova.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Press-turda “Bo‘lg‘usi kelin-kuyovlar innovatsion maktablari” loyihasining mazmun-mohiyati, amaliyotlarning samarasi haqida so‘z bordi. Ishtirokchilar soha mutaxassislari bilan o‘tkazilgan davra suhbatida o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishar ekan, ularga markaz tomonidan olib borilgan saboqlarda qatnashgan va turmush qurgan oilalarning birortasida ajrim holati kuzatilmagani ma’lum qilindi. Innovatsion markazda viloyat bo‘yicha jami 1500 juftlik tahsil olgan va ular ajrimsiz, nizosiz yashab kelmoqda. Qayd etilishicha, joriy yilda viloyatda 10179 ta nikoh, 1349 ta ajrim kuzatilgan. Ushbu ajrimlarning birortasi innovatsion markaz saboqlarida bo‘lmagan.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    — Kelinim va o‘g‘lim shu maktab sabog‘ini olishdi. Avvaliga bor-yo‘g‘i 16 soatlik darsliklardan nimani ham o‘rganishardi, degan o‘yga borganimizni ham yashirmaymiz. Ammo kelinimning nafaqat men va qaynotasi, balki qaynsingil, qaynilar, ovsinlaru qo‘ni-qo‘shnilar bilan ham muomalasini ko‘rib, ko‘nglim ko‘tariladi. O‘g‘lim ham qaynona, ham o‘z juftini bir kaftda ko‘tarib kelishni uddalay olayotgani shu saboqlarning mevasi, deb bilaman. Ammo o‘zim gohida ayrim bir chigalliklarga duch kelaman, to‘g‘risi, qaynona bo‘lsam ham maslahatga muhtoj bo‘lib qolaman. Shu o‘rinda qaynonalar maktabi ham kerakdir balki, deb qolaman, — deydi Buxoro shahrilik qaynona Subhidam Nasriyeva.

    Tadbirda Buxoroda endi “Bibixonim” qaynonalar maktabi faoliyati ham yo‘lga qo‘yilishi bildirildi. Belgilangan saboqlarni yakunlagan bo‘lg‘usi yosh kelin-kuyovlarga innovatsion maktabning bitiruvchilari sifatida sertifikatlar taqdim etildi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Ma’lumot uchun, hozirga qadar respublikaning barcha viloyat va tuman markazlarida 137 ta innovatsion maktab faoliyat olib bormoqda. Ularning faoliyatiga 400 nafardan ziyod mutaxassis jalb etilib, 18 mingga yaqin juftlik o‘qitilgan.

    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toshkentda Qatar amiri taʼsis etgan korrupsiyaga qarshi kurashda erishilgan yutuqlar uchun global mukofotning topshirish marosimi o‘tkaziladi

    Kecha, 23:15

    Firibgarlikda ayblanayotgan Tramp, drenajdan chiqqan o‘lik delfinlar, bozordagi ulkan sakkizoyoq — 3-oktyabr suratlari

    Kecha, 23:10

    Nepalda kuchli zilzila sodir bo‘ldi. Jarohatlanganlar bor (video)

    Kecha, 23:05

    Prezidentning xorijiy tashriflaridan asosiy maqsad nimalar ekani aytildi

    Kecha, 22:57

    OCHL. “Al-Fayha” “Paxtakor” ustidan ishonchli hisobda g‘alaba qozondi

    Kecha, 22:55

    Instagram: Dilshodbek Kattabekov uylandi, Munisa Rizayeva onasining tug‘ilgan kunini nishonlamoqda, ruscha gapirgani uchun tahqirlangan Lola

    Kecha, 22:46

    Qozog‘istonda ko‘mir eksportiga qo‘yilgan taqiq uzaytirildi

    Kecha, 22:35

    Tan olinmagan Tog‘li Qorabog‘ Respublikasi sobiq prezidentlari hibsga olindi

    Kecha, 22:25

    Rossiyada urushdan qaytgan “vagnerchi” uyga o‘t qo‘yib, ayollarni yoqib yubordi

    Kecha, 22:10

    Britaniya hukumati xorijdagi qamoqxonalarni ijaraga olishga qaror qildi

    Kecha, 21:50

    Tavsiya etamiz

    “Oyiga 80-100 mln so‘mlik dorilar sotilib, o‘zaro taqsimlab kelingan”. “Dok-1 Maks” sudida farmatsevtlarning yana bir kirdikori fosh bo‘ldi

    17:00 / 03.10.2023

    Farg‘onada tuman bandlikka ko‘maklashish bo‘limi boshlig‘i YTHga uchrab, shifoxonaga yotqizildi

    13:00 / 03.10.2023

    Firibgarlikda ayblanayotgan Tramp, drenajdan chiqqan o‘lik delfinlar, bozordagi ulkan sakkizoyoq — 3-oktyabr suratlari

    23:00 / 03.10.2023

    AQSHning O‘zbekistondagi elchixonasi Green Card’da ishtirok etmoqchi bo‘lganlarga 10 muhim maslahat berdi

    11:00 / 02.10.2023

    MOLIYA

    Iqtisodiyot

    Zapravkalarda metan va Ai-92 benzini narxi oshgani aytilmoqda

    20:00 / 01.10.2023

    Markaziy Osiyoga sarmoya kiritish ijobiy natija beradimi? 

    23:00 / 29.09.2023

    O‘zbekistonda elektron tijorat qanday rivojlanmoqda?

    17:00 / 26.09.2023

    “Bugungi geosiyosiy vaziyatda bitta davlatga tayanib bo‘lmaydi” — bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev

    15:00 / 26.09.2023

    Ko‘p o‘qilganlar

    “To‘y xarajatlari bir million dollarga tushdi”. Liil Xurramov Munisa Rizayevaning turmush o‘rtog‘i soxta emasligi haqida gapirdi

    10:00 / 03.10.2023

    Zangiotada uy hojatxonasidan yosh bolaning jasadi topildi

    18:00 / 03.10.2023

    Qashqadaryolik xonanda Alijon Isoqov uch ming yillik tarixga ega shaxmatga qo‘shimcha kiritib, yangi o‘yinni shaxmat plus nomi bilan patentladi

    16:00 / 03.10.2023

    Chirchiq shahridagi ko‘p qavatli uyning bir tomoni cho‘kib, yonboshlab qolgani aytildi. Vazirlik holatni o‘rganmoqda 

    11:00 / 03.10.2023

    “Oyiga 80-100 mln so‘mlik dorilar sotilib, o‘zaro taqsimlab kelingan”. “Dok-1 Maks” sudida farmatsevtlarning yana bir kirdikori fosh bo‘ldi

    17:00 / 03.10.2023
    About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2023

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.