Rejissor Zulfiqor Musoqovning “Osmondagi bolalar” filmidagi Hamdam roli bilan mashhurlikka erishgan aktyor Muzaffar Sa’dullayev “Daryo” internet-nashriga eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni jurnalist Feruz Muhammad tashkillashtirdi.

Foto: YouTube

Suhbat davomida Muzaffar Sa’dullayev orzusidagi rol haqida gapirib berdi.

Bu narsa haqida hech qachon so‘rashmagan, so‘rashganida ham aytmas edim. Berkitmayman,  al-Buxoriy obrazini o‘ynashni juda xohlayman. Lekin, shuni ham bilamanki, al-Buxoriy roliga men torta olmasam kerak.

O‘zimcha u odamning siymosi, ko‘rinishi qanday bo‘lganligini tasavvur qilaman. Kitoblarda o‘qiganmiz, ozgina shashti baland, qahri qattiq odam bo‘lgan deyishadi. Bilmayman, nimagadir shu oxirgi ikki yilda shu narsa miyamda aylanadi.

Bilaman, u obrazni o‘ynashni o‘zi bo‘lmaydi. Chunki, Abdurahim aka Ismoilov ‘Kinoda ko‘z ko‘p narsani ifodalaydi’ , — deydilar. Aktyor avvalo, U odamning, ya’ni, dindor odamning ichidagi tuyg‘ularini, dunyoqarashini, uning fikrlashini qilib berish kerak. Shuni qila olamanmi, yo‘qmi, o‘sha savol xayolimda aylanaveradi. Men bu rolni ijro eta olmasam kerak deb o‘ylayman.

Muzaffar Sa’dullayev, aktyor, “Inson” kinostudiyasi rahbari