Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Marhamat tuman bo‘limi texnik va dorilanmagan urug‘lik chigit mahsulotlarini talon-toroj qilganligini aniqladi. Bu haqda Bosh prokuratura “Daryo”ga ma’lum qildi.
O‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, tumandagi “O‘qchi paxta tozalash zavodi” AJ qoshidagi paxta qabul qilish maskanining A.A. ismli tovarshunosi 2018-yil hosilidan qabul qilingan jami 245 tonna 342,2 millio so‘mlik texnik va dorilanmagan urug‘lik chigit mahsulotlarini talon-toroj qilgani ma’lum bo‘lgan.
Mazkur holat yuzasidan A.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (“O‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-taroj qilish”) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh (0)