So‘nggi yangiliklar Asosiy yangiliklar Eng ko‘p o‘qilgan
O'zb
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Daryo.uz Daryo.uz

  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
So‘nggi yangiliklar
    • USD 12212.07
    • RUB 127.16
    • EUR 12992.42
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    Daryo logo white Daryo logo dark

    • Mahalliy
      • Mehridaryo
      • Boshqalar
    • Markaziy Osiyo
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
      • Afg'oniston
    • Dunyo
    • Pul
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
      • Biznes
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
    • Kolumnistlar
    • Multimedia

    Daryo.uz Daryo.uz

    Mahalliy

    Qabristonda o‘rnatilgan “Adolat”. Telegram’da saylov muhokamasi

    23.10.2019, 14:59 60268

    Jamiyatda nimaiki muhim hodisa ro‘y bersa, ijtimoiy tarmoqlar va ommaviy messenjerlar uni nishonga olyapti. Bir hafta dunyodan uzilib qolgan o‘zbekistonlik ham, mana masalan, bizning Telegram-kanalimizni titkilab chiqsa, ijtimoiy hodisalardan xabardor har qanday odam bilan teng ma’lumotga ega bo‘ladi.

    Telegram’da so‘rovnomalar o‘tkazish ommalashib ketdi. Bir mavzu bo‘yicha turli “otaxon” kanallarda o‘tkazilgan so‘rovnomalarni yig‘ib, material tayyorlashni ilgari ham tajriba qilib ko‘rgan edik. Keling, bu gal yana urinib ko‘ramiz. Navbatdagi nishon – dekabr oyida bo‘lishi kutilayotgan parlament saylovi.

    Xabaringiz bor, dekabr oyida parlamentga saylovlar kutilyapti. Partiyalar qizg‘in tashviqotlarni boshlab yubordi. Telegram’da ham shu mavzu trendda. Turli kanallar bu mavzuga turlicha munosabat bildirmoqda. Quyida misollar keltiramiz:

    230 milliard so‘m = 24 million dollar – Partiyalar sayloviga budjetdan shuncha pul ajratilar ekan.

    Bu pulga:

    2 400 bola o‘qishi mumkin bo‘lgan eng zamonaviy maktab yoki 5 000–10 000 kishi o‘qishi mumkin bo‘lgan o‘zimiz o‘rgangan maktablar; ;)

    1 000–15 00 oila uchun xonadonlar;

    3 500 ta Spark avtomashinasi;

    2 300 tadbirkorga 100 million so‘mdan kredit;

    230 000 oilaga 1 million so‘mdan moddiy yordam;

    hech bo‘lmasa minglab oyligi berilmayotganlarning mehnat qilib topgan haqini berish mumkin edi...

    Hisob-kitoblar taxminiy, chunki hali beri va’da qilingan “Ochiq budjet” loyihasini ko‘rmadik va qayerga qancha bizning mablag‘larimiz sarflanishini bilmaymiz.

    Ha-ya, 230 milliard so‘mga taxminan 2 milliard dona qizil achchiq qalampir sotib olsa bo‘ladi. Shunda ba’zilarning ishlash unumdorligini oshadi, menimcha. ?

    @trolluz

    Saytimizning hammaga tanish fotograf xonimi Madina Nurman o‘z Telegram-kanalida kichik so‘rovnoma o‘tkazibdi.

    Skrin: “Daryo”

    Skrin: “Daryo”

    Shuningdek, u saylov kampaniyasiga bevosita aloqador kishilar uchun “jestlar” borasida qo‘llanma ham taqdim qildi.

    Skrin: “Daryo”

    Skrin: “Daryo”

    Eldar Asanov ham kanalida shaxsan o‘zi O‘zLiDeP raisi bilan qilgan suhbatini e’lon qildi. Suhbat saytimizda ham video va matnli shaklda e’lon qilindi. “Ko‘p go‘sht yeyish mavzusi esingizdami? Shu gaplari bilan mashhur bo‘lgan Aktam aka Hayitov bilan intervyu qildik. Xayp mavzu tufayli shuhrat topganlariga qaramay, menda aqlli va og‘ir-bosiq kishi sifatida taassurot qoldirdi”, deb yozadi Eldar aka.

    Yana bir xabarlar saytining Telegram-kanalida ham qaysi partiyaga ovoz berish masalasida so‘rovnoma o‘tkazildi. Ishtirokchilarning 53 foizi hech qaysi partiyaga ovoz bermoqchi emas ekan.

    Skrin: “Daryo”

    Skrin: “Daryo”

    Huquqshunos va bloger Xushnudbek o‘z kanalida e’lon qilgan so‘rovnoma ishtirokchilarining 34 foizi hech qaysi partiyaga ovoz bermoqchi emas.

    Skrin: “Daryo”

    Skrin: “Daryo”

    Xuddi shu so‘rovnoma natijalari haqida boshqa bir bloger Nozim Safari o‘z kanalida post qoldirgan:

    Xushnud Xudayberdiyev o‘tkazgan so‘rovnomaning bir qiziq jihati e’tiborimni tortdi. “Saylovlarda qaysi partiyaga ovoz bermoqchisiz” savoliga 34 mingga yaqin respondent javob bergan.

    Partiyalar o‘rtasida birinchi o‘rinni 25 foiz ovoz bilan O‘zLiDeP qo‘lga kiritgan. Ikkida Milliy tiklanish (9 foiz), uchinchi o‘rinda Adolat (8 foiz). So‘nggi ikki pozitsiyada XDP (3 foiz) va Ekopartiya (3 foiz). 14 foiz ovozni esa “Partiyaga emas, nomzodga bog‘liq” varianti qo‘lga kiritgan.

    Eng qizig‘i, eng ko‘p ovozni “Hech qaysisiga” javobi yiqqan. 38 foiz! Bu qariyb 13 ming odam birgina Telegram’ning o‘zida hech qaysi partiyaga ovoz bermasligini bildirgan degani. Juda katta raqam. Nega odamlarning aksariyatida partiyalarga nisbatan ishonchsizlik o‘rnashgan? Buning ildizi juda chuqur. Faol saylovlar bo‘lgani yaxshi. Ha. Lekin absenteizmning bunday yuqori darajasi partiyaviylik tizimi legitimligini gumon ostida qoldiradi.

    Kuchli davlatning kuchli parlamenti bo‘lishi kerak. Davlat suyanadigan uchoyoqning biri parlamentarizm. Qolgan ikkisi sud va ijro. Oyoqlar balansi o‘zaro yo‘qotilsa, muammolar ko‘paygandan ko‘payaveradi. Bitta hal etilgan muammo oldidan uchta yangisi o‘sib chiqaveradi. Ular o‘rtasidagi muvozanatgina davlatni va jamiyatni dzen nuqtasiga chiqaradi.

    O‘zbekistonga kuchli parlament, kuchli partiyalar kerak. G‘o‘zapoyalar bilan qurollanib, bir biriga paxta otib, vahshatli muhoraba uyushtirmaydigan partiyalar kerak. G‘oyalar kurashi kerak, mayda maishatchilik emas. Qonunchilik va nazoratni to‘liq qo‘lga ola biladigan mustaqil mexanizm kerak.

    Xalq partiyalarga suyanadi. Hozirda esa suyanchig‘ini yoqotgandek go‘yo. Xalq zehnida apolitizm baland. Eski davrlar ruhiyati arimagan. Jamoatchilik ham bir qadam oldinga tashlab yurtimizda bo‘layotgan siyosiy jarayonlarga qiziqa boshlashi kerak. Shunda saylovda partiyasiga qarab emas nomzodiga qarab munosiblar deputat bo‘lsa ham bir navi.

    Yana ko‘plab Telegram-kanallarda quyidagi rasm aylanib yuribdi. Bu qizlar haqidagi muhokamalarga esa to‘xtalishning, menimcha, hojati bo‘lmasa kerak.

    Skrin: “Daryo”

    Skrin: “Daryo”

    Qabristonda o‘rnatilgan “Adolat” ham ko‘pchilikning asabiga tegib ulgurdi.

    Skrin: “Daryo”

    Skrin: “Daryo”

    Ko‘pgina deputatlarning tushirayotgan qovunlari-yu yana boshqalarining ko‘rsatayotgan fidoyiliklari qaysidir partiyani obro‘sizlantirsa, boshqasini ko‘kka ko‘taryapti. Bir kanalda aytilganidek, Ekopartiyaga bularning qizig‘i yo‘q. Biz esa partiyalarga kutilayotgan saylovlarda omad tilab qolamiz.

    Dilbar Ismatullayeva tayyorladi.

    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘tgan 8 oy davomida kuzatilgan eng yirik ovqatdan zaharlanish holatlari haqida maʼlumot berildi

    Bugun, 17:15

    Uzum Market yetakchilikni mustahkamlamoqda: mamlakat aholisining 80% dan ortig‘i milliy marketpleysni biladi

    Bugun, 16:30

    “Million” konsertida ochiq libosda sahnaga chiqqan Nilufar Hamidova ogohlantirildi

    Bugun, 17:01

    O‘zbekiston oktabr oyidan Rossiyadan gaz import qilishga tayyor — Energetika vazirligi

    Bugun, 16:56

    “Taksi” filmidagi komissar Jiber: Fransuz aktyori Bernar Farsi hozir qayerda? (foto)

    Bugun, 16:53

    O‘zbekistonda dollar rasmiy kursi pasaydi

    Bugun, 16:49

    Uy interneti Beeline mobil tarmog‘i orqali

    Bugun, 13:30
    Reklama

    Rossiya do‘st va neytral davlatlar ro‘yxatini e’lon qildi. Unda O‘zbekiston ham bor

    Bugun, 16:15

    Maktab sinfxonasida doskani urib tushirgan o‘quvchi voqeasiga aniqlik kiritildi

    Bugun, 15:57

    Suyaklar, yurak faoliyati va xotira uchun: Qo‘ziqorinning inson organizmiga qanday foydasi bor?

    Bugun, 15:50

    “Kim birovga choh qazisa, o‘zi tushadi”. Sobiq Akfa universiteti rektori Central Asian University’dagi mojaro haqida

    Bugun, 15:35

    Tavsiya etamiz

    Rekord o‘rnatgan ayollar, oq tovuqlar so‘yiladigan marosim, 213 yilligini nishonlayotgan davlat — hafta suratlari

    22:00 / 24.09.2023

    “Birinchi raqamli davlat dushmani”: Atlantika uzra yolg‘iz parvoz, o‘lgan o‘g‘il uchun to‘lov va natsistlar qaramog‘iga tushgan afsonaviy uchuvchi — Charlz Lindber...

    22:00 / 23.09.2023

    “Kasallangan bolalarning 143 nafari tuzalgan”. Vazir o‘rinbosari Namangandagi zaharlangan bolalar soniga aniqlik kiritdi

    15:00 / 23.09.2023

    Bosh vazir iste’fosini talab qilayotganlar, sotuvga chiqqan iPhone 15, AQSHga kelayotgan rekord darajadagi migrantlar — 22-sentabr suratlari

    22:00 / 22.09.2023

    MOLIYA

    Iqtisodiyot

    O‘zbekiston oktabr oyidan Rossiyadan gaz import qilishga tayyor — Energetika vazirligi

    16:00 / 25.09.2023

    “Oltin vasvasasi”: Nima uchun Markaziy Osiyo davlatlari oltinga pul tikmoqda?

    17:00 / 22.09.2023

    Oltinga investitsiya kiritish ishonchlimi?

    20:00 / 21.09.2023

    O‘zbekiston uran qazib olish bo‘yicha dunyoda 5-o‘rinda. Asosiy ko‘rsatkichlar

    16:00 / 15.09.2023

    Ko‘p o‘qilganlar

    Instagram: Luiza Rasulova Istanbuldan uy oldi, Yulduz Usmonovaning mum haykali ochildi, Rayhonning “Humo arena”dagi konserti qoldirildi

    22:00 / 24.09.2023

    O‘zbekistonda 25-sentabr kuni qanday ob-havo bo‘ladi?

    10:00 / 24.09.2023

    Zelenskiyning qo‘riqchisi Nyu-Yorkda mushtlashdi — OAV (video)

    23:00 / 24.09.2023

    “Putin atrofidagilar bosib olingan hududlardan qo‘shinlarni olib chiqishni o‘ylamoqda” — siyosatchi

    19:00 / 24.09.2023

    Toshkentda poyezd ustida selfi qilmoqchi bo‘lgan 18 yoshli yigitni tok urdi

    09:00 / 24.09.2023
    About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2023

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    Nimani qidiramiz?